O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz boy ma’naviy merosimiz, dinu-iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug’ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O’zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrga egadir.
Amir Temurning siymosi xorijda yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Evropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko’p suvratlari ishlangan. Toshkentning markazidagi xiyobonda sohibqironga muhtasham haykal o’rnatildi, Amir Temur va temuriylar davri muzeyi barpo etildi. 1994 yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o’tkazildi. Parijdagi YuNESKO qarorgohida o’tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra «Amir Temur» xayriya xayriya jamg’armasi tashkil etildi.
Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. Bularning barchasi Prezidentimiz boshchiligida mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |