Mavzu №6. Amir Temur va temuriylar davrida ma’naviyat va ma’rifatning rivoji


Download 33.69 Kb.
bet1/3
Sana27.12.2022
Hajmi33.69 Kb.
#1069254
  1   2   3
Bog'liq
Amir temur davrida ma`naviyat


Mavzu №6. Amir Temur va temuriylar

davrida ma’naviyat va ma’rifatning rivoji.

Reja:

1.Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi.
2.Temuriylar sulolasi davrida ma’naviyat va ma’rifat rivoji.
3.Temuriylar sulolasi davrida yaratilgan ma’naviy merosning o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishida tutgan o’rni.

1.Amir Temur – buyuk shaxs, yirik davlat arbobi, sarkarda, qonunshunos, iste’dodli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el yurtini, xalqini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko’p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirishning imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik g’oya bunga yo’l bermasdi. Amir Temurning o’zi tahqirlanib, tuhmatu-malomatlarga qoldi. Mustaqillik tufayli ko’p ming yillik boy tarixmizni, shu jumladan ulug’ bobomiz Amir Temurni o’rganish imkoniga ega bo’ldik.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og’ir ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy qiyinchiliklar iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so’ng Amir Temur o’z raqiblarini engib, hokimiyatni qo’lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar qildi.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o’z bayrog’i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi.


Bugun «Temur va temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Ulug’bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug’ so’zlarni nafaqat o’zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi.
Ikkinchidan, Amir Temur, o’zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo’lishiga yordam berdi. Masalan, o’sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblandan Boyadzid Yildirimni (Qaysar) tor-mor keltirib Bolqon yarim oroli va Evropa xalqlariga ozodlik bag’ishladi, Oltin O’rta xoni To’xtamishxonni ikki marta tor-mor etib Rossiyani mo’g’ullar hukmronligidan qutilishini qariyib 300 yilga tezlashtirdi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni o’rgansak, uning ko’p yaxshi xislatlari: to’g’rilik, muravvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o’gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo’ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo’shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o’gitlardir.

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Temur va uning avlodlari say’i-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonakohlar, saroylar, bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog’i yo’q, uning bevosita rahnamonligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go’ri Amir, Axmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy, Ko’ksaroy va Shohi Zinda me’moriy mo’jizalari, Bog’i Chinor, Bog’i Baland, Bog’i Dilkusho, Bog’i Behisht singari o’nlab go’zal saroy-bog’lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasidandir.


Download 33.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling