Mavzu-6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o‘quv yiginlarga chaqirilganlarning jinoiy javobgarligi. O‘quv savollari
-O‘quv savoli. Ma’muriy javobgarlikning huquqiy me’yorlari
Download 295.27 Kb. Pdf ko'rish
|
6.1 — копия
2-O‘quv savoli. Ma’muriy javobgarlikning huquqiy me’yorlari.
Ma`muriy javobgarlik va ma`muriy jazo. Ma`muriy javobgarlik-bu yuridik javobgarlikning bir turidir. Unga ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etishda (hatti- harakat qilgan) aybdor bo`lgan shaxslar tortiladi. Ma`muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma`muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g`ayriqonuniy, aybli qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi (ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeks,10-modda). Ma`muriy huquqbuzarlikning eng muhim belgilaridan biri g`ayriqonuniylikdir. Bu g`ayriqonuniy harakat kabi g`ayriqonuniy harakatsiz bo`lishi mumkin. Masalan, ko`chadan o`tish qoidasining piyoda tomonidan buzilishi –g`ayriqonuniy harakatdir. Harbiy xizmatga chaqiriluvshi uzrli sabablarsiz mudofaa ishlari vazirligi organlariga kelmasa – bu g`ayriqonuniy harakatsizlikdir. Ma`muriy huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladi.Qasddan qilingan huquqbuzarlikka mayda bezorilik, ta`qiqlangan usul bilan ov qilish kiradi.Ehtiyotsizlik bilan sodir etilganlarga – yong`in xavfsizligi, mehnat muhofazasi qoidalarini buzishlar kiradi. O`zbekiston Respublikasida ma`muriy javobgarlik fuqarolarga nisbatan 16 yoshga to`lgandan boshlab kuchga kiradi (13-modda). Ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan 16 yoshdan 18 yoshgasha bo`lgan shaxslarga voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar to`g`risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo`llaniladi. 16-yoshgasha bo`lgan shaxslar uchun huquqbuzarning ota-onasi yoki vasiysi javobgarlikka tortiladi. Harbiy xizmatchilar va IIV xodimlari ma`muriy huquqbuzarliklar uchun intizom ustaviga ko`ra javobgar bo`ladilar. Faqat yo`l harakati, ov qilish, baliq tutish, bojxona qoidalarini buzganlik uchun ular umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladilar. Qonun ma`muriy javobgarlikdan ozod qilish asosini nazarda tutadi. Bunga: - zaruriy mudofaa; - oxirgi zarurat; - aqli norasolik; - zararli oqibatning arzimasligi ( yoki umuman zarar etmagan bo`lsa). Kabi holatlar kiradi. Ma`muriy jazo ma`muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik mezoni chorasi hisoblanadi. Ma`muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo`lib, u ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o`zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo`llaniladi. Download 295.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling