Mavzu: 6 oydan 12 oylikkacha bo'lgan bolalarning rivojlanishi. Reja: 6-7 oylik bolaning rivojlanishi


Download 465.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi465.54 Kb.
#1389634
Bog'liq
6 OYDAN 12 OYLIKKACHA BO\'LGAN BOLALARNING RIVOJLANISHI



MAVZU: 6 OYDAN 12 OYLIKKACHA 
BO'LGAN BOLALARNING RIVOJLANISHI. 
REJA: 
1. 6-7 oylik bolaning rivojlanishi 
2. 8-9 oylik bolaning rivojlanishi 
3. 10-11-12 oylik bolaning rivojlanishi 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


*Yo„riqnomaning to„liq matni bilan ushbu havola bo„yicha tanishishingiz mumkin.
Birinchi oy. “Moslashish” davri deb atash mumkin. 70 foiz vaqtni bola uxlab o„tkazadi. 
Birinchi oyning oxiriga kelib, uzoq vaqt boshini tutib turishni, bir nuqtaga qarashni, 
ovozlarga quloq solishni va o„zi ovoz chiqarishni o„rganadi.Og„irligi: +600—700 gr. 
Bo„yi: +2—3 sm 
Ikkinchi 
oy
Bola 
boshini 
mahkam tutadi, nafaqat yaqinlarini 
taniydi, balki his-tuyg„ularni ajratadi 
va ularga javob qiladi.Og„irligi: + 
700—1000 gr. Bo„yi: + 3 sm 


Uchinchi oy. Bola boshini mahkam 
tutadi, agar qorniga yotqizilsa, biroz muddat 
yelkasiga tayanib turadi. Bu vaqtga kelib 
yorqin rangli o„yinchoqlarga ahamiyat 
beradi, nafaqat unli, balki unsiz tovushlarni 
ham chiqaradi. Uyqu orasidagi vaqt 1—1,5 soatga cho„ziladi. Eng katta yutuq — 
so„rqichni og„zidan mustaqil chiqara oladi va 
qaytib og„ziga solishga urinadi.Og„irligi: + 
800—1000 gr. Bo„yi: + 2,5—3 sm 
 
 


To‘rtinchi oy. Kichkintoy mustaqil ravishda yelkadan qoringa aylanib oladi, bemalol 
qo„liga tayanadi va qorinda yotgan holda qo„lga tayanib turadi. Shu davrda bola o„tirishga 
harakat qiladi. O„yinchoqlarga cho„ziladi, ularni tomosha qiladi, og„ziga oladi. Yaqinlarini 
begonalardan farqlaydi va o„z otini taniydi.Og„irligi: + 700 gr. Bo„yi: + 2,5 
sm*Yo„riqnomaning to„liq matni bilan ushbu havola bo„yicha tanishishingiz mumkin. 
Beshinchi oy. Besh oylik bo„lganda kichkintoy mustaqil o„tirishga yanada ko„proq 
harakat qiladi va ushlab turilgan taqdirda o„tirishi mumkin. U endi yanada faolroq, 
bajonidil o„ynaydi, ota-onasiga talpinadi. Ko„pchilik bolalarda tish chiqa 
boshlaydi.Og„irligi: + 700 gr. Bo„yi: +2.5 sm 
Oltinchi oy. Bola hali o„zi mustaqil o„tirib ololmaydi, ammo endi o„tirganida ushlab 
turishga hojat yo„q. Qorniga yotganda oyoqchalarini bukadi va to„rt oyoqlab turishga 
harakat qiladi. Qornida emaklaydi, ushlab turilsa piyoladan choy icha oladi.Og„irligi: +700 
gr. Bo„yi: +2.5 sm 


Yettinchi oy. Bola ancha faollashadi, serharakat bo„ladi, ag„dariladi, emaklaydi. Biron 
narsani ushlab o„rnidan turishni boshlaydi. Bu yoshda narsalarning nomini eslab qoladi va 
ularni ko„rsatishga qodir.Og„irligi: + 600 gr. Bo„yi: +2 sm 
Sakkizinchi 
oy
His-
tuyg„ulari doirasi kengayadi. 
Bola “ona”, “ota”, “ber” va 
shu kabi so„zlarni ongli 
ravishda aytadi. Tanish yerda 
bemalol 
harakatlanadi 
va 
tayanch 
bo„lsa, 
bemalol 
yuradi.Og„irligi: +600 gr. 
Bo„yi: 
+2 
sm


To‘qqizinchi oy. Kichkintoy qo„rqmasdan turib yoki o„tiribgina qolmay, divan, 
stullarga chiqishga urinadi. Narsalarning nomini eslab qoladi, ularni ko„rsatadi. O„zi 
qoshiq bilan ovqat yeyishga harakat qiladi. Bu yoshda mayda motorika faol rivojlanishni 
boshlaydi.Og„irligi: +600 gr. Bo„yi: +2 sm 


O‘ninchi oy. Bola kattalarning xatti-harakatlarini takrorlashni boshlaydi. O„zi mustaqil 
o„yinchoq o„ynaydi, kitob varaqlay oladi. Kattalar yordamida bajonidil boshqa bolalar 
bilan o„ynaydi. Tez emaklaydi va mustaqil yurishga harakat qiladi. Mayda harakatlari 
takomillashib, qo„lda bir necha narsani ushlash imkonini beradi. Narsalarning
hayvonlarning nomini aytishni boshlaydi.Og„irligi: +350 gr. Bo„yi: +1 sm 
O‘n birinchi oy. O„n bir oylik bo„lganda bola keyinchalik faqat takomillashadigan 
barcha ko„nikmalarga ega bo„ladi. Faol harakat qiladi, mustaqil yuradi, qoshiq bilan yeydi, 
paypoq, poyabzal kiya oladi, ota-onasining so„z ohangini ajrata oladi.Og„irligi: +350 gr.


Bo„yi: +1 smO‘n ikkinchi 
oy
Bir 
yoshga 
yetganda 
bolaning 
xatti-harakatlarida 
mustaqillik sezilibgina qolmay, 

yaqinlariga 
nisbatan 
“g„amxo„rlik” qila boshlaydi. 
Fe‟l-atvori namoyon bo„ladi, ovqat tanlaydi, qattiq taomlarni chaynaydi, piyoladan ichadi. 
So„z lug„ati 10—15 ta so„zdan iborat bo„ladi.Og„irligi +350 gr. Bo„yi +1 sm. 
*Yo„riqnomaning to„liq matni bilan ushbu havola bo„yicha tanishishingiz mumkin. 

Download 465.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling