Mavzu №6. Tekisliklarning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari


Tekislikning eng katta og‘ma chizig‘i


Download 1.26 Mb.
bet5/6
Sana08.02.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1168814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Tekisliklarning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari

Tekislikning eng katta og‘ma chizig‘i
Agar P tekislikka tegishli e to‘g‘ri chiziq tekislikning gorizontaliga perpendikulyar bo‘lsa, u holda e to‘g‘ri chiziqni P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og‘ma chizig‘i deyiladi.
6.17-rasmda P tekislikning H tekislikka eng katta og‘ma chizig‘i tasvirlangan. Bu yerda hP va hH. To‘g‘ri burchakning proyeksiyalanish xususiyatidan: BED=90 va ED∥H bo‘lgani uchun BE′D′=90 bo‘ladi.
Tekislikning eng katta og‘ma chizig‘i orqali uning proyeksiyalar tekisligi bilan hosil qilgan ikki yoqli burchagi aniqlanadi (6.17b-rasm). P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og‘ma chizig‘i P va H tekisliklar orasidagi B0AB′ chiziqli burchakni ifodalaydi. Chunki ABPH va AB′ PH bo‘lgani uchun bu ikki yoqli α burchakning qiymatini aniqlaydi.


a) b)
6.17-rasm
P tekislikning H proyeksiyalar tekisligiga nisbatan eng katta og‘ma chizig‘ini yasash uchun PH gorizontal izida ixtiyoriy A nuqta tanlab olinadi. Bu nuqtadan eP to‘g‘ri chiziqning gorizontal proyeksiyasini e′PH qilib, P tekislikning H tekislikka eng katta og‘ma chizig‘ining gorizontal proyeksiyasini o‘tkaziladi va Ox o‘qida e′∩Ox=B′ nuqtani aniqlanadi. So‘ngra bu chiziqning frontal eproyeksiyasi A″ va B″ nuqtalar yordamida yasaladi. Hosil bo‘lgan eP to‘g‘ri chiziqning e′ va e″ proyeksiyalari P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og‘ma chizig‘ining proyeksiyalari bo‘ladi. Bu chiziqning H tekislik bilan hosil qilgan  burchagi aniqlanadi. Buning uchun to‘g‘ri burchakli uchburchak ABBo dan foydalanilgan (6.17b-rasm).
Xuddi shunday Q(QH, QV) tekislikning V tekislik bilan hosil etgan β burchagini yasash uchun (6.18-rasm) Q tekislikning frontal QV izida ixtiyoriy E″QV nuqta tanlab olinadi. Bu nuqta orqali QV ga perpendikulyar qilib tekislikning V tekislikka nisbatan eng katta og‘ma chizig‘ining frontal proyeksiyasi EF″^QV o‘tkaziladi va uning EF′ gorizontal proyeksiyasi yasaladi. Bu chiziqning V tekislik bilan hosil qilgan β burchagi to‘g‘ri burchakli EFF0 orqali aniqlanadi. Bu burchak Q va V tekisliklar orasidagi ikki yoqli burchakning haqiqiy qiymatiga teng bo‘ladi: β=Q^V.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling