Mavzu: 7 dars. Klaviatura bilan tanishuv O’tkazish sanasi


Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 241.83 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi241.83 Kb.
#1036984
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-sinf

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

    1. Kompyuterda ishlash jarayonida nimalar qilish mumkin emas?

    2. Kompyuter xonasiga kirganda har bir o‘quvchi qanday qoidalarga rioya qilishi shart?

    3. Elektr toki bilan bog‘liq qanday qoidalarni bilasiz?

    4. Nima uchun kompyuterda to‘g‘ri o‘tirish qoidasiga amal qilish lozim?

    5. Monitor oldida me’yoridan ortiq o‘tirish inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

    6. Inson o‘z salomatligini asrashi uchun nimalar qilishi kerak?

  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:
Klaviaturaning har bir klavishi ustida bir nechta belgi (harf, son, so'zlar) yozilgan. Agar biror klavish bosilsa yoki klavishlar birgalikda bosilsa nima hodisa ro'y beradi degan savolga javob beramiz.
Klaviatura qanday tashkil etilgan?
Klaviatura, odatda, quyidagicha tashkil etilgan bo'ladi:
1. Lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari.
2. Maxsus vazifalarni bajaruvchi klavishlar.
3. Kursorni boshqarish klavishlari.
4. Funksional klavishlar.
5. Yordamchi klavishlar majmui.
6. Yonib yoki o'chib turgan indikatorlar.

Klaviaturadagi harflarni kiritish holatlari qanday o'zgartiriladi?
Lotin yoki kirill harflarini kiritish holatiga o'tish, odatda, ikki xil usulda amalga oshiriladi.
1- usul. Sichqoncha yordamida. Masalalar panelidagi piktogrammani piktogrammaga va aksincha o'tkaziladi. Buning uchun sichqoncha ko`rsatkichini shu piktogrammaga yo'naltirib chap tugmasi bosiladi. Hosil bo'lgan (o'ngdagi) tanlov lavhasidan kerakli piktogramma tanlanadi.
2- usul. Klavishlar yordamida. Buning uchun maxsus klavishlardan Alt (ba'zi hollarda Ctrl) bilan Shift birgalikda bosiladi.


Download 241.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling