Mavzu №8: Avtomobilning elektron boshqarish


Download 0.58 Mb.
bet1/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1353973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu 8


Mavzu № 8: Avtomobilning elektron boshqarish
tizimlari1
Ma’ruza rejasi:



  1. Umumiy ma’lumotlar

  2. Benzinli dvigatellarda yonilg‘i uzatilishini elektron boshqarish tizimi

  3. Majburiy salt ishlash ekonamayzerini elektron boshqarish

  4. Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimlarini elektron boshqarish



Tayanch suz va iboralar: yonilg‘i purkash, mikroprotsessor, doimiy xotira qurilmasi, analog-raqamli o‘zgartkich, raqamli kod, kislorod kontsentratsiyasi datchigi (-zond), elektromagnit klapan, drossel tusiqchasi, aylanishlar chastotasi,gidromodulyator, optimal tormozlanish, gildirak tezligi datchigi,
8.1. Umumiy ma’lumotlar


XX asrning oxirida elektronika va mikroprotsessor texnikasini katta sur’atlar bilan rivojlanishi, ularni avtomobillarda keng joriy qilinishiga, xususan dvigatel, transmissiya va qo‘shimcha jihozlarni ishini elektron boshqarish tizimlarinini (EBT) yaratilishiga olib keldi. elektron boshqarish tizimlarni qo‘llanilishi yonilg‘i sarfini va chiqindi gazlarni zaxarliligini kamaytirish, dvigatel quvvatini va avtomobil xavfsizlik darajasini oshirish, haydovchini ishlash sharoitlarini yaxshilash imkoniyatini beradi.
Oxirgi yillarda dunyoda sodir bo‘layotgan energetik va ekologik tanglik ko‘p rivojlangan mamlakatlarda avtomobillarning chiqindi gazlarining toksinligini va yonilg‘i sarfini cheklovchi me’yoriy xujjatlarni qabul qilinishi eBT larni kengroq qo‘llanilishiga kuchli turtki bo‘ldi. Chunki, bu me’yoriy xujjatlarga ko‘ra, dvigatelning deyarli barcha ish rejimlarida yonilg‘i aralashmasi stexiometrik tarkibda ushlab turilishi, majburiy salt ishlash rejimida dvigatelga yonilg‘i uzatilishini to‘xtatilishi, o‘t oldirish yoki yonilg‘i purkash daqiqasini aniq va optimal rostlanishi talab qilinadi. O‘tkazilgan ko‘p ilmiy tadqiqotlar yuqoridagi talablarni elektron boshqarish tizimlarsiz bajarish mumkin emasligini ko‘rsatdi.
Dvigatellarni elektron boshqarish tizimlaridan eng keng tatbiq topganlari- yonilg‘i uzatish va o‘t oldirish (benzinli dvigatellarda) jarayonlarini boshqarishdir. Bu boshqarish tizimlari mustaqil va birgalikda (masalan, Lasetti avtomobilida) ishlashi mumkin. Benzinli dvigatellarga o‘rnatilgan o‘t oldirishni elektron boshqarish tizimi o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini katta aniqlik bilan belgilash, hamda majburiy salt yurish ekonomayzer ishini boshqarish vazifasini bajaradi.
Elektron antiblokirovka tizimi sirpanchiq yo‘lda avtomobilni tormozlanish masofasini deyarli ikki marta qisqartiradi va uni yoni bilan surilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu og‘ir obi-havo sharoitlarida(yomg‘ir, qor, yaxmalak) ko‘p yo‘l-transport hodisalarini oldini oladi.
Elektron boshqarish tizimi qo‘shimcha jihozlardan oynatozalagich, burilish relesi, avtomobil darakchilari va konditsionerni ishini ham boshqaradi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling