Mavzu №8: Avtomobilning elektron boshqarish


Harakat barqarorligi tizimi


Download 0.58 Mb.
bet11/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1353973
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu 8

8.4.4. Harakat barqarorligi tizimi


Harakat barqarorligi tizimi (boshqa nomi – dinamik stabillash tizimi) avto-mobilning ko‘ndalang dinamiksini nazorat qilib, haydovchiga kritik vaziyatlarda yordam berish, avtomobilni sirpanib surilib ketishi va yonlama sirpanishini oldini olish uchun xizmat qiladi. 2011 yildan AQSH, Kanada va yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning barchasi harakat barqarorligi tizimi bilan jihozlashi shart deb belgilangan.


Tizim harakatning turli rejimlarida (tezlanish, tormozlash, to‘g‘ri yo‘lda harakatlanish, burilish va erkin tebranishda) avtomobilni haydovchi belgilagan traektoriya chegarasida ushlab turish imkoniyatini beradi.
Ishlab chiqaruvchiga qarab harakat barqarorligi tizimi quyidagi savdo nomlari bilan yuritiladi:

  • ESP (Electronic Stability Programme) –yevropa va Amerikaning ko‘pchilik avtomobillarida;

  • ESC (Electronic Stability Control) – Honda, Kia, Hyundai avtomobillarida;

  • DSC (Dynamic Stability Control) – BMW, Jaguar, Rover avtomobillarida;

  • DTSC (Dynamic Stability Traction Control) –Volvo avtomobillarida;

  • VSA (Vehicle Stability Assist) –Honda, Acura avtomobillarida;

  • VSC (Vehicle Stability Control) –Toyota avtomobillarida;

  • VDC (Vehicle Dynamic Control) – Infiniti, Nissan, Subaru avtomobillarida.

Harakat barqarorligi tizimining tuzilishi va ishlash prinsipini 1995 yildan ishlab chiqarila boshlangan va eng ko‘p tarqalgan ESP tizimi misolida ko‘rish mumkin.
Harakat barqarorligi tizimining tuzilishi
Harakat barqarorligi tizimi aktiv xavfsizlik tizimlarining yuqori toifasiga mansub bo‘lib, uning tarkibiga antiblokirovkali tormoz tizimi (ABS), tormoz kuchlarini taqsimlash tizimi (EBD), differensialni elektron blokirovkalash (EDS), shataksirashga qarshi tizimlari (ASR) kiradi. Harakat barqarorligi tizimi kirish datchiklari, boshqarish bloki va ijrochi mexanizm sifatida ishlatiladigan gidravlik blokdan tashkil topgan.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling