Mavzu-8: internet tarmog‘i va uni tashkil etilishi


Download 221.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.12.2022
Hajmi221.79 Kb.
#1049198
Bog'liq
8-MavzuJM



Mavzu-8: INTERNET TARMOG‘I VA UNI TASHKIL ETILISHI. 
Reja: 
1. Internetda ma’lumotlarni qidirib topish. 
2. Tarmoqda ma’lumotlarni qidirish tizimlari 
3. Internetda ma’lumotlardan nusxa olish. 
Tayanch iboralar: Reget, Internet Explorer, FlashGet, Copy Shortcut 
Internetda ma’lumotlarni qidirib topish. 
Internet millionlab kompyuter va tasavvur qilib bo‘lmaydigan hajmdagi axborotni o‘z ichiga 
mujassamlagan. Har daqiqada bu kompyuterlarda axborot hajmi ko‘payadi. Bu axborot olamida 
adashib qolish tabiiy. Adashmaslik va ma’lumotni topish uchun ikki usul mavjud. Bu Internet da 
maxsus jildlar (kataloglar) va qidiruv bilan shuullanadigan serverlar mavjud. Ular ko‘p emas, lekin 
juda ommabop. Server katta hajmdagi xotira va tezlikka ega. Shuning uchun birdaniga u bir necha 
so‘rovlarga javob bera oladi. Ko‘p hollarda bitta server bir necha (o‘nlab) kompyuterlardan tuziladi. 
Har bir qidiruv serveri tarmoq sahifalari bo‘yicha ma’lumotlar jildiga ega. Jildda axborotning turgan 
joyi, qisqacha izohi, tavsifi va boshqa ma’lumotlar joylanadi. Jild millionlab sahifalar to‘risida 
ma’lumotga ega bo‘ladi. Qidiruv serverlar foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar bilan ham to‘ldirilib 
turadi. Bu - foydalanuvchi adresi, ochilgan sahifalar nomi, foydalanilgan qidiruv sistemalari nomi 
haqidagi ma’lumotdir. Internetda ma’lumotni qanday topish mumkin? Ma’lumot joylashgan sahifa 
manzilini bilsangiz, bu muammo bir zumda hal bo‘ladi. Sahifa to‘liq manzilini «Adres» maydonida 
kiritsangiz, qidirilayotgan ma’lumot ekranda namoyon bo‘ladi. Bir necha daqiqadan so‘ng so‘ralgan 
sahifa ekranda paydo bo‘ladi. 
Masalan, WWW.vcu.edu sahifasini ochish zarur. U holda Adres maydonida shu nomni yozasiz va 
Enter ni bosasiz. Natijada ekranda sahifa hosil bo‘ladi. So‘rov natijalari ro‘yxat shaklidagi ilovalardan 
va ularning tavsifidan tashkil topadi. Unda ma’lumotlar bo‘limlarga, bo‘limlar esa bo‘linmalarga 
bo‘lingan bo‘ladi. Masalan, yangiliklar bilan tanishmoqchi bo‘lmangiz, kerakli satrda sichqoncha 
tugmachasini bosish etarli. Ekranda yangiliklar qisqacha tavsifi bilan keltiriladi. Sahifaning o‘rtasida 
maxsus joyda Search tugmachasi joylashgan. Unda mavzu nomini kiritish va qidiruv natijasini olish 
mumkin. Quyida esap shu informasion ombor bo‘limlari nomlari keltiriladi. 
Tarmoqda ma’lumotlarni qidirish tizimlari (Wais, Finger, ARchie, Veronica) 
Wais Wais (Wide Area Information System)-keng kamrovli axborot tizimi. Kirish uchun ochik 
berilganlar bazasi tizimi. U tarmoq resurslarini indekslangan ma’lumotlarini saklovchi global 
berilganlar bazalarini majmuidir. Wais taqsimlangan berilganlar bazasida qandaydir satr yoki kalit 
so‘zlar yordamida ma’lumotlarni topish imkoniyatini beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Wais fayl 
nomlari va formati bilan emas, balki ularda joylashgan matnlardan tashkil topgan berilganlar bazasi 
bilan ish kuradi. 
Wais da boshqa xost kompyuterlarda mavjud berilganlar bazasi bilan bevosita aloqa bog‘lab, kerakli 
hujjatni undan avtomatik ravishda oladi. Demak, Wais tufayli intermurojaatlar turli bazalar tizimi bilan 
ham bog‘langan. Bundan tashqari Waisda mavjud berilganlar bazasiga yangi berilganlar bazasini 
qo‘shish mexanizmi yaxshi ishlab chiqilgan, Waisda ishlatiladigan matnlardan tashkil topgan 
fayllardagi matnlar ulchoviga xech qanday chegara yuk. Bunday imkoniyat xozirda tijorat 
maksadlarida ma’lumot olishda keng kullanilmokda. 
Finger 
Finger bu Internetning buyrugi bo‘lib, u foydalanuvchilar haqida ma’lumotlar olish uchun xizmat 
kiladi. Uning deyarli barcha operasion sistemalar (DOS, Windows) uchun versiyalari mavjud. 
Finger buyrugini bajarish (Unixda) kuyidagicha bo‘ladi. Finger foydalanuvchi ruyxat nomi (login). 
Misol uchun: Finger mirarip@law.silk.org buyrugi bilan Internet bilan bog‘lanilsa, Finger orqali 
mirarip haqida ma’lumot olish mumkin. Finger dan foydalanish uchun foydalanuvchining nomi (login) 
va foydalanuvchi ruyxatdan utgan kompyuterning tula nomini bilish kerak. 
Bu ma’lumotlar ma'lum bo‘lsa, Finger foydalanuvchi to‘g‘risida kuyidagi ma’lumotni beradi: uning 
ismi sharifi, uy katalogi, Internet bilan oxirgi marta kachon aloqa qilgani, ukilmagan elektron 
pochtaning borligi. Ayniksa oxirgi ma’lumot ko‘p xollarda foydali bo‘lishi mumkin. Chunki xususan 


siz yuborgan xatingizni uqilgan yoki ukilmagani (olmagani) haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. 
Finger yordamida plan (shaxsiy reja) agarda u uy katalogida joylashtirilgan bo‘lsa, faylini xam ochib 
ko‘rish imkoniyati mavjud. Uz shaxsiy plan faylingizda esa xoxlagan rejani yozishingiz mumkin. 
Fingerdan foydalanish xar doim muvaffakiyatli kechavermaydi. Kuyidagi uch xolatda u kerakli 
natijani bermasligi mumkin. 
Finger foydalanuvchini topolmaydi. Bunda Finger attain paydo bo‘ladi. Bu esa foydalanuvchi adresi 
noto‘g‘ri kiritil-ganini bildiradi. 
Finger kompyuterni topolmaydi, Finger unknown host: mirarip@law.silk.org. 
Bu xato kompyuter nomini noto‘g‘ri ko‘rsatilganda paydo bo‘ladi. 
Kompyuter Finger buyrugini topa olmaydi. 
Finger 
miharir@law.silk.org

Finger: Command not found (buyruq topilmadi). 
Bu uzoqlashgan kompyuter-serverda mijoz kompyuter Finger buyrug‘ini topa olmadi va shuning 
uchun bu buyruqni bajara olmadi. Buning sababi Finger Internetning barcha kompyuterlarida 
bo‘lmasligi mumkinligidan dalolat beradi. 
Finger yordamida, xususan turli sohalarga oid yangiliklarni ham olib turish mumkin. Misol uchun: 
Finger nasanews @space.mit.edu buyruk yordamida HACA yangiliklarini olish mumkin. YEr 
kimirlash haqidagi ma’lumotlar esa Finger spy-der@dnc.iris.washington.edu buyrugi orqali olinadi. 
Archie 
Mavjud fayllar haqidagi ma’lumotlar turli serverlarda bo‘ladi. Archie kalit so‘zlar orqali serverlarga 
talabnoma yuborish uchun xizmat kiladi. Mavjud sistema orqali archiega kirish mumkinligini 
tekshirish archie enter buyrugi bilan amalga oshiriladi. 
Veronica 
Veronica (Very Easy Rodent-Oriented Netwide Index to Computer Archives - kizikuvchilar uchun 
kompyuter arxivlari bo‘yicha ma’lumot beruvchi) ma’lumot va fayllar joylashgan serverni topish 
uchun xizmat kiluvchi dasturdir. Gopher serverlarga kirish oson bo‘lishiga karamay, ba'zan qidiri-
layotgan ma’lumot yoki fayl qaysi serverdaligini topish kiyin bo‘lishi mumkin. Bu holda Veronicadan 
foydalaniladi va u qaysi serverda kiziktirayotgan fayl yoki ma’lumot borligini aniklab beradi. U 
Gopher serverlarda menyu punktini aniklab beradi. Undan ishlatish uchun Veronica serverga kirishni 
amalga oshiruvchi Gopher serverdan foydalanadi. Veronica ma’lumotlar bazasi dunyoda mavjud 
Gopher serverlarni skanerlash xisobiga tuplangan bo‘ladi. Uning ma’lumoti ma’lumotlar bazasiga 
gopher.tc.umn.edu serveri orqali kiritiladi. Bunda Other gopher and Information Servers (Boshqa 
Gopher va axborot serverlar) menyusi va uning Search Gopher space using Veronica bandi tanlanadi. 
Bunda ma’lumotlarning archive dan kura osonrok tanlanishiga sabab Gopher cerverlarning fayllar 
nomlari bilan emas, menyu bandlarini matnlar yordamida tasvirlashidadir. Bunday axborot ko‘prok 
tushunarlidir. Bu matnlar yordamida fayl yoki kataloglarning nomlari aytilishidan ko‘ra ularning 
mazmuni so‘zlar bilan aytilishini tushunish osonrok. Misol uchun biror mavzu bilan fayl nomini, 
faylni topishdan kura ko‘proq ma’lumot beradi. Shuning uchun Veronica archive topolmagan fayllarni 
xam topib beradi. Veronica Gopher fayllarni tadkik kilib bo‘lgandan sung topshirik asosida bajarilgan 
barcha ishlarning menyu ruyxatini beradi. Uning yordamida kerakligini Gopherdagidan tanlash 
mumkin. 
Alta-Vista Alta-Vista nomli dastur WWWda ma’lumotlarni qidirishning zamonaviy serverlaridandir. 
Uning yordamida xatto rus tilida turli kodirovkada tayyorlangan ma’lumotlarni xam qidirish 
imkoniyati mavjud. U KOI-8 va Windows 1251 kodlarida berilgan sahifalarni ukiy oladi. Keyingi 
paytda u orqali kuniga millionlab foydalanuvchilar turli ma’lumot bazalariga, telekonferensiyalarga 
murojaat kilib turibdi. 
Tezkor ishlash. 
Bog‘lanishda asosiy muammo Web-sahifalarni yuklash. Ancha vaqtgacha kutishga to‘g‘ri keladi. 
Tezlik modemning tezligiga, telefon tarmog‘i sifatiga, biz foydalanayotgan sahifadan boshqa kishilar 
foydalanmayotganliklari, sahifada rasmlarning ko‘p yoki ozligiga bog‘liq. 
Bog‘lanish davom etayotganligini topshiriqlar panelida modem nishoni miltillayotgani ko‘rsatib turadi. 
Agar to‘xtab qolsa, uskunalar panelida REFRESH yoki F5 tugmasini bosib harakatga keltirishga urinib 


ko‘rish shart. Internet Explorerga rasmlarni yuklamaslik buyrug‘ini bersak Web-sahifani yuklash 
tezlashadi. Buning uchun ВИД-СВОЙСТВА ОБОЗРЕВАТЕЛЯ bo‘limidagi ДОПОЛЬНИТЕЛЬНО 
sahifasidan foydalanish kerak. Ishlashni qulaylashtirish ko‘proq narsani ko‘rish uchun ВО ВЕСЬ 
ЭКРАН buyrug‘idan foydalanish kerak. 
Internetda ma’lumotlardan nusxa olish. 
Internetda ma’lumotlar bilan ishlash uchun ularni diskka ko‘chirish zarur bo‘ladi. Buni Fayl 
menyusining Soxranit kak... komandasi yordamida qilish mumkin. Lekin bu usul katta xajmli 
ma’lumotlar bilan ishlaganda noqulay. Buning uchun maxsus dasturlar mavjud. Masalan, FlashGet 
yoki Reget dasturlari. 
Reget dasturining asosiy xususiyatlaridan biri uning ishlashga qulayligidir. U ma’lumotlarni ko‘chirish 
navbatini tashkil etadi. Yangi ma’lumotni ko‘chirish uchun uni quyidagi usullar yordamida navbatga 
qo‘yish mumkin: Download using ReGet (ReGet yordamida ko‘chirish) Internet Exrlorer dasturida \f 
tugmachasini bosing. Yoki sahifada sichqoncha ning o‘ng tugmachasini bosing va tanlang. 
Ko‘chiriladigan sahifa nomini Reget darchasiga olib o‘ting. Nastroyki programmq menyusining 
Integrasiya komandasi yordamida ko‘chirish holatini kuzatish mumkin. Buning uchun fayl nomida 
sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosing va «Cory Shortcut» (Копировать ярлык) komandasini 
tanlang. Ko‘chiriladigan fayl adresini maydonga ko‘chirib, Ctrl+V yoki Pravka menyusining Vstavit 
komandasi yordamida navbatga qo‘ying. Reget dasturi ishlash holati ikki xil: soddalashtirilgan va 
kengaytirilgan. Soddalashtirilgan holat imkoniyatlari kamroq va u dastur bilan dastlab ishlayotgan 
foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Kengaytirilgan holat kengroq imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu 
imkoniyatlar dastur hujjatida qizil rang bilan ajratilgan. Regetning bosh sahifasi manzillari: 
www.reget.net - Regetning AQSh dagi sahifasi www.reget.com - Reget ning Rossiyadagi sahifasi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Internetda ma’lumotlarni qidirib topish usullarini ayting 
2. Qanday qidiruv tizimlari bor? 
3. Ma’lumotni qidirish qaerda amalga oshiriladi? 
4. Zamonaviy qidiruv tizimlariga misollar ayting? 
5. Internetda ma’lumotlardan nusxa olish nima? 
6. Nusxa olish dasturlarini ayting. 
7. Qidiruv tizimlarini misollar asosida yoriting. 

Download 221.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling