Mavzu №8: Turli yoshdagi bolalar psixodiagnostikasi


Bolalarning bilish faoliyatini o’rganish uchun o’yinchoqlardan foydalanish


Download 1.91 Mb.
bet10/11
Sana06.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1334344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu. Psixologik xizmat asoslari

Bolalarning bilish faoliyatini o’rganish uchun o’yinchoqlardan foydalanish
Bolaning dastlabki taraqqiyotida harakat va fikrlash jara-enlarini diagnostika qilish maqsadida o’yinchokdardan foydalanish o’ta mahsuldor usul hisoblanadi. O’yinchoq bolaga to’plagan shjribasini namoyon qilish, uni ijodiy qayta ko’rish (qurish-yasash), yangilarini yaratish imkonini beradi. Bolada o’yinchoqlar qanchalik ko’p bo’lsa, unda shunchalik ko’p ijodiy kuchlari rivojlanadi, bola shunchalik tez tashqi muhitni o’zlashtirib oladi.
A.A.Fayvusovich (1928) tadqiqotlarining ko’rsatishicha, diqqatning ko’chishini va atrofdagi predmetlarga ichki ehtiyojni shakllantirish maqsadida, bolalar bog’chasidagi o’yinchoqlarni almashtirib turish zarur. Masalan: 6 oygacha bo’lgan bolalarda bir kunda 2-3 marta, 1-2 yoshdagi bolalarda bir kunda 3-4 marta, 3 yosh-gacha bolalarda bir kunda 4-5 marta almashtirib turish zarur.
Sodda va aniq o’yinchoqlarga, murakkabroq va mavhumroq o’yinchoqlar qo’shish, ularni bolaning psixik taraqqiyotiga moslab tanlanishi bolada fazoviy va so’z-mantiqiy tafakkurning rivojlanipshga imkon beradi. Qoidaga ko’ra o’yinchoqlarning diagnostik o’lchovlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
a) o’yinchoqlarni ko’rganda bolada hissiy ko’zg’alish mavjudligi va uni ushlab ko’rish istagi;
b) harakatlarning faolligi va ko’proq ushlab ko’rish;
v) o’yinchoqni uni bajaradigan funksiyasiga mos ravishda o’ynash;
g) o’yin vaziyatida yangi (almashtiruvchi) elementlarning mavjudligi;
d) o’yinning davomiyligi;
e) berilgan o’yinchoqqa ehtiyojning saqlanishi.
Bu ehtiyojlar 1-3 yoshdagi bolalarda o’yin vaziyatida faollik-ni aniqlashga qaratilgan. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun diagno­stik o’lchovlar bir muncha kengayadi. Ularga nutq rivojlanganligi, fazoviy ko’rish tasavvurlarining, xayolining, tafakkur operasiyalarini bajarish usullarining rivojlanganligi kabi o’lchovlarni kiritish mumkin. Shuning uchun ham maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyachi u yoki bu psixik jarayonlarni rivojlantirish maqsadida didaktik materiallardan foydalanish mumkin. (Rasmlarga qarab hikoya tuzush, kubiklar yasash, rasmlar chizish va boshqalar).

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling