Mavzu №8: Turli yoshdagi bolalar psixodiagnostikasi
Hikoyada tushirib qoldirilgan so’zlarni to’ldirish
Download 1.91 Mb.
|
8-mavzu. Psixologik xizmat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tasvirlarni ko’chirish» metodikasi
Hikoyada tushirib qoldirilgan so’zlarni to’ldirish
Bu metodika H.Ebinghaus /1891/ tomonidan taklif etilgan bo’lib, nutq rivojlanish xususiyatlarini 10 yoshdan katta bolalarda assosiativ jarayonlarni o’rganishda qo’llaniladi. Sinalayotgan bolalar yaxshi o’qiy olishlari va o’qitilgan matnning mazmuniga tushunadigan bo’lishlary kerak. Tajriba o’tkazish uchun unchalik murakkab bo’lmagan hikoyalarning bir necha variantini tayyorlab olish kerak. Bu hikoyalarda ixtiyoriy tartibda ba’zi so’zlar tushirilib koldirilgan bo’ladi. Hikoyalar alohida qog’ozlarga yozilgan holda beriladi. Ko’rsatma: «Qo’yidagi hikoyada umumiy mazmundan kelib chiqib, tushirib koldirilgan so’zlarni o’rniga qo’ying», 1-variant Derazamni oldida bir tup_________o’sgan. U oq o’rik. Judayam _______. Har yili erta________ oppoq bo’lib ________, birinchi bo’lib gullaydi. Shu ____________ gullaganda_________ jonimni hovuchlab turaman: «Oh,__________yog’masaydi, _______ bo’lmasaydi, tezroq tugib olsaydi...». Lekin bari bir___________ boshlanib ketadi, ba’zan ____________ aylanib ketadi. Mana yana qor aralash yomg’ir____________ o’rik bechora____________, issiq gullarni qaerga yashirinishi bilmay munkayib turibdi. Ba’zi bolalar birinchi gapni o’qiganlaridan so’ng, hikoyani umumiy mazmo’nini tushunmasdan topshiriqni bajarishga kirishadilar. Shuning uchun xam ko’pincha sinaluvchi har bir gapni alohida- alohida idrok etish, javoblar /o’rniga qo’yilgan so’zlar/ ham mantiqiy aloqani aks ettirmaydi. Ishni baholashda assosia-tiv aloqalarning hosil bo’lish tezligi, matnning murakkab joyla-ridagi qiyinchiliklar hisobga olinadi. To’g’rilanganligiga, grammatik xatolariga e’tibor beriladi. «Tasvirlarni ko’chirish» metodikasi Ushbu metodika 3 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalarga mo’ljallangan. Topshiriqnig mohiyati pgundan iboratki, 10 rasmda o’ng tomondagi maxsus tayyorlab qo’iilgan kvadratlar ichiga, shu rasmdagi, chap tomonda berilgan kataklar ichidagi tasvirlarni ko’chirish kerak. Buning uchun bolaga qora flamaster berilib, quyidagicha ko’rsatma beriladi «O’ng tomondagi kataklarga, aynan chap tomondagi figuralarga o’xshash rasmlarni chizish kerak. Bunda iloji boricha toza va bo’yaladigan joylarda bo’shliq qoldirmaslikka hamda figuralar konturidan chiqib ketmaslikka harakat qilish kerak». Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt 5 daqiqa. 10-rasm. Natijalarni baholash. 10 ball - bola hamma toppshriqni 5 daqika mobaynida bajarib bo’ldi. Unda bo’yaladigan joylarda bo’pshiq qolmasa, chizilgan figuralar konturi esa topshiriq andozasidan 1 mm dan ko’p farq qilmasa qo’yiladi; 8-9 ball—bola topshiriqni bajarishga 5 daqiqa vaqt sarflasa, unda bo’yaladigan har bir figuralarning 1-2 joylarida bo’shliq qolsa, chizilgan figuralar konturi aslidan 1 mm dan ko’p farq qilmasa qo’yiladi; 6-7 bal — bola topshiriqni bajarishga 5 daqiqa vakt sarflasa, bo’yaladigan har bir figuralarning 3-4 joylarida bo’shliq bo’lsa, chizilgan bir necha figuralar konturi aslidan 1,5 mm dan ko’p farq qilmasa qo’yiladi; 4-5 ball — bola 5 daqiqada 4-5 figurani bo’yashga ulgursa, ammo bo’yalgan figuralarning 5 dan 1 qismidan kam joylarida bo’shliq bo’lsa va aslidan 2 mm gacha farq qilmasa qo’yiladi; 2-3 ball bola 5 daqiqada 2-3 figurani bo’yashga ulgursa, ammo bo’yalgan figuralarning 5 dan 1 qismidan kam joylarida bo’shliq bo’lsa va aslidan 2 mm gacha farq qilmasa qo’yiladi; 0-1 ball — bola 5 daqiqada bitta figurani bo’yashga ulgursa hamda bo’yalgan figuraning 4 dan bir qismida bo’shliq bo’lsa va figura aslidan 3 mm gacha farq qilmasa qo’yiladi; Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish. 10 ball — juda yuqori 8- 9 ball — yuqori 4- 7 ball — o’rtacha 2-3 ball — past 0-1 ball — juda past Topshiriqni bajarishda xatoga yo’l qo’yadilar. Lekin ular bu toshniriqni tezroq bajaradilar. 10-11 yoshli bolalar kullanmani yaxshi tushunadilar, o’z xatolarini o’zlari tuzatadilar Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling