Mavzu: №9-10. Ovqat hazm qilish va ovqatlanishning yoshga oid fiziologiyasi. Energiya almashinuvi reja
Download 429.39 Kb.
|
9-10 MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
MAVZU: №9-10. OVQAT HAZM QILISH VA OVQATLANISHNING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI. ENERGIYA ALMASHINUVI Reja: Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari Organizmda modda almashinuvi Ovqatlanish gigienasi Tayanch tushunchalar: Sut tishlar, oshqozon, jigar, so’rilish, moddalar almashinuvi, oqsil, uglevodlar, vitamin. Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mexanik maydalanadi, kimyoviy parchalanadi, suriladi. Odamning hazm qilishi kanali 8-10 metr uzunlikda bo‘lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq, o‘rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan. Ovqat hazm qilish kanaliga: og‘iz bo‘shlig‘i va undagi organlar halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, yirik bezlardan jigar, me’da osti bezi kiradi. (1 – rasm) 1-rasm. Ovqat hazm qilish a’zolarini tuzilishi O vqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo‘ladi. Og’iz bo’shlig’ida ovqat fizikaviy va dastlabki kimyoviy qayta ishlovi amalga oshiriladi. Yana bu yerda mavjud bo’lgan retseptorlar yordamida uning hazm bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadigan mazasi qayd qilinadi. Ovqatning maydalanishi og’iz bo’shlig’idagi tishlar yordamida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarish bo’lib, katta odamlarda 32 ta tishlar mavjud (kurak, qoziq, kichik va katta oziq tishlar). Bolaning 6 -8 oyligidan boshlab sut tishlari chiqa boshlaydi. Dastlab pastki jagdagi o’rta kurak tishlar, keyin tepa jagdagi o’rta va yonbosh kurak tishlar paydo bo’ladi. Birinchi yoshning oxiriga kelib bolada sakkizta tish chiqadi. Sut tishlarining barchasi (ular 20 ta) ikkinchi yoshning oxiri yoki uchinchi yoshning boshida paydo bo’ladi. Ularning rivojlanishi ovqatlanish omili bilan ham bog’liq, shu sababdan sut tishlarining chiqishi bolaning oziqlanish xususiyatlariga qarab qayd qilingan muddatdan biroz kechikishi yoki tezlashishi ham mumkin (3 - rasm). 3 -rasm Og’iz bo’shlig’i. 1- yuqorigi jag' tishlar; 2- pastki jag' tishlar; 3-tomoqdagi bodomsimon bez; 4- til; 5- yumshoq tanglayning tilchasi; 6- yumshoq tanglay. Bola 6 -7 yoshga to’lganida sut tishlarining ildizlari so’rilib, yuqori qismlari esa tushib ketadi va ularning o’rnida doimiy yoki haqiqiy tishlar paydo bo’ladi. Kichik oziq tishlar va uchinchi katta oziq tishlar (aql tishlar) sut tishlarisiz mustaqil rivojlanadi. Odatda, 14 yoshga kelib doimiy tishlar chiqib bo’ladi, faqat aql tishlar ayrim kishilarda 25 -30 yoshlarga kelib o'sib chiqadi. Ba’zilarda esa yuqori jag’da, ular umuman kuzatilmaydi.Tishlarning soglom va to’liq bo’lishi inson salomatligi uchun juda muhim, shuning uchun yoshlikdan boshlab ularni parvarish qilish, turli jarohatlardan, turli kasalliklardan ehtiyot qilish lozim. Hozirgi paytda keng tarqalgan tish kasalliklariga karies, ya’ni tishlarning chirishi kiradi. Uning kelib chiqishi tish emalining sut kislotasi ta’sirida demineralizatsiyalanishidan boshlanadi. Sut kislotasi esa tishlar orasidagi uglevodlar qoldig’ining achib, parchalanishidan hosil bo’ladi. Emali yemirilgan tishning dentini tishning asosiy qismi ustiga mikroblar (asosan streptokoklar) joylashib olib uni emiradi va chirish boshlanadi. Shuning uchun ovqatlanilgandan keyin tishlarni tozalash, og’izni iliq suv bilan bir necha marta chayqab tashlash kerak. Ma’lumki, bolalar shirinlikka ancha o’ch bo’ladi, hatto uyqudan oldin ham ayrim bolalar shirinlik yoki non yeb yotishadi. Unday holat aytilgan sut kislotasi hosil bo’lishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Yana tish emalining shikastlanishi issiq va sovuq suv, ovqatlarni aralashtirib iste’mol qilish, qattiq narsalarni tishlash (danak va yong’oq chaqish va boshqalar) tufayli ham kuzatiladi. Kariesning oldini olish uchun har kuni ikki mahal, kechqurun uyqudan oldin va ertalab turganidan keyin tishlarni pastalar yoki poroshoklar bilan yuvib tozalash darkor.Tishlarning soglom bo’lishi yana balanslashtirilgan ovqatlanishga (iste’mol taomlari tarkibida barcha oziq moddalari, vitaminlar va mineral moddalarning yetarli miqdorda va me’yoriy nisbatda bo’lishi) ham bog’liq. Og’iz bo’shlig’ida ovqat maydalanishdan tashqari yana dastlabki kimyoviy parchalanishga ham uchraydi. Bu o’rinda asosiy vazifani uch juft katta (quloq oldi, til osti va jag osti) va ko’plab mayda (og’iz bo’shlig’i, tilda sochilib joylashgan) so’lak bezlaridan ajralib chiqadigan so’lak shirasi bajaradi. So’lak bezlari bola tug’ilishi bilan o’z funktsiyasini boshlab, 9 —12 oylik bolalarda so’lak jadal ajraladi. O’rtacha sutka davomida bolalarda 800 sm3 atrofida so’lak ajraladi. So’lak 99% suvdan iborat bo’lib, tarkibida ayrim fermentlar (masalan amilaza) ham uchraydi, ular ta’sirida ovqat tarkibidagi kraxmal shakargacha parchalanadi, shuning uchun og’izga biroz qotgan non olib uzoq vaqt chaynalsa, shirin maza seziladi. So’lakda yana shilimshiq organik modda mutsin bo’lib, u ovqat luqmasini qizilo’ngach orqali oshqozonga o’tishini osonlashtiradi. Qizilo’ngach og’iz bo’shlig’ini me’da bilan bog’lab turadi, uning uzunligi yoshga qarab oshib boradi, agar u endi tug’ilgan bolalarda 10 sm bo’lsa, 5 —yoshlilarda 16 —sm, 15 —yoshlilarda 19 —sm va katta odamga kelib, 25 -sm ga yetadi. Download 429.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling