Mavzu: №9-10. Ovqat hazm qilish va ovqatlanishning yoshga oid fiziologiyasi. Energiya almashinuvi reja


Download 429.39 Kb.
bet3/7
Sana25.01.2023
Hajmi429.39 Kb.
#1121331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-10 MAVZU

Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni o‘zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar ko’payadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va dissimilyasiya orqali o‘tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o‘tishi assimilyasiya deyiladi. Assimilyatsiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko’payadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda assimilyasiya shuncha faol o‘tadi, bu esa yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. (1 – jadval)
1 - jadval



Modda nomi

Xususiyatlari

1

Oqsil

1g. parchalanganda 4,1 kkal. energiya hosil bo’ladi, qurilish,energiya. Sutkalik ovqat tarkibining 80-90%

2

Uglevod

1g. 4,1 kkal. energiya hosil bo’ladi, energiya. Organizmga 56% energiya beradi.

3

Yog’

1g. 9,3 kkal. energiya hosil bo’ladi, energiya

4

Suv

Sutkalik suv balansi 2,2-2,8 l, muxitni hosil qiladi.

5

Minerallar

Sutkada 10-12,5 g. osh tuzi kerak, muxim moddalar tarkibiga kiradi.

6

Vitamin A

O’sish va rivojlanish, teri holati, ko’z o’tkirligini ta’minlash

7

Vitamin B

Nerv sistemasining faoliyati, qon yaratilishi uchun zarur

8

Vitamin S

Moddalar almashinuvida ishtirok etadi. yetishmasa singa kasalligi kelib chiqadi.

9

Vitamin D

Kal’tsiy va fosfor almashinuvi normal o’tishida ishtirok etadi.

Agar bolalar sog’lom ovqatlanish tartibiga amal qilmasdan, kerakli ozuqa moddalarini qabul qilmasalar bu ularning ruhiy va jismoniy faolligiga ta’sir qiladi va kattalardagi ayrim kasalliklarga masalan yurakning ishemik kasaligiga chalinadilar. Agarda boshqa tomondan uy sharoitining ta’siri va natijalari o’rganiladi qaysiki ularning rivojlanishiga va hayot tarziga ijobiy ta’sirlarini o’rganadi. Boshqa so’z bilan aytganda hayotni boshlanishi yomon boshlansa ularning rivojlanishidagi pasayish va salomatligini pasayishi hayotining ijtimoiy iqtisodiy ahvolini tubanlashishiga ta’sir qiladi. (Pillas, Suhrcke 2009). Qiyin vaziyatlarda ilk yosh davrida salomatlik holatining farqlari holati keyingi yosh davrlarida yanada farqlarning oshishiga olib keladi. (Poulton va boshqalar 2002).1



Download 429.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling