Afzalligi:
- o’quvchilar faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi;
- esdab qolishni kuchaytiradi.
Namoyish qilish
Demonstratsiya – “ko’rsataman, isbotlayman” degan ma’noni anglatadi.
Bu o’qitish usulida o’qituvchi topshiriqni bajarib, o’quvchilarga bu topshiriqni qanday bajarish kerakligini ko’rsatadi. Bu o’qitish usulidan so’ng, o’quvchilarga topshiriqni bajarib ko’rish imkonini berish kerak.
Qo’llanishi:
- topshiriqni qanday bajarishni ko’rsatish uchun;
- mummolarni hal qilish va analitik mohirlikka o’rgatishda;
- texnika xavfsizligini o’rgatishda;
- texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o’rgatishda.
Afzalligi:
- o’quvchi o’z ko’zi bilan ko’radi;
- tushunish va eslab qolishga yordam beradi;
- qiziqishini oshiradi;
- o’qitishning juda faol shakli ekanligi.
Rolli o’yinlar
O’qitishning bu usulida o’quvchilar “real hayot” holatlarini qayta jonlantiradilar. Bu ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarini sinab ko’rish va tekshirish imkonini beradi.
Qo’llanishi:
- yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko’rsatishda;
- o’quvchilarni nazariyani amaliyotda qo’llab ko’rishga o’rgatishda;
- o’quvchilar faolligini yanada oshirishda.
Afzalligi:
- “real hayot” ning qayta tiklanishi;
- o’quvchilarning mavzuga chuqurroq jalb qilinishi;
- o’quvchilarning muammoga boshqacha yondoshuvini ko’rish imkonini berishi.
Guruh munozarasi
O’qitishning bu usuli o’quvchilarning o’zaro muloqoti va fikr almashuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayyan mavzu yoki aviya ishlab chiqiladi.
Qo’llanishi:
- qiziqishni kuchaytirish va o’ylash, fikr yuritishga chorlashda;
- ma’ruza, o’qish va boshqa usullarni mustahkamlashda;
- mashg’ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda;
- muammoning ko’zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda;
- yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda;
- mavzu tushunarliligini baholash;
- o’quvchilarni kelgusi darsga tayyorlash.
Afzalligi:
- o’quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb qilinishni mustahkamlaydi;
- o’quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |