Mavzu: A. Nasafiyning Zub- atul haqoyiq asarida borliq masalasi Reja
Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi
Download 50.82 Kb.
|
4-mavzu. Borliq – falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari.
- Yangi davrda borliq masalasi
Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi. Tasavvufda oriflar va oshiqlar o‘zlarining poetik asarlarida va mifologik g‘oyalarida borliq haqidagi bilimlarini bayon etganlar.
Poetik ontologiyada birinchidan, ramz, majozlar, qiyos va h.k. ko‘p. Ikkinchidan, ushbu ontologiya inson tafakkuriga emas, ko‘proq tuyg‘ularga yo‘nalgan. Ayniqsa, musiqa jo‘rligi, tasviriy san’at asarlarida namoyon bo‘lgan, «Aruz» vaznida bitilgan maqomlarda kuylangan. Uchinchidan, poeziya qalb faolligining mahsuli hisoblanadi va u asosan, tuyg‘ularga ta’sir etadi. Buni anglashning mantiqiy tafakkurdan yuqori shakli, deyish mumkin. Shu ma’noda poeziyani tushunish uchun ongning mantiqiy (nazariy) tafakkurdan yuqoriroq shakli – intellektual intuitsiya taqazo etiladi. Chiziqli (mantiqiy) tafakkurning yolg‘iz o‘zida esa, na intellektual va na estetik (hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi. Shu ma’noda A.Navoiy aytganidek, majozlar haqiqatga ancha yaqinroq. To‘rtinchidan, ramzlar, majozlar hammaga ham aytilishi mumkin bo‘lmagan ba’zi g‘oyalarni (sirlarni) muayyan odamlargagina yetkazish vazifasini bajargan . Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari. Nasafiy borliqni «Zubdat ul – Haqoyiq» «Haqiqatlar qaymog‘i» asarida Olami Kubro (katta, ulug‘ Olam, yunon falsafasidagi Makrokosm) va Olami sug‘ro (Kichik Olam, inson borlig‘i, yunon falsafasidagi Mikrokosm) ga ajratadi hamda ular orasidagi uzviylikni ko‘rsatadi. Asarning birinchi bobi Olami Kubro, (makrokosm, kosmos) uning kelib chiqishi, strukturasi va boshqa ontologik muammolarni yoritishga bag‘ishlangan. Yangi davrda borliq masalasi. Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin ma’nosini qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Yuzaga kelayotgan kapitalizm ta’sirida tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi. XVII-XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvesiy, Lametri borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan. Download 50.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling