Mavzu: abdujamil faoliyatiga oid materiallar to`plash
Sulton Ali Mashhadiy, Mavlono Soyimiy, Mavlono Sayfiy, Mavlono Sher Ali, Shayxzoda Puroniy, Mavlono Voysiy, Mavlono Kotibiy va Abdujamil kotib Hirotiy
Download 22.02 Kb.
|
1 2
Bog'liqABDUJAMIL MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad Donish
Sulton Ali Mashhadiy, Mavlono Soyimiy, Mavlono Sayfiy, Mavlono Sher Ali, Shayxzoda Puroniy, Mavlono Voysiy, Mavlono Kotibiy va Abdujamil kotib Hirotiy kabi mashhur kotiblarni faxr bilan tilga oladi. Shunisi diqqatga sazovorki, bizgacha yetib kelgan Alisher Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining juda koʻpchiligi qadimiy ilm-fan maskanlari Buxoro va Shahrisabzda kitobat qilingan. Qavomiddin Munirov va Abdulla Nosirov kabi sharqshunoslar tartib bergan “Alisher Navoiy qoʻlyozma asarlari katalogi”(Toshkent, 1970)dagi roʻyxat ana shundan dalolat beradi.
XIV–XIX asrlar Buxoroda sanʼatning barcha turlari keng rivoj topgan davr boʻldi. Bu yerda xattotlik sanʼatining maktabi vujudga keldi. Pirmuhammad Soʻfi Buxoriy (XV asr). Miraz Buxoriy (XV asr), Sulton Muhammad Buxoriy (XV asr), Abdurahmon Barqiy Munshiy (XV asr), Mirali Hiraviy (XVI asr), Said Abdullo Buxoriy (XVI asr), xattotlik nazariyasi toʻgʻrisida kitob yozgan olim va xattot Darvish Muhammad ibn Doʻstmuhammad Buxoriy (XVI asr), Mavlono Inoyatillo kotib (XVII asr), Mirza Abdurahmon (XVIII asr), Fozil Devona (XIX asr), maʼrifatparvar adib va olim Ahmad Donish va boshqalar Movarounnahrning mashhur xushxat xattotlari sifatida Buxoroda qalam surdilar. koʻchirilgan. Bu nusxa Alisher Navoiy “Xamsa”sining XIX asrda koʻchirilgan nusxalaridan ancha toʻliq va mukammalligi bilan ajralib turadi. “Lison ut-tayr” 1823–1824 yillarda Yormuhammad qori Shahrisabiziy tomonidan nastaʼliq xatida qora siyohda koʻchirilgan. Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharq qoʻlyozmalari markazida Alisher Navoiy asarlarining 500 dan ortiq qoʻlyozma nusxalari saqlanayotir. Shundan 120 nusxa buxorolik mashhur xattotlar dastxatiga mansub. Jumladan, “Xazoyin ul-maoniy” asarining qirqqa yaqin nusxasi, “Xamsa”ning yigirma yetti nusxasi Buxoroda koʻchirilgan. Bulardan tashqari, “Xamsa”dagi “Hayrat ul-abror” dostoni 1838–1839 yillarda Sayyid Nafas tomonidan koʻchirilgan. “Layli va Majnun” dostoni 1829–1830 yili Muhammad Rajab ibn Abduvali tomonidan, “Sabʼai sayyor” dostoni Muhammad Latif ibn Muhammad Sharif tomonidan XIX asrda Buxoroda alohida kitobat qilingan. Alisher Navoiy umrining soʻnggi yillarida yozgan “Lison ut-tayr” asarining oʻndan ortiq nusxasi Buxoroda kitob holiga keltirilgan. U “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Xamsat ul-mutaxayyirin”, “Vaqfiya”, “Tarixi muluki Ajam”, “Arbain”, “Risolai muammo” kabi asarlari koʻplab nusxada koʻchirilgan. Xususan, Shahrisabzda “Xazoyin ul-maoniy”, “Xamsa”, “Lison ut-tayr”, “Tarixi muluki Ajam” kabi asarlari xushxat dastxat bilan oqqa koʻchirilgan. Hozir Navoiyning Shahrisabzda koʻchirilgan oʻttizga yaqin noyob nusxalari saqlanmoqda. Masalan, 1874–1875 yillarda mullo Muhammad Sheralibek Shahrisabiziy tomonidan shoirning “Xazoyin ul-maoniy” asari nastaʼliq xatida qora tushda koʻchirilgan. “Xamsa” esa 1833–1834 yillarda Abdulqayum kotib va Muhammad Yunusxoʻja ibn Boboxoʻja Shahrisabiziy tomonidan oqqa ko`chirildi. Oʻrta Osiyoda arab yozuvlari tarqalguniga qadar turli yozuv usullari boʻlgan [mas., sugʻdiy, Oʻrxun-yenisey (qad. turkiy xoqon yozuvlar) va boshqa]. Qadimiy yozuvlardan boʻlgan kufiy yozuvi koʻpgina meʼmoriy va boshqa yodgorlik obidalarining bezagida, saqlanib qolgan. Jumladan, Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni ham ana shu kufiy (qad. hijoz adabiy yozuvi)da koʻchirilgan. Qurʼon koʻchirishda nasx, buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo ishlatilgan. Bulardan tashqari tumor, gʻubor, shajariy, tugʻro va boshqa yozuv usullari ham boʻlgan. XV asrdan kitob koʻchirish (fors, eski oʻzbek tillari)da nastaʼliq xati boʻlgan. Xattotlik Markaziy Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar va soʻnggi sulolalar (ashtarxoniylar, mangʻitlar) davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Amir Temur davrida MavlonoShamsuddin Munshiy, sangtarosh va xattot Oltun juda mashhur boʻlgan. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik sanʼatkorlar (Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqalar) xattotlikda samarali ijod qilgan. “Xattotlar sultoni” Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqa nastaʼliq xatini sanʼat darajasiga koʻtargan. Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysungʻur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham xattotlikka homiylik qilish bilan birga oʻzlari bu sanʼat turi bilan shugʻullangan; Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo “Xatti Boburiy” ixtirochisidir. Kitobat sanʼati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda xattotlik keng qoʻllanilgan. Shayboniylardan Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxon xattotlik bilan shaxsan shugʻullangan va nasx xatida yuksak mahorat bilan yozgan. XVI asr Movarounnahr Xattotlik maktabini yuzaga kelishida Mir Ali Hiraviynshox hayoti va ijodi alohida oʻrin tutadi. Bosmaxona paydo boʻlguniga qadar kotib, xattotlar mehnati kitob tayyorlashda muhim oʻrin tutgan. Bu borada Boysungʻur Mirzo, Alisher Navoiy, Muhammad Rahimxon II (Feruz) va boshqalarning faoliyatlari diqqatga sazovor. XX asrda yirik kutubxonalarda xattotlar qoʻlyozma kitoblar nusxasini koʻpaytirish bilan shugʻullandilar. Masalan, Navoiy kutubxonasi (Oʻzbekiston milliy kutubxonasi)da bir guruh xattotlar ishlagan. 1943-yilda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti tashkil topgach, malakali xattotlar (Ibodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov, Usmon Karimov va boshqalar) shu yerga toʻplandi: ular koʻhna qoʻlyozmalarni tiklash, koʻchirish, tavsif varaqalari tuzish bilan shugʻullana boshladilar. XX asr 80-yillariga kelib kitobat sanʼati bir guruh kishilar tomonidan qayta tiklandi. Bunda Habibulla Solih, Abdulla Mirsoatov, Toʻxtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov va boshqalarning xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla Solih Mushafi Usmon Qurʼonining asl nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa koʻchirib tayyorlagan (bir nusxasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida; pergamentga koʻchirib tayyorlagan yana bir nusxasi Toshkent islom universitetida), Katta Langar Qurʼonidan (Sankt-Peterburg va Oʻzbekistondagi nusxalari asosida) teriga koʻchirib nusxa tayyorlamoqda. Habibulla Solih 1998-yilda Istanbulda oʻtkazilgan Xalqaro xattotlar bellashuvida “Devoniy” xat uslubi boʻyicha kuchli oʻnlikdan oʻrin oldi; 1999-yilda xattotlikda yangi tarz (naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf qilib bu sohada yangilik) yaratgani uchun Lohurdagi Xalqaro xattotlar bellashuvida “Parvin raqam” (“Sharq yulduzi”) unvoniga sazovor boʻldi. Abdulaziz Mansurov, Islom Mamatov, Salimjon Badalboyev, Gʻafurjon Haqberdiyev va boshqa bugungi kundagi eng mashhur xattotlardir. Xattotlik hozirgi kunda Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intstitutida oʻrgatiladi. Xattotlik qadim Sharq san’atining behad kamol topgan turlaridan biri hisoblanadi. Oʻrta Osiyo xattotlik san’atining esa boy tarixi bor. XIV–XV asrlarda oʻlkamiz kitobatchiligining ravnaqi beqiyos boʻldi. Bu davrlarda dunyoda kitob chop etadigan bosmaxonalar yoʻq edi. Shuning uchun ham, ayniqsa, Sharqda xattotlik san’atiga qiziqish hamda xattotlarga ehtiyoj nihoyatda katta boʻlgan. Adabiyot va ilm ahli yaratgan bebaho asarlar kotiblar mehnatining sharofati bilan bizgacha yetib keldi. Bu qoʻlyozma asarlar oʻzbek adabiyotshunosligi va tilshunosligi uchun tadqiqot manbayi boʻlib xizmat qiladi. Ma’lumki, bunday qoʻlyozma asarlar Movarounnahr va Xurosonda, ilm-fan rivoj topgan deyarli hamma shaharlarda mashhur xattotlar tomonidan koʻp nusxada kitobat qilingan”. Z.Hamidovning “Navoiy xattotlari” nomli maqolasida shunday deyilgan. Unda qayd etilishicha, qadim Sharq qoʻlyozmalari orasida Mir Alisher Navoiy asarlari salmoqli oʻrin egallaydi. Navoiy ijodini oʻrganish, asarlarini oqqa koʻchirish uning oʻz zamonasidayoq boshlangan. Uning asarlari oʻzi yashab turgan yurtdagina emas, balki bir qancha xorijiy mamlakatlarda ham dastxat sifatida keng tarqalgan edi. Jumladan, shoir “Xamsa” ustida ishlaganda uning yozib tugatilgan qismini mashhur xattot Abdujamil kotib peshma-pesh oqqa koʻchirgandi. Shoir oʻzining yirik tazkirasi “Majolis un nafois” asarida xattotlik san’atiga yuqori baho berib, uni puxta egallagan Sulton Ali Mashhadiy, Mavlono Soyimiy, Mavlono Sayfiy, Mavlono Sher Ali, Shayxzoda Puroniy, Mavlono Voysiy, Mavlono Kotibiy va Abdujamil kotib Hirotiy kabi mashhur kotiblarni faxr bilan tilga oladi. Shunisi diqqatga sazovorki, bizgacha yetib kelgan Alisher Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining juda koʻpchiligi qadimiy ilm-fan maskanlari Buxoro va Shahrisabzda kitobat qilingan. Qavomiddin Munirov va Abdulla Nosirov kabi sharqshunoslar tartib bergan “Alisher Navoiy qoʻlyozma asarlari katalogi” (Toshkent, 1970)dagi roʻyxat ana shundan dalolat beradi. XIV–XIX asrlar Buxoroda san’atning barcha turlari keng rivoj topgan davr boʻldi. Bu yerda xattotlik san’atining maktabi vujudga keldi. Pirmuhammad Soʻfi Buxoriy (XV asr), Miraz Buxoriy (XV asr), Sulton Muhammad Buxoriy (XV asr), Abdurahmon Barqiy Munshiy (XV asr), Mirali Hiraviy (XVI asr), Said Abdullo Buxoriy (XVI asr), xattotlik nazariyasi toʻgʻrisida kitob yozgan olim va xattot Darvish Muhammad ibn Doʻstmuhammad Buxoriy (XVI asr), Mavlono Inoyatillo kotib (XVII asr), Mirza Abdurahmon (XVIII asr), Fozil Devona (XIX asr), ma’rifatparvar adib va olim Ahmad Donish va boshqalar Movarounnahrning mashhur xushxat xattotlari sifatida Buxoroda qalam surdilar. Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharq qoʻlyozmalari markazida Alisher Navoiy asarlarining 500 dan ortiq qoʻlyozma nusxalari saqlanayotir. Shundan 120 nusxa buxorolik mashhur xattotlar dastxatiga mansub. Jumladan, “Xazoyin ul-maoniy” asarining qirqqa yaqin nusxasi, “Xamsa”ning yigirma yetti nusxasi Buxoroda koʻchirilgan. Bulardan tashqari, “Xamsa”dagi “Hayrat ul-abror” dostoni 1838–1839-yillarda Sayyid Nafas tomonidan koʻchirilgan. “Layli va Majnun” dostoni 1829–1830-yili Muhammad Rajab ibn Abduvali tomonidan, “Sabbayi sayyor” dostoni Muhammad Latif ibn Muhammad Sharif tomonidan XIX asrda Buxoroda alohida kitobat qilingan. Alisher Navoiy umrining soʻnggi yillarida yozgan “Lison ut- tayr” asarining oʻndan ortiq nusxasi Buxoroda kitob holiga keltirilgan. U “Majolis un nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Xamsat ul-mutaxayyirin”, “Vaqfiya”, “Tarixi muluki Ajam”, “Arbain”, “Risolai muammo” kabi asarlari koʻplab nusxada koʻchirilgan. Xususan, Shahrisabzda “Xazoyin ul-maoniy”, “Xamsa”, “Lison ut-tayr”, “Tarixi muluki Ajam” kabi asarlari xushxat dastxat bilan oqqa koʻchirilgan. Hozir Navoiyning Shahrisabzda koʻchirilgan oʻttizga yaqin noyob nusxalari saqlanmoqda. Masalan, 1874–1875- yillarda mullo Muhammad Sheralibek Shahrisabiziy tomonidan shoirning “Xazoyin ul-maoniy” asari nasta’liq xatida qora tushda koʻchirilgan. “Xamsa” esa 1833–1834-yillarda Abdulqayum kotib va Muhammad Yunusxoʻja ibn Boboxoʻja Shahrisabiziy tomonidan oqqa koʻchirilgan. Bu nusxa Alisher Navoiy “Xamsa”sining XIX asrda koʻchirilgan nusxalaridan ancha toʻliq va mukammalligi bilan ajralib turadi. “Lison ut tayr” 1823–1824-yillarda Yormuhammad qori Shahrisabiziy tomonidan nasta’liq xatida qora siyohda koʻchirilgan. Toshbosma nusxadagi kitoblar Oʻrta Osiyo xalqlari tarixini oʻrganishda muhim manba boʻlishi bilan birga ba’zi bir yozma yodgorliklarning dastlab toshbosmada bosilishi kabi jihatlari matnshunoslik nuqtayi nazaridan muhim hodisa hisoblanadi. Oʻzbek matnshunosligi taraqqiyotida bu bosqich oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, toshbosma nusxa tayyorlash uchun aynan matnshunosning ishini bevosita oʻz vazifasi bilan aloqador holda kotib, noshir, muharrir kabilar amalga oshirgani e’tiborlidir. Oʻrta Osiyo xattotlik san’ati tarixini oʻrgangan xattot A.Murodov ta’kidlaganidek, Sharqda kotiblik bilan nom chiqargan har bir shaxsni biz oddiy texnik vazifasini bajaruvchi kishi sifatida emas, balki oʻz zamonasining madaniy hayotida favqulodda katta rol oʻynagan ilm-ma’rifat ahli va yirik madaniyat arbobi sifatida taniymiz. 41 Qadimdan kotiblar yuksak mas’uliyatli vazifani bajaruvchi kishilar hisoblangan. Hatto qadimgi manbalarda ham ular ulugʻlangan. “Uygʻur yozuvli manbalarda kotiblar Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash kerakki, Sharqning buyuk shoiri Alisher Navoiy asarlarining jahoniy shuhratida buxorolik va shahrisabzlik adabiyot muxlislari – mashhur xattotlarning munosib hissasi bor. Bu qoʻlyozmalar oʻquvchiga rang-barang maʼlumotlar berish bilan birga Navoiy asarlarini mukammal oʻrganishda ijobiy rol oʻynab kelmoqda. Aslida Alisher Navoiy xattotlari mahorati alohida tadqiqot mavzuidir. Download 22.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling