Mavzu: Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasini o’rganinsh
Download 399.5 Kb.
|
7 SINF adabiyot dars ishlanma Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debrifing” bosqichlari
- Baholash va rag’batlantirish
YANGI MAVZU BAYONI:
O’qituvchi: Mana o’tilgan mavzuni ham mustahkamlab oldik. Yangi mavzuyimiz Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi, A.Qahhor “Anor”, “Bemor” , “O’g’ri”, “Dahshat” hikoyalari orqali o’tmishdagi hayotni, undagi inson sha’nini xo’rlovchi, kamsituvchi omillarni ko’rsatib o’tadi. Yozuvchining mahorat bilan yozilgan hikoyalaridan biri “Dahshat” hikoyasi bilan tanishamiz. “Dahshat” hikoyasining o’tmish haqidagi boshqa hikoyalaridan farqi shundaki, adib adolatsizlik “Dahshat” – inson erki hamma narsadan afzal ne’mat ekanligi tarannum etigan asar va tengsizlik qorbonlaridek ojiz, notavon odamlarni emas, balki o’z haq – huquqi, erki uchun jur’atsizgina bo’lsada kurash yo’liga kirgan ayolni – Unsinni hikoya qahramoni qilib olgan. Unsin taqdir taqozosi bilan Olimxon dodxoga yettita xotin ustiga sakkizinchi bo’lib tushadi. U turmush o`rtog’iga sevimli yor bo`lib, taqdirda bori shu ekanda, deb yashayverishi mumkin edi. Biroq Unsinning “O`g`ri” dagi Qobil bobo, “Anor” dagi Turobjon, ”Bemor” dagi Sotiboldidan farqi shuki, u mutelik asirasi va jaholat qurboni bo’lib yashashni istamaydi. U o'zi tug'ilib o'sgan uyiga - Ganjiravonga ketishni, bu uydan qutulishni istaydi. Dodho Unsinning rozi bo'lishi mumkinligiga ishonqira-may bir shart qo'yadi: «Yaxshi, sen aytgancha bo'lsin, uyingga qaytasan, biroq awal tunda qabristonga borib bir topshiriqni bajarib kelasan». Bu topshiriq tunda qabristonga borib suv qaynatib, choy damlab kelish edi. Yoshgina kelinchak uchun bundan ham qo'rqinchli, bun-dan ham dahshatli ish bo'lishi mumkinmi? Biroq Unsin o'z erki, haq-huquqini qo'lga kiritish ilinjida bu shartni ba-jonidil qabul qildi. Chunki Unsin uchun bu xonadon qabristondan ham xunukroq va dahshatliroq edi. Ha, Unsin ana shu zindondan qutulish uchun kurashdi va bu yo'lda qurbon bo'ldi. Ganjiravonga uning o'zi emas, balki tobuti bordi. Bu hikoyani o'qir ekanmiz, Unsinga, uning erta xazon bo'lgan umriga achinamiz va o'tmishdagi adolatsizliklar-dan nafratlanamiz. Unsin halokatidagi dahshat yoxud fojia oddiygina fojia emas, erkinlik va hurlik yo'lidagi pokiza qalb istagi amridagi fojiadir. ”Aql charxi” usuli: Do’stlik guruhiga savollar 1. Unsin nima uchun qabristonga borib u yerda choy qaynatib kelishga rozi bo’ladi? J: Dodxo eshigidan butunlay ketish evaziga 2. Unsin qayta – qayta takrorlab, o’zidagi qo’rquvni haydashga harakat qilgan va bitta odamchalik yuragiga quvvat bo’ladigan so’zlarni ayting. J: O’likning joni yo’q 3. “Sag’ana” so’zining ma’nosi? J: Qabr ustiga qurilgan qabr 4. Unsinning vafotidan keyin Dodhoniga 1-xotini Nodirmohbegim qanday yo’l tutdi? J; U Dodxoning eshigini tark etdi. “Ezgulik” guruhiga: 1. Unsin qabrisronda nimani unutib qoldiradi? J: Paranji – chimmatini, bir pay kovushini, qumg’onini. 2. Unsinga nima uchun dastlab qabriston unchalik Dahshatli tuyulmaydi? J: Tiriklar qabristoni bo’lgan dodxo dargohining dazshati oldida o’liklar qabristoning Dahshati unga Dahshat ko’rinmas, bundan tashqari ertagayoq Ganjiravonga jo’nash, ota – onasi, dugonalari ko’rish umidi uning boshiga hech qanday yomon fikrni yo’latmas edi. 3. “Dahshat” so’zining ma’nosi? J: ariza qabul qiluvchi amaldor migboshi. 4. Unsinnig “Arziydigan narsa bo’lsa borar edi – deganidan” g’ashi kelgan dodho qabristonlarga borib kelish uchun qancha narsa taklif etadi? J: Oldin o’nta, keyin yuzta qo’y va yarim davalatini berishni. O’qituvchi: Barakalla o’quvchilar. Hikoya sizga yoqdimi? O’quvchilar: Ha yoqdi. O’qituvchi: Endi “Debrifing” usuli yordamida hikoya haqidagi o’z fikrlaringizni bildirasiz. “Debrifing” bosqichlari: 1. bosqichda faktlarni aniqlaydilar (nima sodir bo’ldi) 2. bosqichda sabablar tahlili (nima shunday bo’ldi) 3. harakatlarni rejalashtirish (nima qilsa, shunday bo’lmas edi) 1-bosqich – nima sodir bo’ldi? Kuzak shamoli juda qattiq esib, darchaning bir tomonini ochdi. Darchadan kirgan shamol osma chiroqni lipillatib tebratdi va shamol ta’sirida uchgan bo’yra darchaga kelib urildi. O’sha bo’yra sabab qabriston haqidagi suhbat boshlanib ketdi. Dodhoning katta xotini Nodirmohbegim yuragi yorilib o’lgan yigit haqida hikoya so’zlaydi. Bu hikoyadan keyin Unsinning kundoshiga aytgan gaplarini dodho eshitib qoladi va uning maqsadi nimaligini bilib oladi. Unsin uchun davlat kerak emas, shuning uchun u dodhoning shartiga ko’nadi va tavakkal qilib qabristonga yo’l oladi. Unsinning naqadar jasoratli ekanligini tuban hayotdan qutilish uchun o’zida jur’at topa olganligini ko’ramiz. 2-bosqich – sabablar tahlili. Ayollarning inson sifatidagi xohish istaklari, orzu-armonlari bilan dodhoning zarracha ishi yo’q, go’yo ular dodho uchun bir buyum kabi edi. Shu sabab yoshgina juvon Unsin o’zicha isyon ko’tardi. U o’z qadr-qimmati, insoniylik sha’ni uchun jonidan kechishgan-da toyyor bo’lib, o’zining ruhan ozod va ma’naviy jihatdan dodholarga qaraganda bir necha baravar baland ekanligini ko’rsatdi. 3-bosqich – harakatlarni rejalashtirish. Hikoyaning bunday fojiali yakunlanishiga avvalambor o’sha davrlardagi muhit, ota-onalar ma’naviy jihatdan qashshoqligi bois qizlari juda erta turmushga berishi, dodho singari zulmkor, qabih kishilarning ayollarga bo’lgan past nazari shunday yakunlanishiga sababdir. Baholash va rag’batlantirish: Dars davomida o’quvchilar yig`gan gullariga qarab g’olib guruh aniqlanadi. O`quvchilar esa darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadilar. Uyga vazifa: O`quvchilarga hikoya qahramonlaridan birini tanlab, shu timsol haqida mulohazalarini yozib kelish topshiriladi. Download 399.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling