Mavzu: Abdulla Qahnor mohir hikoyanavis
Download 51 Kb.
|
A.Qahhor - mohir hikoyanavis
,,Sarob" romani “Sarob” romani kitob bo'lib chiqqandah buyon to hozirga qadar uning tevaragida qizg'in bahs-munozaralar davom etib keladi. U haqda ko'pgina nohaq ta'nalar ham aytilgan. Adib tarjimayi holida shunday yozadi: ,,Sarob"ni to'rt yilda yozib tugatdim... Uni kitobxon xush qabul qildi, lekin ba'zan arzon shuhratparastlik, ba'zan siyosiy dema-goglik, ba'zan esa to'g'ridan to'g'ri jaholat natijasi bo'lgan tanqid nayza ko'tarib qarshi oldi. Bu narsa hatto farosatli odamlarni ham chalg'itdi". Adabiy davralardan birida ,,Sarob" tanqidi munosabati bilan berilgan savolga yozuvchi: ,,Tanqid shu paytga qadar ,,Sarob"dan nuqul siyosat izladi. Romandagi odamlarning dardi-dunyosini, ohu zorini eshitadigan bir azamat topilmadi", deya afsus bildirgan edi.
To'g'ri, ,,Sarob"da XX asr 20- yillaridagi ziddiyatli ijtimoiy-siyosiy hodisalar, mafkuraviy siyosiy kurashlar ifodasi ham bor. Davr siyosati ta'sirida, inqilobga qarshi chiqqanlarni tarafkashlik bilan qoralashga urinish ham mavjud. Biroq ,,Sarob" siyosat asari emas. Romandagi asosiy narsa undagi yetakchi personajlar — Saidiy bilan Munisxon qismati, ruhiyati tahlili ifodasidir. Bu roman birinchi galda xazon bo'lgan muhabbat, uvol bo'lgan umr dostonidir. Ikki ko'rkam yoshning, bir-biriga munosib, aslida baxt uchun tug'ilgan, ammo shaxsiyatidagi, tabiatidagi ojizliklar, qolaversa, jamiyatdagi ziddiyatlar tufayli hayotda o'z o'rnini, baxti-ni topolmagan navqiron avlodning achchiq fojiiy qismati, ruhiy tipeblari, oh-zorlari to'g'risidagi asardir. Saidiy bilan Munisxon muhabbati, ular umrining zavol topishida, shubhasiz, bu yoshlar tushib qolgan sharoit, vaziyatning, ziddiyatlarga to'la davrning hissasi, ta'siri katta. Ayni paytda inson bolasi nomukammal bir zot. Taqdiri azalning o'yinimi, peshonaga yozilganning ro'yobga chiqishimi yoki insoniy ojizliklar oqibatimi — ro'y bergan omadsizlik va baxtsizliklar uchun birinchi galda ularning o'zlari aybdordirlar; o'z taqdirlariga nisbatan loqaydlik, xudbinlik, maqsad yo'lida sobitsizlik, mutelik ixtiyorni o'zgalar qo'liga topshirib, razolat bilan ittifoq tutinish, bundan ham yomoni, razolatga ko'nikish inson bolasi uchun eng og'ir gunoh, ko'rgilik, katta fojia. Asarda siz Saidiy va Munisxonning achchiq sevgi va umr savdosi, ruhiy iztiroblari, dramalarga to'la qalb daftari bilan tanishib, alamli o'ylarga tolasiz. Bu jihatdan ,,Sarob" jahon adabiyotidagi ayni shu xil ruhiy fojialar |asvjr va tahlil etilgan eng yetuk asarlar bilan bir qatorda turadi^'*" Saidiy yozuvchi nasridagi yetakchi personajlar kabi hayot shafqatsizliklari toptab tashlagan, xo'rlangan, tahqirlangan, mute, itoatkor, omadsiz shaxs. U ,,Sarob"dan oldin yozilgan ,,Boshsiz odam" va undan keyin yaratilgan ,,Bemor", ,,O'g'ri", ,,Anor", ,,0'tmishdan ertaklar" qahramonlarining boshqa bir sharoitdagi, yirik janrdagi ,,ongli" — ziyoli qiyofasidagi ko'rinishidir. Garchi Saidiy ziyoli — jurnalist, yozuvchi bo'lsa-da, mohiyatan Sotiboldi, Turobjon, Qobil bobo, Babarlardan aytarli farq qilmaydi... Unda alloh bergan bir inson bolasiga loyiq aql-idrok, insoniy tuyg'u, husn, kuch-qudrat bor-u, biroq unda qat'iyat, sabot yo'q. Cho'lpon iborasi bilan aytganda, u muhit girdobida bir somon parcha, hayot oqimida bamisoli oqar suv yuzasidagi poxol cho'pdek qalqib boradi, bar amal, bar ishni ,,haq" deb biladi va shu tariqa o'z vazni-qadrini boy beradi. Boshlagan biror ishini, orzu-niyat yo'lidagi intilishini oxiriga yetkaza olmaydi: o'qishni ora yo'lda tashlab ketadi, komsomol safida, sho'rolar idorasida ishlab, ular tarafida turib, buni ham yolchitmaydi, ,,sho'ro odami" bo'lolmaydi; aksilinqilobiy millatchilar guruhi tomon og'ib, noshudligi, og'zi bo'shligi tufayli bu yerda bir necha bor qovun tushiradi, qisqasi, u bu muhitning ham odami bo'lolmaydi. Ijodda ham nuqul birovlarning irodasi, maslahati, taqdim etgan mavzusi, tuzib bergan rejasi asosida ish ko'radi. Unda chin iste'dod sohibi uchun zarur shart — mustaqillik, jur'at, jasorat yetishmaydi. Ozgina qarshilikka duch keldimi, darhol ijodiy niyatidan voz kechadi. Bu yigit shaxsiy — intim hayotda ham o'ta no'noq. U go'zal qiz Munisxonga ko'ngil berib, lining mehrini qozonadi. Sevgi deb atalmish ilohiy ne'matdan bahramand bo'lish imkoniyati tug'iladi. Hayotidagi eng quvonchli, totli onlari uning Munisxon bilan ilk uchrashuv, muloqot damlaridir. Biroq mana shu baxtni ham asrab qolishiga qurbi yetmaydi. Bu noshud-notavon bandayi mo'min xom xayollarga uchib, kitoblardagiday farovon turmushga erishish, mashhur yozuvchi bo'lib yetishish orzusida tayanch — sharoit qidirib, badavlat odam — Murodxo'ja domla xonadoniga ichkuyov bo'lib keladi. Munisxondek farishta qolib, o'z taqdirini Soraxondek tasqara bilan bog'laydi. Bu hoi Saidiy tabiatidagi ojizlik, subutsizlik, hayotda yo'l qo'ygan xatolarning eng qaltisi va xatarlisi, shaxsiy inqirozining avj nuqtasidir. Saidiyning eng jo'shqin mehnat, ijodiy faoliyat onlari ezgu maqsadlarga emas, Murodxo'ja domlaning moddiy manfaatlariga xizmat qiladi. Qaltis vaziyatlarda bosh personaj qismatida, ruhiyatida yuz bergan o'ta ziddiyatli, fojiali holatlar asarda katta mahorat bilan ko'rsatilgan. Inson bolasi uchun eng og'ir ko'rgulik, fojia o'zining ko'ngil mayliga zid borish, ta'bi suymagan ishni qilish, bundan ham og'iri — jirkanch vaziyatga o'zini moslash, taqdirning shafqatsizligiga, omadsizlikka ko'nikish, omonat asoslar orqali o'zini ovutishdan iborat.
Deyarli shunday hoi Munisxonda ham yuz beradi. Munisxon ham, o'z navbatida, Saidiydek ko'rkam, iste'dodli yigit qolib, vaziyat taqozosi, aka xohishi, amri bilan ma'naviy tuban, ko'rimsiz, jirkanch odamga zo'rlab uzatiladi. Munisxon ham bu vaziyatga ko'nikish, jirkanch kimsadan ,,fazilat" qidirish azobini chekadi. ,,Ikkovining farqi shundaki, Munisxon o'zini alday olmagan — fazilatdan nuqson va nuqsondan fazilat yasashdan ojiz qolgan minutlar"da alamini yig'idan, Saidiy esa ichkilikdan oladi, Ayniqsa, bir-birining vasliga yeta olmagan, ikki baxtsiz , omadsiz yoshning bir-biriga ro'para kelgandagi holati — qalblarda ke-chayotgan iztirob, uni yashirishga qanchalik urinmasinlar, baribir oshkor bo'lib turishi ifodasi yozuvchi san'atining benazir ehson-laridandir. Ikki yosh to'ydan keyin bir-birlariga duch kelganida ikkovi ham uzoq jim qoladi, so'ng Saidiy ,,Qutlashim mumkinmi?" — deb so'raydi. Shu o'rinda yozuvchi: ,,Bu so'zni u juda tez aytdi, ammo aytib bo'lguncha, ko'zidan yosh cbjqib ketayozdi" deb yozadi. O'sha kezlardagi qahramon qalbidagi iztirob naqadar noziic, ta'sirchan ifodalangan! ,,Mumkin!" — deydi sir boy ber-magan Munisxon boyagi savolga javob tarzida o'zini xursand va baxtiyor ko'rsatishga tirishib. Saidiy bunga ishonmaydi, Munisxonning shu harakati uning yurak-bag'rini ezib yuboradi. Munisxon yana uzoq vaqt shu mushkul yumushni davom ettiradi, har gal Saidiyni ko'rganda o'zini turmushidan, oilaviy hayotidan mamnun ko'rsatishga intiladi. Buning oqibati ayon. Muallif yozadi : ,,Bu uzoqqa cho'zilgan dard natijasi shu bo'ldiki, Munisxonning go'zalligi har kimning quchog'ida bir qatradan qolaverib, tugayozdi". Yozuvchi Saidiyning, ya'ni qabohatga moslashgan bandayi mo'minning bu xonadondagi xo'rliklari, insonlik sha'ni, nafso-niyatining oyoq osti etilishi, tasqara xotin, bulbuligo'yo qaynana, makkor qaynata tomonidan tahqirlanishi, xasta opasi boshiga tushgan chidab bo'lmas xo'rliklar, bularning ustiga ishdagi, ijoddagi omadsizlik, tanazzul tarixini batafsil ko'rsatadi. Saidiyning o'sha kezlardagi nochor holati, iztiroblari o'quvchi qalbini larzaga soladi. Yozuvchi qahramonning ayanchli qismati xususida bir personaj tilidan lo'nda qilib shunday deydi: ,,Rahimjon hozir shalag'i chiqqan aravaday Murodxo'ja domlaning tomorqasida ag'anab yotibdi". Nihoyat, Saidiyning ichki hayoti bilan tashqi hayoti orasidagi kundan kun o'sib borayotgan qarama-qarshilik uning joniga qasd qiiar darajasiga yetadi; u telba holga tushadi, o'lim qidirib, bu dargohdan bosh olib ketadi. ,,Sarob" romanida zamonning o'tkinchi dovullari ta'sirida bitilgan zaif o'rinlar ham bor; biroq bu roman bosh personajlar fojiiy qismati, ruhiyati dramas! tasviri va badiiy tahlilidan kelib chiqadigan achchiq saboqlari bilan hamma davr kitobxoni uchun qimmatlidir. ,,Sarob"ni o'qigan kitobxon inson farzandi hayotda hamisha mustaqil, o'z taqdiri uchun mas'ul, yuksak e'tiqod yo'lida sobit va kurashchi bo'lishi darker, degan xulosaga keladi. Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling