Mavzu: Abdulla Qodiriy asarlarida davr fojialari Reja


“Mehrobdan chayon” romani


Download 79 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi79 Kb.
#1596645
1   2   3   4
Bog'liq
Abdulla Qodiriy asarlarida davr fojialari

“Mehrobdan chayon” romani


O‘zbek adabiyotining ikkinchi yirik romani ham Abdulla Qodiriy qalamiga mansub. “Mehrobdan chayon” romani 1928-yili fevralda yozib tugatilgan. 1929-yil Samarqand shahrida bosilib chiqqan.
Bu roman mavzuyi ham “O‘tkan kunlar” mavzuyiga monand “xon zamonlari” davridagi o‘zboshimchaliklar tasvirlangan. Asarning nomi ham ramziy, chunki unda adib ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlab sajdagohdan chiqqan, unga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, e’tiqodsiz, hasadgo‘y kishilarga nishonadir. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi yozuvchining jiddiy yutug‘i sifatida e’tirof etilgan. Romanda Anvar va Ra’noning sevgi sarguzashtlari shoirona tarzda tarannum etiladi.
Go‘zallik, halollik, oliyjanoblikka intiluvchi Ra’no xalq fe’l-atvoriga xos, ajoyib qiz, samimiy, toza niyatli, ma’nan sodda va ochiq. U Anvarni yorqin sevgi ila beg‘araz va sadoqat bilan yaxshi ko‘radi. Anvar-mardlik timsoli, adolatli, cheksiz vijdon egasi.
Abdulla Qodiriy 1937-yilning 31-dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi. 1938-yilning 4-oktabrida yozuvchi 9 oylik xo‘rliklardan so‘ng Cho‘lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birgalikda otib tashlanadi. Toshkentdagi Xo‘ja Alambardor (Kamolon) qabristoniga dafn etiladi.
Adib qamoqqa olingandan so‘ng, uning asarlari “zararli” deb topildi. O‘tda yoqildi, kutubxonalardan yo‘qotildi, o‘qish taqiqlandi. Kimning qo‘lida “O‘tkan kunlar” romanini ko‘rib qolishsa, darhol qamashdi.
1957 yilda Abdulla Qodiriy rasman oqlandi. Ammo uning otib tashlanganligi haqidagi ma’lumot (o‘limidan so‘ng oqlanganligi haqidagi ma’lumot kabi) uzoq yillar mobaynida sir saqlandi.
Abdulla Qodiriyning Habibullo, Adiba, Anisa, Nazifa, Ma’sud ismli farzandlari bo‘lgan. Abdulla Qodiriyga qo‘yilgan “xalq dushmani” tuhmatidan so‘ng, uning to‘ng‘ich o‘g‘li Habibullo Qodiriyga 1945-yil 25 kuni “xalq dushmanining o‘g‘li” aybi qo‘yiladi. Uzoq qiynoq va so‘roqlardan so‘ng uni Sibirga surgun qilishadi. 1953-yil Stalin vafotidan so‘ng, Habibullo Qodiriy ozod qilinadi, biroq 2-yil Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida qolib ketadi, chunki Toshkentga qaytishga ruxsat berilmaydi. 1955-yil Qodiriyning o‘g‘li 37 yoshida nihoyat Toshkentga qaytadi.
Habibullo Qodiriy otasini otgan askar bilan suhbatlashadi. Askarning xotirlashicha, Qodiriy so‘nggi iltijo sifatida askarning tunuka idishidagi suvni so‘raydi. Askar rozi bo‘ladi. Qodiriy suvni ichmaydi, o‘sha bir kaft suv bilan tahorat oladi va ikki rakat nafl namozini o‘qib keyin uni otaverish mumkinligini aytadi. Askarning so‘zlab berishicha, Qodiriy o‘limdan qo‘rqmagan, kiprik ham qoqmagan. Bu xotiralar adibning “Men haqiqat yo‘lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo‘rqmayman, agar otmoqchi bo‘lsalar ko‘kragimni kerib turaman” degan so‘zlarini isbotlaydi.
1991 yilda Abdulla Qodiriyga “Mustaqillik” ordeni, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berilgan. Shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan. Toshkent Davlat madaniyat institutiga , madaniyat va istirohat bog‘lariga, davlat muassasalari hamda metro bekatiga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
Muxtasar qilib aytganda, Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” asaridagi Zebi obrazi, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asaridagi Mirzo Hamdamboy, Abduqodirboy, Mahmudxon, Sora, Eshon, Zaynab, Maryam obrazlari, Fitratning “Advokatlik osonmi?” asaridagi turli obrazlar orqali jamiyatning har tomonlama ravnaq topishida ana shu jamiyatda yashayotgan insonlarning ma’rifatli bo‘lishi naqadar katta rol o‘ynashi aks ettirilgan. Umuman olganda, jadidlar uchun xalqni, ayniqsa, millatni tarbiyalovchi ayollarni bilimli qilish bosh maqsad bo‘lgan.
Jadidlar yo‘qotilgan erkning qaytarilishi, yosh avlodni ilm-salohiyatli qilish, mavjud tuzumga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunmaslik va yuqorida keltirilgan milliy mafkurasining asoslarini nafaqat xalq ongiga g‘oyaviy jihatdan yoyishdi, balki xalqning qalbiga asarlari orqali kirib borib, chuqur o‘rin egallashdi.
Ma’lumki, insoniyat tarixida mustamlakachi davlatlar uchun , avvalo, xalqning milliy g‘ururi, ona tili, adabiyoti mahv etish tendensiyasi ustuvor sanaladi. Chunki xalqning dunyoqarashini aynan shu vositalar bilan o‘zgartirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, jadidchilik davri adabiyoti davr muammolarini, millat fojiasini yorqin aks ettirish orqali, ma’lum ma’noda, millatni zulmatdan asrab qoldi. Jadidchilik harakati namoyondalari yaratgan asarlar xalqimiz qalbiga chuqur kirib bordi. Ahamiyatlisi, bu davr adabiyotida aks etgan muammolar bugungi kun uchun ham dolzarbligicha qolmoqdaki, jadid davri adabiyotini qancha keng targ‘ib qilsak, o‘rgansak, yoshlar ongini o‘stirishda shuncha foydalidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. B.Karimov ―Jahon adabiyoti‖ jurnali. T. 2013.


2. H.Bobobekov ―Qo’qon tarixi. T.1996.
3. Ahmad Zaki Validiy ―Xudoyorxonning so’nggi kunlari.
4. I. J. Ibrat. ―Farg’ona tarixi.
5. O’zME. 1-jild. T. 2000.
6. A. Qodiriy ―Mehrobdan chayon. T. 1994.
7. A. Qodiriy ―O’tkan kunlar. T. 2007.
8. www.ziyouz.com.
9. www.ziyonet
10. www.kh-davron.uz
Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling