Mavzu: Absolyut qora jism nurlanish qonuniyatlari. Kirxgof qonuni. Stefan-Bolsman qonuni. Vinning siljish qonuni. Reley-Jins formulasi. Nurlanishning elementar kvant nazariyasi. Plank formulasi


Download 114.91 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi114.91 Kb.
#1459404
1   2   3   4
Plank formulasi.
Klassik fizika nazariy tushunchalari asosida absolyut qora jism issiqlik nurlanishining to‘liq spektrini tushuntirishga bo‘lgan urinish­lar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bunday urinishlardagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun Maks Plank 1900-yili issiqlik nurlanishining to‘liq spektrida energiyaning taqsimlanishini izohlash maqsadida o‘zining quyidagi gipotezasini ilgari surdi:
1. Absolyut qora jism ossillyatorlari uzluksiz ravishda energiya nurlamaydi. Nurlanish faqat ossillyatorlar tebranishi amplitudasi-ning o‘zgarganida sodir bo‘ladi. Tebranish amplitu­dasi yuqori holatdan kichik holatga o‘tganda ossillyator energiya nurlaydi, amplituda kichik holatdan yuqori holatga o‘tganda ossillyator energiya yutadi.
2. Ossillyator istalgan energiya qiymatiga ega bo‘la olmaydi, balki faqat diskret energiyalar to‘plamiga ega bo‘ladi. Ossillyator energiyani alohida-alohida ulushlar (kvantlar) sifatida chiqaradi yoki yutadi. Bu ulushlarning (kvantlarning) har birining energiyasi diskret bo‘lib,
(1.17)
kattalikka teng. U vaqtda ossillyator nurlanishining ener-giyasi bu kattalikka karrali bo‘lishi kerak, ya’ni ossillya-tor energiyasi energiyaning diskret to‘plamiga teng:
En=nhν (n=0,1,2,3,…), (1.18)
Bunda ossillyatorning o‘rtacha energiyasi
(1.19)
Plank o‘z gipotezasi asosida absolyut qora jism issiqlik nurlanishining to‘liq spektrida energiya taqsimlanishining zichligini ifodalaydigan interpolyatsion formulani taklif qildi:
(1.20)
(1.20) formula Plank formulasi deyiladi.

Kvant o‘tishlar.
Atomning har bir diskret holati o‘z energiyasi bilan xarakter­lanadi. Atom bunday holatda ma’lum vaqt bo‘la oladi, bunday holat statsionar holat deyiladi. Atom energiyasi yuqori bo‘lgan holatdan energiyasi kichik bo‘lgan boshqa holatga o‘tganda holatlar orasidagi energiya farqi E ni yorug‘lik kvanti sifatida chiqaradi. Bunda chiqarilgan energiya chastotasi ko‘rinishda aniqlanadi.
Xuddi shunday, atom energiyasi kichik bo‘lgan statsionar holatdan energiyasi yuqori bo‘lgan statsionar holatga o‘tishi mumkin. Lekin buning uchun atomga tashqaridan E energiya berish kerak.



Download 114.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling