Mavzu: abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari


IBN SINO FAN VA TA’LIM HAQIDA


Download 146.9 Kb.
bet3/7
Sana23.06.2023
Hajmi146.9 Kb.
#1652242
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari

3. IBN SINO FAN VA TA’LIM HAQIDA

Ibn Sino o’zidan ilgari o’tgan va zamondoshlaridan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Rudakiy, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy va boshqa bir qancha olimlarning ilm, fan sohasidagi fikrlarini zo’r qiziqish bilan o’rgandi va ularning ilg’or an’analarini boyitdi hamda davom ettirdi.


Biz Ibn Sinoning fan va ta’lim to’g’risidagi fikrlarini bayon etishdan oldin buyuk mutafakkirlarning o’z davrida ilm-fanning taraqqiy etishiga qo’shgan hissalari to’g’risida qisqacha to’xtalib o’taylik.
IX-XI asrlarda tabiiy-ilmiy bilimlardan astronomiya, matematika, ximiya, falsafa, fizika va boshqa fanlar taraqqiy etganini ko’ramiz. Bu taraqqiyotga o’zining salmoqli hissasini qo’shgan, butun dunyoga mashhur matematik Muhammad Muso Xorazmiy bo’ldi.
Xorazmiy (780-847) o’z davrining eng yirik olimlaridan biri hisoblanib, algebra fanining asoschisidir. Uning “Aljabr va Muqobala” asari juda ko’p asrlar davomida Sharq va Yevropa matematiklariga qo’llanma bo’lib xizmat qildi.
Xorazmiyning “Aljabr va Muqobala” asarining bir qismi keyingi davrga kelib “Algebra” fanining asosini tashkil etdi. Shuning uchun ham Angliyaning mashhur olimi va jamoat arbobi Jon Bernal o’zining “Jamiyat tarixida fan” degan yirik asarida “algebra” so’zining kelib chiqishi Xorazmiyning “Aljabr va Muqobala” asariga bog’liq” deb haqqoniy ko’rsatgan.
Xorazmiy astronomiya, geografiya va tarixga doir asarlar ham yozgan. Masalan, uning “Yer sur’ati kitobi”, “Yerning aholi yashaydigan choragining tasviri” asarlari ko’p yillik tekshirish-kuzatishlar natijasida yozilgan bo’lib, bunda ko’pgina mamlakat va shaharlarning kartalari chizilgan. Umuman, Xorazmiyning geografiya fani sohasidagi fikrlari geografiya fanining keyingi davrlarda rivojlanishiga juda katta yordam berdi, Xorazmiy o’zi bevosita bolalarni o’qitgan bo’lmasa ham, uning asarlaridan keyingi avlod ta’lim oldi.
Abu Nasr Farobiyning (870-950) ilm-fanni taraqqiy ettirishda xizmati kattadir. Farobiy o’z davrining saviyasi juda keng, har tomonlama bilimdon mutafakkiri bo’lgan. Shuning uchun ham uni Sharqda ikkinchi muallim (Muallimi as-soniy) deb ataganlar.
Farobiy o’z oldiga ilg’or yunon falsafasi va fanini xalqlar o’rtasida tarqatish va o’sha davrdagi mavjud fanlar sohasida asarlar yozishni maqsad qilib qo’ydi. U yunon fani va falsafasini xalqqa yoyishda, bir tomondan, tarjimonchilik qilsa, ikkinchi tomondan, Aristotel, Porfiriy Evklid, Gippokrat, Golen va boshqa mutafakkirlarning asarlariga sharhlar yozdi. Tushunish qiyin bo’lgan asarlarini oddiylashtirdi.
Farobiy o’zining ko’pgina asarlarida ilm-fanni egallash haqiqatga erishishning asosi ekanligini ta’kidlaydi.
Farobiy o’zining “Fanlarning kelib chiqishi” degan asarida o’rta asr sharoitida birinchi bo’lib, fanni ma’lum bir sistemada tasniflashga harakat qildi va har qaysi fanning ta’rifini berdi hamda ularning (arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqaning) tarbiyaviy ahamiyatini ko’rsatishga intildi. Masalan, arifmetika haqida gapirar ekan, bu fan “...substansiyaning turli qismlarini bir-biriga qo’shish, bir-biridan ajratish, ularni ko’paytirish va bo’lish, ularning proporsiyalarini topish to’g’risidagi fandir”, deydi olim.
Farobiyning musiqa kishining hissiyoti va ruhiy kechinmalariga ta’sir qiladi va uni ma’lum bir muvozanatda saqlab turishga yordam beradi, degan fikri, tashqi olamda bo’ladigan voqea va hodisalar kishining ruhiy holatiga ta’sir etadi, degan fikrni isbot qilishi diqqatga sazovordir.
Farobiy arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani tarbiyaviy fan deb ko’rsatadi: “Bu to’rt fan tarbiyaviy fan deb ataladi, chunki ular tufayli o’quvchilar tarbiyalanadi, ular o’quvchilarni yanada nazokatliroq qiladi va o’quvchilarning shundan keyingi keladigan bilimlarni o’rganishi va o’qib olishi uchun to’g’ri yo’l ko’rsatadi”.
Yuqorida ko’rsatilgan fanlarni puxta o’zlashtirib olgandan keyin boshqa fanlarni, xususan, tibiat haqidagi fanlarni o’rganish oson bo’ladi, degan fikr Farobiyda asosiy o’rinni egallaydi. U tabiat to’g’risidagi fanlarni tarbiyaviy fanlarga qaraganda hajmi kengroq deb ta’kidlaydi. Lekin Farobiy tarbiyaviy deb ataluvchi fanlarni yaxshi egallab olmasdan, tabiat to’g’risidagi fanlarni egallash qiyin bo’ladi, deb ko’rsatadi.
Farobiyning o’sha davrdagi mavjud fanlarni o’zlashtirib olishda, asosan, til-grammatika, mantiqni o’rganishga e’tibor berish kerakligini, xususan, kishining o’z fikrini boshqalarga bildirish va boshqalar fikrini aniq tushunib olishda kishilar orasidagi vosita – tilni eng birinchi fanlar qatoriga qo’yishi katta ahamiyatga egadir. Bu haqda u shunday deb yozadi: “Qanday qilib ta’lim berish yoki ta’lim olish, qanday qilib o’z fikrini ifodalash, bayon qilish, so’rash va javob berish masalasiga kelganimizda, men fanlar ichida eng birinchi fan – til haqidagi fandir..., ikkinchi fan grammatika..., uchinchi fan mantiq, to’rtinchi fan poetikadir, deb tasdiqlayman”.
Farobiyning fikricha, bu fanlarning hammasi bir-biriga chambarchas bog’liqdir. Bularni chuqur o’zlashtirib olish kishining har tomonlama kamol topishiga yordam beradi, chunki til narsa va hodisalarga nom bersa, grammatika ularni tartibga soladi, mantiq haqiqatni yolg’ondan ajratib, aniqlab berish uchun xizmat qilsa, poztika qanday qilib chiroyli gapirish kerakligini o’rgatadi.
Farobiy o’zining “Aql haqidagi risola”, “Fozil shahar aholisining qarashlari haqida risola” kabi mashhur asarlarida ham ilmiy bilimlarni egallash haqida fikr yuritadi. Farobiy kishilarni dinlarga qarab emas, balki ularni ilm darajalariga, axloqlariga qarab ajratadi. Uning fikricha, ideyal shaharni boshqarib boruvchi kishi eng avvalo, barcha fanlardan chuqur ma’lumotga ega bo’lishi kerak va bu sohada o’z aholisiga namuna bo’lishini talab etadi. Fanni egallash faqat davlat boshliqlari-gagina emas, balki ideyal shahar mamlakatda yashovchi barcha kishilarga taalluqli, deb ta’kidlaydi.
Farobiy ayniqsa yosh avlodga aqliy tarbiya berish, ilm-fanga asoslanishi kerakligini alohida uqtirdi.
O’rta asr boshlaridagi boshqa ilg’or mutafakkirlar singari Ibn Sino ham yosh avlodga aqliy tarbiya berishga muhim ahamiyat beradi, uning fikricha, aqliy tarbiya ilm-fanlarni egallash bilan bog’langan bo’lishi kerak.
Ibn Sino haqiqiy gumanist sifatida kishining o’z aqlini har tomonlama taraqqiy ettirish va haqiqatni aniqlash imkoniyatiga ega ekanligiga ishondi. U fan va madaniyat taraqqiyoti haqiqatga yo’l ochishi mumkinligini isbot qildi. Bu sohada boshqalarga o’rnak bo’lib, o’zining tolmas kuzatuvchi va tekshiruvchi ekanligini ko’rsatdi. U o’z oldiga ilm-fanlarni chuqur o’rganish va umumlashtirish vazifasini qo’ydi.
U she’rida bu haqda shunday deb yozadi:

Download 146.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling