Mavzu: abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari
Download 146.9 Kb.
|
Mavzu abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalangan adabiyotlar KIRISH
- 1. ABU ALI IBN SINONING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI
ABU ALI IBN SINO MANTIQIY QARASHLARI REJA: Kirish Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ijodiy faoliyati. Ibn Sino dunyoqarashining o’ziga xos xususiyatlari Ibn Sino fan va ta’lim haqida Fozil jamiyatga doir qarashlari Xulosa Foydalangan adabiyotlar KIRISH Sharq dunyosining buyuk mutafakkiri Abu Ali al-Xusayn ibn Abdulloh ibn al-Xasan ibn Ali ibn Sino 980 yili Buxoro yaqinidagi Afshona (hozirgi Isfara) qishlog’ida, somoniylar davlatining kichik bir amaldori oilasida tug’ildi. Uning otasi Abdulloh asli Balxdan bo’lib, ibn Sino besh yoshligida oilasi bilan Buxoroga ko’chib keladi. Ibn Sino onasining ismi Sitorabonu bo’lib, u haqda ismidan boshqa ma’lumotlar mavjud emas. 985 yili Ibn Sinolar oilasi Buxoroga ko’chib kelgan, otasi Abdulloh uni boshlang’ich musulmon maktabiga o’qishga beradi. O’rta Osiyoga arablar kirib kelganlaridan so’ng maktablar xalq ommasiga islom dinini singdirish o’chog’iga aylangan edi. Bu maktablarga bolalar besh-olti yoshligidan qabul qilinib, unda diniy kitoblar o’qitilar, o’qish va yozishga o’rgatilar edi. O’sha davrdagi maktablarda savod chiqarish va bilim olish juda qiyin edi. Shunga qaramay u juda yoshligidan ilm-fanga qiziqdi, iste’dodi va zehnining o’tkirligi va qobiliyatining kuchliligi bilan o’z tengdoshlaridan ajralib turar va o’z bilimi bilan hammani hayratda qoldirar edi. Ibn Sino 12 yoshlaridayoq har tomonlama bilimdon bo’lib etishgan va har xil fanlardan o’zi mashg’ulot o’tib borgan. O’zidan katta yoshdagi bolalar kelib undan ta’lim oladigan bo’lgan. Tushki ovqatgacha u bolalarni o’qitgan, mashg’ulotdan keyin o’z talabalari bilan har xil o’yinlarda qatnashgan. Ibn Sino oilada maktabdagiga nisbatan tamomila boshqacha sharoitda tarbiyalangan. Uning otasi Abdulloh davlatmand, bilimdon kishi bo’lib, u ko’proq Ismoiliylar ta’limotining muxlisi edi. Uning uyiga bilimdon, erkin fikr yurituvchi kishilar tez-tez kelib turishar, har xil ilmiy bahslashishlar olib borilar edi. “Ular, - deb yozadi Ibn Sino, -falsafa, handasa (geometriya) va hind hisobi haqida ham suhbatlashar edilar”1. 1. ABU ALI IBN SINONING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI Ibn Sino yosh bo’lsa ham, har xil fanlar sohasida uyida olib boriladigan suhbatlarni diqqat bilan tingladi va uqib olishga harakat qildi. Ibn Sino o’zi yozib qoldirgan tarjimai holida “...Lekin ularning fikriga qushilgim kelmasdi”1 deb yozgan bo’lsa ham, lekin uning olim sifatida voyaga etgandan keyingi faoliyati chuqur o’rganilsa, Ismoiliylar ta’limotiga yaqinlashganligini sezish qiyin emas. Ibn Sinoning bolalik va o’smirlik davrlarida Buxoro Sharqning eng yirik madaniy markazlaridan hisoblanar edi. Shaharning shimol tomonida joylashgan eng yirik Farjak madrasasi ham bo’lgan. Akademik V.V.Bartold “История культурной жизни Туркестана” degan asarida X asrda Samarqandda 17 madrasa bo’lganligini yozadi. Bulardan tashqari, Buxoroda ko’plab musulmon maktablari, kasalxona va katta kutubxona bo’lgan. Dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan nodir kitoblar sotiladigan alohida shahobchalar ham bo’lgan. Shaharda juda ko’p qonunshunoslar, olim, faylasuflar, me’mor va tabiblar yashagan. Buxoroga turli mamlakatlardan olimlar kelib turar, ular ilmiy bahslashuvlarda qatnashishi bilan, yoshlarga ta’lim ham berar edilar. Shu olimlardan birining rahbarligida Ibn Sino hind hisobini o’rganishga kirishadi va keyinchalik fiqh (musulmon qonun-shunosligi) dan tortishuv va bahslashuvlarda e’tiroz bildirish usullarini o’rganib olish uchun boshqa bir o’qituvchi oldiga qatnaydi va uni ham muvaffaqiyatli o’zlashtirib oladi. Ibn Sinoning otasi o’g’lining o’tkir zehnini sezgach, Buxoroga kelgan faylasuf Abu Abdulloh Notiliyni o’z uyiga taklif qilib, o’g’li bilan falsafa, mantiq (mantiq), geometriya va boshqa qator dunyoviy fanlardan mashg’ulot olib borishni topshiradi. Ibn Sino ko’p vaqt o’tmasdan o’z o’qituvchisidan o’zib ketdi. U o’z tarjimai holida: “U (Notiliy) mendan qaysi masalani so’ramasin, men bu masalani undan ko’ra durustroq tasavvur qilardim”3 deb yozgan edi. Ibn Sino 16 yoshdan boshlab, barcha fanlar sohasida mustaqil mutolaa qila boshladi: Bu davrda u kunduzlari tinmay, kechalari uxlamay kitob o’qishga kirishadi. “Bu kezlarda biron kecha ham butun tun davomida uxlamas edim, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullanmas edim... Kechqurunlari, oldimga chiroqni qo’yib olib, to uyqu bosguncha o’qish va yozish bilan band bo’lardim... Uxlayotgan vaqtimda ham o’sha o’ngimdagi masalalarni ko’rardim. Shu taxlitda ko’p masalalar tushimda menga ayon bo’lar edi. Shunday qilib, hamma ilmlarni mustahkam egallab oldim, insonning qobiliyati imkon berar – darajada ulardan xabardor bo’ldim” deydi Ibn Sino. Olim tib (tibbiyot) ilmini juda erta o’rganishga kirishadi. Bu sohada unga ta’lim bergan kishi Buxorolik Abu Mansur Kamariy bo’ldi. U tibga oid juda kup kitoblarni o’qib chiqdi, ayniqsa qadimgi dunyoning mashho’r tabiblari Gippokrat va Galen asarlarini, o’zidan ilgari o’tgan va zamondoshlari bo’lgan sharq tabiblarining merosini chuqur o’rgandi. Shunday qilib, Ibn Sino odamlarni bepul davolashga kirishdi va ko’p o’tmay, bu sohada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ibn Sino o’zining tarjimai holida tib ilmini o’rganishdagi muvaffaqiyatlari haqida to’xtalib: “Tib qiyin ilmlardan emas, shu sababdan, men qisqa muddat ichida bu sohada shunday yutuqlarga erisha oldimki, hatto fozil tabiblar ham kelib, mendan tib ilmini o’rganadigan bo’ldilar”4 deb yozgan edi. Ibn Sinoning tib ilmi sohasida erishgan katta muvaffaqiyatlarini ko’rsatuvchi faktlardan bittasi shuki, Buxoro hokimi amir Nuh ibn Mansur xavfli kasalga duchor bulib qolganida, uni saroyidagi tajribali tabiblarning bittasi ham davolay olmagan, uni yosh tabib Ibn Sino muvaffaqiyatli davolagan. Buning evaziga Ibn Sinoga somoniylarning Buxorodagi eng katta kutubxonasida saqlangan kitoblardan foyda-lanishga ruxsat beriladi. Bu kutubxona haqida Ibn Sino bunday deb yozgan edi: “Men ko’p xonali kutubxonaga kirdim. Har bir xonada kitob sandiqlari, bir-birining ustiga taxlangan kitoblar bor edi... Men bu yerda ko’pchilik xalq hatto nomlarini ham eshitmagan kitoblarni ko’rdim. O’zim ham ularni avval ko’rmagan edim, bundan keyin ham ko’rmadim, o’sha kitoblarni o’qib, ulardagi foydali fikrlarni bilib oldim, kitobni yozgan har bir olimning ilmiy darajasini aniqladim”. Ibn Sino tib ilmini mukammal egallab olgach, falsafani mustaqil suratda chuqur o’rganishga kirishdi. Lekin, Ibn Sinoning o’zi hikoya qilishicha, u Aristotelning “Metafizika” kitobini qirq marta mustaqil o’qib chiqqan, hattoki bu asarning barcha jumlalari yod bo’lib qolgan, ammo asarning tub mazmuniga tushunib yeta olmagan. Bu kitob mazmuniga tushunib bo’lmas ekan, deb uni tashlab qo’ygan. Kunlarning birida kitob bozoridan o’tib ketayotganida kitobfurushlardan biri Ibn Sinoga bitta kitobni juda maqtab “Bu kitobni ol, narxi arzon – uch dirxam, egasi pulga muhtoj” degan, Ibn Sino olib qarasa, Abu Nasr Farobiyning Aristotel “Metafizika”siga yozgan sharhi ekan. O’sha kitobni o’qib chiqqandan keyin Aristotelning “Metafizika” asarining mazmuniga to’la tushunganligini yozgan edi. Demak, Ibn Sinoning Aristotel falsafasini tushunishda buyuk mutafakkir Farobiyning roli juda katta bo’lgan. Ibn Sino o’zining yoshlik va yigitlik davrini Buxoroda o’tkazdi. Buxoroda uning o’sha davrdagi barcha fanlarni egallashiga katta imkoniyat bor edi. Shuning uchun ham u o’rta asrning boshqa qator mutafakkirlari kabi har tomonlama yetuk kishi bo’lib o’sishga intildi va nihoyat 18 yoshdayoq buyuk olim sifatida tanila boshladi. Bunday yirik olimning yetishib chiqishi tasodifiy bir hodisa emasdi, albatta. Bu narsa somoniylar davlati hukm surgan davrda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning nisbatan ancha taraqqiy etganligini dalolat beradi. Lekin somoniylar davridagi iqtisodiy va madaniy yutuqlar mehnatkash xalq ommasi ahvolini yaxshilashga qaratilgan emas edi. Yirik yer egalarining jabr-zulmining kuchayib borishi natijasida dehqonlar ommasining asosiy qismi yersiz qolgan, xalq och-yalong’och edi, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi qarama-qarshiliklar kuchaygan edi. Somoniylar davlati X asrning ikkinchi yarmida juda chuqur inqirozga yuz tutdi. Bu davlat tashqi dushmanlar xavf-xataridan yuz yilga yaqin holi bo’lsa ham, lekin hokim sinflar o’rtasida keskin kurashlar davom etayotgan bir davr edi. Ayniqsa bu kurashlar somoniylarning davlatni boshqarishni markazlashtirish borasida qilayotgan ishlariga yirik yer egalari tomonidan ko’rsatilgan qattiq qarshiliklarda namoyon bo’lgan edi. Ruhoniylar esa ilm-fan taraqqi-yotiga yo’l ochib borayotgan somoniylarga qarshi kurash olib borgan edilar. Demak, Ibn Sinoning yigitlik chog’lari Buxoroda ko’pgina siyosiy voqealar yuz bergan davrda o’tdi. 999 yilning kuz oyida qoraxoniylar somoniylar davlatini bosib oldi. “Ilikxon Nasr 999 yili yana Buxoroga hujum qilib, somoniylar davlatini qulatib, Movarounnahrda o’z hokimiyatini o’rnatishga zamin hozirlaydi”5. Bu davrda Ibn Sino yigirma yoshda edi. Qoraxoniylar erkin fikr yurituvchi ilm-fan tarafdorlarini ruhoniylar yordamida qattiq ta’qib ostiga ola boshladilar. Endi Buxoroda tinch ijod qilish mumkin emasligini sezgan Ibn Sino uni tashlab, Xorazmga, Urganchga ko’chib ketishga qaror qildi. Movarounnahrda X asrning oxirida bo’lib o’tgan voqealar Xorazm o’lkasiga ta’sir qilmadi, chunki u qoraxoniylardan ancha yiroqda edi. Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan 1017 yilda bosib olingunga qadar, mustaqil davlat edi. Bu yerda hunarmandchilik ancha taraqqiy etgan, chet davlatlar bilan savdo aloqalari kuchaygan bir davr edi. Bu davrda Xorazmda olim va tabib Abu Sahl Masihiy, tarixchi ibn Miskavayx, buyuk mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr ibn Iroq, Abul Xayr Hammor kabi turli-tuman soha olimlari to’plangan edilar, bu yerda ular ilmu-ma’rifat sohasida ish olib borardilar. Ana shular qatoriga buyuk zakovat sohibi Ibn Sino ham kelib qo’shildi. Haqiqatdan ham Ma’mun davrida Xorazm ilm va fanning gullagan diyoriga aylangan edi6. Ularning o’zaro birgalashib ijod qilishlari tarixda “Ma’mun Akademiyasi: nomi bilan yuritilgan. “Akademiya”ga Abu Rayhon Beruniy rahbarlik qildi. “Akademiya”da dunyoviy fanlar o’rganilar va har xil ilmlar sohasida bahslashuvlar o’tkazilar edi. Ibn Sino Xorazmda tinch ilmiy ish bilan shug’ullandi va yoshlarni o’qitdi, bu yerda u o’zining ikkita eng yirik asarlari bo’lgan “Tib qonunlari” va “Shifo beruvchi kitob”larining asoslarini yaratdi. Lekin Ibn Sinoning bu yerdagi sermahsul ijodiy ishlari ko’pga bormadi. Mahmud G’aznaviy 1017 yili qurol kuchi bilan Xorazmni o’ziga qaratib oladi va, nihoyat, Xorazmdagi olimlarni ta’qib ostiga ola boshladi. U erkin fikr yurituvchi buyuk olimlardan islom dini qoida va prinsiplarini amalga oshirish uchun foydalanish maqsadida Xorazmshohga quyidagi mazmunda xat yozib yubordi: “Men Xorazmshoh xizmatida bir necha tengi yo’q, buyuk olimlar bor deb eshitdim. Ular bilimidan foydalanishim uchun siz ularni mening saroyimga yuborishingiz kerak”. Xorazmshoh barcha olimlarni yigib, ularga Mahmuddan kelgan xatni o’qib eshittirdi. Shoh Ma’mun bir tomondan, olimlardan ajralgisi kelmaydi, ikkinchi tomondan, Mahmuddan qo’rqadi va nihoyat, olimlarga murojaat qilib, ularning G’aznaga, Mahmud saroyiga borish-bormasligi har kimning o’z ixtiyori ekanligini, lekin kimki Mahmud G’aznaviy saroyiga borishni xohlamas ekan, Xorazmda qolishi mumkin emasligini aytadi. Ibn Sino Mahmud G’aznaviyga o’xshagan sultonlarning olimlarni o’z saroyida saqlashlaridan maqsadlari – ma’rifatni sevganliklari va uni taraqqiy ettirish niyatida bo’lganlari uchun emas, balki o’zlarini ilm homiysi qilib ko’rsatish va bu ishda o’z davrlaridagi boshqa hokimlar bilan raqobat qilib, o’z qudratlarini oshirish uchun saqlashlarini juda yaxshi bilar edi. Shuning uchun ham Ibn Sino bilan Abu Sahl Masihiy Mahmud G’aznaviy saroyiga bormaslikka qaror qiladilar va Eronga qochadilar. Yo’lda juda qiyinchiliklarga duchor buladilar. Masihiy qiyinchiliklarga bardosh bera olmay, yo’lda vafot etadi. Shu davrdan boshlab, Ibn Sino umrining oxirigacha, ya’ni 37 yil o’z vatanidan judo bo’lib, Mahmud G’aznaviy va musulmon ruhoniylari ta’qibidan qochib, bir davlatdan boshqasiga o’tib sarson-sargardon bo’lib yurishga majbur bo’ldi. Ibn Sinoning yolg’iz o’zi Gurgonga yetib keldi. Uning bu yerdagi hayoti ancha osoyishta o’tdi. Ilmiy faoliyati samarali bo’lgan davr edi. Bu yerda “Tib qonunlari”, “Shifo” va “Najot” asarlarining asosiy qismlarini yozib tomomladi. O’ziga yaqin shogirdlar to’plab, ularga ta’lim beradi. Ana shu shogirdlaridan biri – Abu Ubayd Juzjoniy umrining oxirigacha olim bilan birga bo’ldi. Keyinchalik olim Rayga ketdi. U yerda ham Ibn Sino tabiblik ishi bilan shug’ullanadi va Rayning hukmroni Majdiddavlani og’ir kasallikdan xalos qildi, shuning uchun ham u hurmatga sazovor bo’ldi. Lekin olimning bu yerdagi tinch hayoti buziladi. Chunki o’sha davrda Rayni ham Mahmud G’aznaviy o’ziga bo’ysundirib olgan edi. Mahmud G’aznaviyning ta’qibidan qochib, Ibn Sino Hamadonga o’tdi. Ibn Sino Hamadonda ham o’zining ijodiy ishi bilan shug’ullana boshladi, kasallarni muvaffaqiyatli davoladi, xususan, Hamadon amiri Shamsuddavlani og’ir oshqozon kasalligidan davolagach, olim juda katta hurmatga sazovor bo’ldi. Ibn Sinoning har tomonlama bilimga ega bo’lgan qobiliyatli kishi ekanligini sezgan amir uni o’ziga vazir qilib tayinladi. Lekin bu yerda askarlarga beriladigan maoshning ozaytirilishida Ibn Sino aybdor deb, unga bo’hton qildilar. Askarlar Ibn Sinoning uyiga bostirib kirib, mol-mulkini taladilar va o’zini esa qamadilar. Ular hokimdan Ibn Sinoni qatl qilishni talab etdilar. Ammo hokim bunga ko’nmadi. Faqat Ibn Sinoni vazirlik vazifasidan chetlashtirdi. Olim qamoqdan chiqib, qirq kun bir kishinikida bekinib yotdi. Lekin, ko’p o’tmasdan, amirning yana oshqozoni og’rib qoldi va Ibn Sinoni axtarib toptirdi, undan kechirim so’rab, yana vazirlik lavozimiga tayinladi. Ibn Sino bu davrda davlat ishi bilan juda ham qattiq band bo’ldi. Lekin, shunga qaramasdan, davlat ishidan bo’sh vaqtlari olimlarni o’z uyiga yig’ib, ilmning turli sohalarida bahslashishlar o’tkazib turdi. Hamadon amiri Shamsuddavla 1021 yili vafot etdi, Ibn Sino Shamsuddavla o’rniga amir bo’lib qolgan o’g’li dargohida qolishni xohlamadi va yashirincha Isfahon amiriga uni o’z saroyiga ishga olishni so’rab, xat yozib yubordi. Lekin Hamadon amirligi Ibn Sinoning Isfahon amiriga xat yozganligini sezib qolib, yashirinib yotgan uyidan toptirib, Faradjon qal’asiga qamadi. Ibn Sino qamoqda yotgan joyida ham ilmiy ish bilan shug’ullandi”7 . Ibn Sino qamoqdan ozod bo’lgach, Isfahonga ketdi. U yerdagi olimlar mutafakkirni juda yaxshi kutib oldilar. Ibn Sinoning Isfahonda yashagan davri umrining o’n to’rt yildan ortiqroq davom etgan eng so’nggi davridir. Bu yerda ham Ibn Sino amirning buyrug’i bilan har juma kuni ilmiy munozaralar o’tkazib, o’zi unda faol ishtirok etdi, „Shifo“ va „Donishnoma“ asarlarini yozib tamomladi. Ibn Sino yashagan davrda Sharq mamlakatlarida, xususan O’rta Osiyoda xalq ommasini ilm-ma’rifatli qilishga hech qanday e’tibor berilmas edi. Mavjud maktablar esa xalq talabini qanoatlantira olmas edi. Lekin u davrda shogirdlik sistemasi va mustaqil sur’atda ilm o’rganish keng tarqalgan bolib, dinning ilmiy bilimlar tarqalishiga qanchalik to’sqinlik qilishiga qaramasdan, buyuk mutafakkirlar, ma’rifatparvar kishilar o’z tashabbuslari bilan bilim olishga intilgan yoshlarga har xil yo’llar bilan ta’lim berardilar. Ibn Sino ham, boshqa yirik mutafakkirlar kabi, feodallar, ruhoniylar ta’qibidan qochib, qaysi bir mamlakatga, shaharga bormasin, u yerda o’ziga yaqin shogirdlar to’plab, ularga har xil fanlardan ta’lim berdi. Nafisiy o’zining „Avitsenna“ degan asarida Ibn Sino qo’lida ta’lim olgan, XI asrda yashagan bir qancha olimlarning nomlarini tilga oladi. Bulardan Abu Ubayd Juzjoniy, Mansur Husayn ibn Muhammad, ibn Umar Isfahoniy, Muhammad Sheroziy, Ahmad Ma’sumiy, Abu al Huseyn, Baxmayor ibn Marban-Majusiy, ibn Yusuf Aylaki, Abulqosim ibn Abu Sodiq, Umar Hayyom va boshqalar. Ibn Sino butun dunyo shifokorlarining ustozi bo’lib qoldi. Uning fan va madaniyat taraqqiyotiga qushgan buyuk hissasi uchun ham Sharqda xalq unga „Shayx ur-rais“ („Olimlar boshlig’i“), Yevropada „Olimlar podshosi“ degan hurmatli unvon berdilar. Hindistonning buyuk davlat arbobi Javoharlal Neru o’zining „Hindistonning ochilishi“ degan asarida O’rta Osiyo olimlari, mutafakkirlarini tilga olar ekan, fan taraqqiyotiga o’zining salmoqli hissasini qushgan Ibn Sino nomini alohida ta’kidlab: „Ulardan eng mashhuri, „vrachlar podshohi“ degan nomni olgan Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna)dir“8 degan edi. Islom dini homiylari Ibn Sinoning dunyoni ilmiy asosda o’rganish sohasida qilgan ishlariga tamomila qarshilik qildilar va uni ta’qib ostiga oldilar. Ibn Sino juda og’ir hayot kechirdi. Lekin, unga qaramasdan, u o’zining mehnatsevarligi, g’ayratliligi bilan o’z zamonasining boshqa kupgina olimlaridan ajralib turar edi. turli manbalarda mutafakkirning falsafa, mantiq, ruhshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, mineralogiya, fizika, matematika, tibbiyot, falakiyot va fanning boshqa sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlari qayd etiladi. Biroq, bizgacha Ibn Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan, xolos. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan yozishmalarga tegishlidir9 . U 1037 (hijriy 428 yil) 57 yoshida vafot etdi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Ibn Sinoning „Tib qonunlari“ asarining rus hamda o’zbek tillarida nashr etilishi, akademik A.M. Bahoviddinov tomonidan „Donishnoma“ asarining rus tiliga tarjima qilinishi, A. Irisovning Ibn Sino falsafiy qissalaridan: „Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hay ibn Yaqzon“ larning arabchadan o’zbek tiliga tarjima qilishi Ibn Sinoning ilmiy merosini va, umuman, O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyatini, ilm-ma’rifat, fanning qanchalik darajada taraqqiy etganligini o’rganishda juda katta ahamiyatga egadir. Download 146.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling