Mavzu: abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari
IBN SINO DUNYOQARASHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Download 146.9 Kb.
|
Mavzu abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari
2. IBN SINO DUNYOQARASHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ibn Sinoning dunyoqarashi juda murakkab bir sharoitda tarkib topdi. U yashab ijod etgan davrda shohlarning toju-taxt uchun kurashlari kuchaygan, xalqning ahvoli yanada yomonlashib borayotgan edi. Somoniylar hokimiyati qulagandan keyin davlatda din peshvolarining ta’siri kuchaydi. Islom g’oyalariga yot bo’lgan har qanday ta’limotlarga qarshi keskin kurash avj oldi. Jumladan, kalom ilmi tarafdorlari jamiyatda ba’zi bir siyosiy va g’oyaviy o’zgarish yasash kerak, lekin bu o’zgarish islom dini asoslariga putur etkazmasligi kerak, deb hisoblar edilar. Ularning g’oyalari sharq falsafasida ijobiy ro’l o’ynadi va rasionalizmning rivojlanishiga yordam berib, yangi oqimning paydo bo’lishiga zamin tayyorladi. Arab falsafasining o’ziga xos xususiyatini ta’kidlash bilan birga, shuni ham aytish kerakki, bu ilg’or fikrlar boshqa mamlakat xalqlari falsafiy fikrlari rivojlanish tarixidan ajralgan holda yaratilmadi. Buni biz O’rta Osiyo xalqlari falsafiy fikrlari namunasida arab falsafasiga o’z ta’sirini o’tkazgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa qator yirik olimlarimiz ijodida ko’ramiz. Ibn Sino barcha hayotiy masalalarni hal etishda o’zidan avvalgi o’tgan mutafakkirlar asarlarini tanqidiy o’rganar, qayta ishlar va uni to’ldirishga harakat qilar edi. Xususan, Aristotel falsafasi Ibn Sino dunyoqarashining tarkib topishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Aristotelni Ibn Sino hattoki ustozim deb ataydi va uning obro’sini baland ko’tarishga harakat qiladi. U Aristotelning falsafiy g’oyalarini ko’r-ko’rona o’rgan-masdan, balki uni tanqidiy nuqtai nazarda o’rgandi va ijobiy tomonlarini rivojlantirishga harakat qildi. Ibn Sino substantsiyaning obyektiv ekanligini isbot qilishga harakat qildi va o’z fikrini rivojlantirib, substantsiyaning borliq ekanligini uning o’zidan axtarish kerak, degan g’oyani ilgari surdi. Aktsidentsiya substantsiyaga nisbatan ikkilamchidir. Mutafakkir tashqi olamning mavjud ekanligiga shubha qilmadi. U har bir tabiat hodisasi sababiyat bilan bir-biriga bog’liq, o’zining tabiiy qonuniyatiga ega, degan fikrni bayon etdi. O’zining materialistik pozitsiyasini to’rt element, ya’ni havo, yer, o’t va suv ta’limotiga asosladi. Bu esa o’rta asrning «musulmon olami» falsafasida materialistik qarash hisoblanar edi. Ibn Sino dunyodagi barcha hodisa va narsalar doimo o’zgarishda ekanligini, ular ma’lum bir tabiiy sabablar va qonuniyatlar asosida vujudga kelishini va ularni ilmiy asosda o’rganish kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino o’z ijodiy faoliyatida dunyodagi narsa va hodisalarning o’zaro sababiyat asosida bog’lanishlarini, ularning uzluksiz taraqqiy etishini abstrakt (mavhum) bayon etib qolmasdan, balki hayotiy, faktik materiallar asosida isbot qilib beradi. Buning namunasini biz Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida chuqur mulohaza qilinib, bayon etilgan fikrlarga murojaat qilsak yaqqol ko’ramiz. Buyuk mutafakkir o’z asarlarida, avvalo, inson sihat-salomatligini saqlash haqida fikr yuritar ekan, kasallikning oldini olish mumkinligini isbotlashga harakat qiladi. Insondagi paydo bo’ladigan turli xil kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash zarurligini uqtiradi. Inson sihat-salomatligini saqlashda bir-biriga bog’liq bo’lgan bir necha omillar mavjud ekanligini: tashqi muhit, mehnat, ob-havo, tartibli ovqatlanish, badantarbiya, his-tuyg’u, musiqa va barcha ko’ngil ochishlarning ta’sir qilishini ilmiy, tabiiy asosda isbotlab beradi. Lekin Ibn Sinoning dunyo to’g’risidagi falsafiy fikrlari bilan bir qatorda unda mantiqiy mulohazalar ham bor ekanligini ko’rmaslik mumkin emas. U o’sha davrda oddiy musulmon sifatida xudo borligiga ishonadi. Shuning uchun ham u moddiy dunyo xudoning mohiyatidan tashkil topadi, dunyo o’zining rivojlanishida bir qancha bosqichdan o’tadi, agar xudo dunyoning sababiyati sifatida abadiy bo’lsa, dunyo uning harakatining natijasi bo’lgani uchun ham abadiydir, degan fikrni bildiradi.Ibn Sino diniy aqidalarga qarshi kurashda, asosan, uchta masalaga katta e’tibor berdi: birinchidan, odam tanasi tirilmaydi: ikkinchidan, ilohiy kuch hamma narsa ustidan cheksiz ho’kmron emas: uchinchidan, matyeriya va borliq abadiydir, deb hisobladi, bunga ishonch hosil qildi. Ibn Sino o’zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarini “Shifo” asarining etika bo`limida, “Risolatul tayr” (“Qush risolasi”) va boshqa bir qancha asarlarida bayon qildi. U o’zining butun faoliyatida kambag’al mehnat-kash xalqni hurmat qildi, ularning manfaatlari uchun kurashdi, xalqning nodonlikda, johillikda saqlanishiga achindi, adolatsiz podsholarga o’z noroziligini bildirdi. Shuning uchun ham uning ijodining g’oyaviy mazmuni demokratizm, insonparvarlik va ma’rifatparvarlik bilan xarak-terlanadi deb ishonch bilan aytish mumkin. Ibn Sino insonni ijtimoiy mavjudot va u jamiyat bilan mustahkam aloqada buladi deb bildi, kishi o’z faoliyatini jamiyatdan tashqarida amalga oshira olmasligini ta’kidlab, inson o’z ehtiyojini har tomonlama qanoatlantira olishi uchun birlashib harakat qilishi kerak degan fikrni bayon qildi. Inson o’zining ijtimoiy hayoti bilan hayvonlardan tubdan farq qiladi, degan xulosaga keldi12. Ibn Sinoning fikricha, ideal davlatning qonun chiqaruvchi organi shunday qat’iy tartib o’rnatishi kerakki, har bir tabaqa kishilarining o’zaro munosabati mehnat sohasida yuqori mansabni egallab turganlariga past mansabdagilar buysunish prinsipiga asoslanishi lozimdir. Ibn Sino shu munosabat bilan jamiyatni 3 ta asosiy tabaqaga buladi: 1) hokimlar (“al-Modesbeyerun”); 2) hunarmandlar (“As-sonna”); 3) quriqchilar (“Hafiza”). Ibn Sino xalq ommasining yaxshi turmush kechirishi, madaniyat, ma’rifatga erishuvi, kishi shaxsini hurmat qilish, barcha jamiyat a’zola-rining birdam bulib ishlashlari «odil» podsholar ho’kmronlik qilgandagina ro’yobga chiqishi mumkin deb o’ylardi. “Odil” podsholardan xalq ahvolini yaxshilashni so’raydi. Hattoki, Ibn Sino qonun chiqarishda hokimiyat boshliqlaridan xalqning axloqiy xususiyatlarini, ularning asrlar davomida qaror topib qolgan adolatni ulug’lovchi an’analarini hisobga olishini talab qildi, cho’nki adolatlilik inson xulqining ajoyib ziynatlaridir, - deydi u. Download 146.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling