Mavzu: abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari
FOZIL JAMIYATGA DOIR QARASHLARI
Download 146.9 Kb.
|
Mavzu abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari
4. FOZIL JAMIYATGA DOIR QARASHLARI
Fuqarolik jamiyati unsurlari, shuningdek, fozil jamiyat qurishga doir nazariy izlanishlar dastlab Sharquyg`onish davri mutafakkirlari tomonidan amalga oshirilgan. Hozirgi davrga kelib, O’zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati qurish islohotlarining chukurlashib borishi milliy merosimizni o’rganishga bo’lgan ehtiyojlarni yanada kuchaytirdi. Buning sababi shundaki, biz qurmoqchi bo’lgan fuqarolik jamiyati boshqa mamlakatlar tajribasidan andoza sifatida ko’rko’rona ko’chirib olinmaydi, balki, bir necha ming yillik milliy meros va tarixiy tajribalarimizdan oziklanadi. Prezident I.A. Karimov tomonidan O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning "Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi buyuk ajdodlarimiz yaratgan fozil jamiyat barpo etishga doir milliy falsafiy merosni zamonaviy tajribalar bilan uyg`unlashtirishni, islohotlarni esa xalq farovoshshgiga erishishni maqsad qilib olgan hoeda amalga oshirishni taqozo etadi. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning fozil jamiyat qurishga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlarini batafsil o’rganish, ularning natijalari va xulosalarini hozirgi davrdagi kuchli jamiyat qurish islohotlariga nisbatan tatbiq etilishiga muhim ahamiyat berish — fuqarolik jamiyatining o’ziga xos milliylik asosida rivojlanishini belgilab beradi. O’zbekistonda kuchli jamiyat qurishning milliy jihatlari va ilmiy manbalarini Prezident I.A. Karimov quyidagicha ifodalab berdi: "Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo’ldiki, biz bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy baholab, milliy davlatchiligamiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishimizdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog`imiz kerak..." Abu Ali Ibn Sino «Ishorat va tanbihot» asarida inson o’z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan munosabatda bo’libgina, o’z ehtiyojlarini qondirishi mumkin» deb hisoblaydi. U insonlarning jamiyatdagi o’rniga ko’ra 3 guruhga bo’ladi: a) davlat idoralarida xizmat qiluvchi va jamiyatni boshqarish ishi bilan shug`ullanuvchilar; b) xom-ashyo va zaruriy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar; v) davlatni qo’riqlash, uni turli tashqi xujumlardan saqlashni ta’minlaydigan xarbiylar. Ibn Sino jamiyatning paydo bo’lishi kishilarning birdamlikka bo’lgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini ko’rsatgan. Fuqarolik jamiyati unsurlarini tadqiq etgan mutafakkirlardan yana biri Abu Ali ibn Sinodir (980—1037 yy). Mutafakkir adolatli jamiyatning yashash sharga sifatida birinchi o’ringa insonlar o’rtasidash axloqiy munosabatlarni qo’yadi. Yuksak axloq sohibi bo’lishga esa ma’rifat yordamida erishiladi. Olimning fikricha, axloqiy munosabatlarning yuksalshni jamiyatning ma’naviyaxloqiy sog`lomliga va sobitligini ta’minlaydi. Insonlarning ma’naviyma’rifiy komillikka erishuvi jamiyatning yanada takomillashuvini, uada adolat tamoyillarining barqarorligini ta’minlaydi. Fuqarolarning o’zaro hamjihatligi va hamkorligi natijasida jamiyat ma’naviyaxloqiy jihatdan sog`lomlashadi, insonlar o’rtasida o’zaro mehr muhabbat va ishonch tuyg`ulari shakllanadi, odamlar o’zaro jipslashadi, bu bilan yovuzlik va adolatsizlik yo’liga g`ov qo’yiladi. Ibn Sinoning fikricha, o’z aqliy faoliyatidan qoniqish hosil qilish — eng oliy darajali lazzat bag`ishlaydi. Razil tabiatli odamning xattiharakatlarini boshqarish uning hayvoniy nafsi ixtiyorida bo’ladi. Bunday inson butunlay ma’rifatsiz insondir. Xulosa qilib aytgavda, Abu Ali ibn Sinoning komil insonni shakllantirishga doir qarashlarida ilk Uyg`onish davri mutafakkirlari kabi ma’naviy qadriyatlarning moddiy hayot qadriyatlaridan ustun qo’yishga moyillik kuchliligi sezilib turadi1. Albatga, hozirgi davrga kelib, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar fuqarolik jamiyatini takomillashtirish omillaridan biri sifatida o’zini namoyon qilganligi mutafakkir ilgari surgan g`oyalarning nechog`liq ahamiyatga molik ekanligini anglatadi. XULOSA Mustaqillik o’zbek xalqiga o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini berdi. Jamiyatimiz yagona mafkura hukmronligidan xalos bo’ldi, azaliy boy ma’naviy-tarixiy merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi va buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy ijodi o’rganila boshlandi. Ma’lumki, Yaqin va O’rta Sharq falsafiy fikrlari erishgan yutuqlar o’zida zamonamizning dolzarb falsafiy muamolarini ifoda etgan. Talabchan o’quvchi ular merosini o’rganar ekan, ayniqsa mashhur alloma Abu Ali ibn Sinoning falsafiy tafakkur rivojiga qo’shgan hissasi beqiyos ekanligini guvohi bo’ladi. Buyuk mutafakkir o’z ilmiy ijodida jamiyat hayotiga daxldor turli mazmundagi ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari va ularda inson omilining o’rni, uning rivojiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar hamda insonlar tarbiyasining muhim jihatlari o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, “Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy o’quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri sifatida o’qib kelingani, dunyo miqyosida “Meditsina”, “Sog’lom turmush tarzi” degan tushunchalarning fundamental asosi bo’lib xizmat qilgani albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega”1. Abu Ali Ibn Sino ham aqliy tarbiyaga fanlar asoslarini egallash orqali erishilishini ta'kidlaydi. U bilim olish uslublarini egallashda mantiqiy fikrlashga, shaxsiy kuzatish natijalari va tajribaga asoslanish lozimligi to’grisidagi fikrlarni ilgari suradi. Uning maktabda bolalarga ta'lim-tarbiya bеrish borasidagi g’oyalari bugungi kunda o’zining yuksak ahamiyatini yo’qotmagan. Yurtimiz allomalarining ma'naviy-axloqiy boradagi qarashlari ham alohida e'tiborga molik. Hozirgi davrga qadar Al–Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Bеruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning pеdagogik qarashlari ular yaratgan ijtimoiy-falsafiy ta'limotning tarkibiy qismi sifatida qarab kеlinadi. Biroq ular ilmiy mеrosning taxlili qomusiy allomalarimizning pеdagogika tarixida alohida o’ringa ega ekanligini ko’rsatmoqda. Download 146.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling