Mavzu: abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari
Download 146.9 Kb.
|
Mavzu abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari
MANTIQ HAQIDA
Mantiq sohasida Ibn Sino o’zining “birinchi ustozi” Aristotelni yoqlabgina qolmasdan, uning ta’limotini tarqatdi va o’zi mantiq qoidalarini yaratdi. Shuning uchun ham musulmon Sharqida uni mantiq o’qituvchisi deb ataydilar. Zamonasining ibnsinoshunosi A.M.Guashon Aristotel mantiq qismini rivojlantirishda va uning prinsiplarini mustaqil ishlab chiqishda Ibn Sino roliga yuqori baho beradi. Ibn Sinoning “Najot”, “Donishnoma” va “Ishorat” asarlarining maxsus boblari mantiq masalalariga bag’ishlangan. Bu yerda (boblarda) u mantiq fanining maqsad va vazifalarini katta ustalik bilan tushuntiradi: - har qanday fan yoki bilim tasavvur yoki ishonchga tayanadi. Ibn Sino fikricha, tasavvur birinchi ahamiyatga ega bo’lib, ta’rif orqali egallanadi, lekin inson narsa yoki hodisalarni tasavvur qilar ekan, unga ijobiy yoki salbiy ta’rif berish mumkin. Agar tasavvur ta’rif orqali egallansa, ishonch hosil qilishga esa xulosa chiqarish orqali erishiladi. Olimning aytishicha, ta’rif va xulosa chiqarish ikkita qurol bo’lib, uning yordamida ma’lumni noma’lumdan ajratiladi. Ibn Sino o’z o’quvchilariga bu ikkita qurolning har biri to’g’ri va noto’g’ri bo’lishi mumkinligini uqtiradi. Shuning uchun, - deydi u, - agar kishi mantiq ilmini egallasa, xulosa chiqarishda har xil xatolardan o’zini saqlaydi (yoki xatoning oldini oladi). Ibn Sino vrachlar (tabiblar) va faylasuflar bilan bo’lgan munozaralarda fikrlarning to’g’riligini maxsus fan – logik fani bilan tekshiriladi deb takrorlar edi. Bu to’g’rida uning quyidagi so’zlari xarakterlidir: “Mantiq kishilarni o’z aqlida (miyasida) bor bo’lgan narsalardan, aqlda yo’q, undan kelib chiqadigan narsalarga o’tishni o’rgatadigan fandir”. Ibn Sino haqiqatni qanday bilish, ideal hokimni noto’g’ri hokimdan qanday ajratish masalalarini qo’yadi. Mantiq mavzu bahsini tushuntirib, shunday deb yozadi: “Idrok qilingandan bilib olingan bilinmagan narsaga borish yo’li bor. Mantiq bilib olingan orqali qanday qilib bilinmagan narsani bilish, nima haqiqat, nima haqiqatga yaqin, nima soxta (yolg’on) va ularning har biri necha xil bo’lishini o’rgatadigan fandir”1. - Haqiqatga erishish uchun, - deydi olim, - bilimga ega bo’lish kerak, lekin har qanday bilim haqiqatga olib kelavermaydi. Kishi o’z fikrini to’g’ri ifodalashi uchun haqiqiy bilimni xatodan ajratishga yordam beradigan mantiqni o’rganishi kerak. Ibn Sino mantiq fanining ahamiyati va vazifalarini ko’rsatibgina qolmasdan, balki umumiy va juz’iy tushunchalarni ham tahlil qildi. Uning fikricha, “umumiy tushunchalar doirasiga “ko’p narsalar” kiradi. Masalan: “inson” tushunchasi esa o’z ichiga Amir va Zaydni ham oladi”. Juz’iy, yakka tushuncha esa ichiga faqat bir narsani oladi va uni boshqa narsaga tadbiq qilib bo’lmaydi. Masalan, “Zayd” - atoqli ot, agar boshqa narsani Zayd desang, unda uni atoqli ot ma’nosida emas, balki boshqa ma’noda aytasan. Narsalarning haqiqiy mohiyatini bilishda narsalarni to’g’ri aniqlash va tasvirlash katta rol o’ynaydi. Narsalarni aniqlash ularni eng yaqin jinsini aniqlashdan iborat. Ibn Sino narsalarni aniqlash va tasvirlashda xatoga yo’l qo’ymaslik uchun bir necha misollar keltiradi. U narsaning mohiyatini ochib beradigan aniqlash va tasvirlash namunalarini ham ko’rsatadi. Olimning bunday talabchanligi bejiz bo’lmasdan, u o’z asarlarida narsalarni aniqlash va tasvirlashga katta ahamiyat beradi, narsa va hodisalarning mohiyatini ustalik bilan ochib beradi. Ibn Sino “Donishnoma” asarining birinchi qismida gapni grammatik tomondan tahlil qilishga, xulosa chiqarish elementlarining tuzilishiga katta ahamiyat beradi, gap bo’laklari: ot, fe’l, yuklamalarning ta’rifiga kengroq to’xtaladi. Uning aytishicha, ot va fe’l tugallangan fikrga ega. Masalan, agar birov “Sen kimni ko’rding?” deb so’rasa, sen, “Zaydni ko’rdim” desang, javob tugallangan bo’ladi. Yuklama, olimning fikricha, tugallangan fikrga ega emas. Masalan, “Zayd qayerda?” degan savolga “da” yoki “ga” desang, javob bo’lmaydi, toki “uyda”, “tom boshida” demasang. Binobarin, Ibn Sino ot va fe’l o’rtasida farqini aniqlab beradi. Ot ma’noni bildiradi, fe’l esa ham ma’noni, ham vaqtni bildiradi. Masalan, “Inson”, “Sofdil” so’zlari vaqtni anglatmaydi. Agar “urdi” deyilsa, bu faqat ma’noni bildirib qolmasdan, o’tgan zamon fe’lini ham anglatadi. “Donishnoma”da hukm masalalariga katta ahamiyat beriladi. Ibn Sino hukmni 3 turga bo’ladi: 1) qat’iy hukm: 2) shartli birlashtiruvchi: 3) shartli ajratuvchi hukm. Ibn Sino “Uyg’oq o’g’li Tirik” qissasida yoshlarni mantiqni o’rganishga chaqiradi. Mantiq inson xarakteri va tabiatini chuqur anglashga yordam beradi, uning bilim doirasini kengaytiradi, degan xulosaga keladi. Download 146.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling