Mavzu: Abu Muin an Nasafiy islom ilohiyotchisi Reja: Abu Muin an Nasafiy ilmiy me’rosi Allomaning «Bahr al-kalom» asari
Download 427.59 Kb.
|
Abu Muin an Nasafiy islom ilohiyotchisi
Qo‘lyozmalariAbu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. al-Qand fi maʼrifat ulamo Samarqand. — Istanbul. — Sulaymoniya kutubxonasi. — „Turhan Valide Sultan“ fondi. — Qo‘lyozma № 70. — 198 v. Abul Fadl Muhammad ibn Abd al-Jalil as-Samarqandiy. Muntaxab Kitob al-qand. — Parij. — Frantsiya milliy kutubxonasi. — Arab qo‘lyozmalari fondi. — Qo‘lyozma № 6284. — 75 v. Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. Matla an-nujum va-majma al-ulum. — Toshkent. — O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti. — Qo‘lyozmalar asosiy fondi. — Qo‘lyozma № 1462. — 353 v. A llomaning «Bahr al-kalom» asari alohida ahamiyatga egadir. Acapning oltinchi bobidagi fasl (bo‘lim) to‘rt banddan iborat bo‘lib, ulardan birinchisi «al-Imomat» (Imomlikka oid) deb atalgan va shu bandda keltirilgan Payg‘ambar alayhissalomning ikki hadisi katta ilmiy ahamiyatga ega. Birinchisi, «Iqtadu bil-laziyna min ba’diy Abu Bakr va Umar» (bu hadislarni Imom at-Termiziy, Imom ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal va boshqa bir qancha muhaddislar o‘z asarlarida rivoyat qilganlar.) — «Mendan keyin Abu Bakr va Umarga iqtido qilinglar», degan bo‘lishiga qaramay xalifalik ustida ikki kun bahs bo‘lgan. Ikkinchi hadisdagi «Mendan keyin xalifalik o‘ttiz yil, undan keyin amirlik, podshohlik va hokazolar bo‘ladi», degan fikrlari naqadar to‘g‘riligini alohida qayd qilish zarur. Chindan ham bu muddat (ya’ni o‘tgiz yil) choryorlar paytida tugagan. Bu kitob kalom ilmi bo‘yicha al-moturidiyya maktabining asosiylaridan biri hisoblanadi. Chunonchi bu acap ash-shayx Abu Mansur al-Moturidiy acoc solgan islomiy aqidaning eng bosh manbalaridan sanaladi. Ayniqsa, islom dinida turli-tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi paytda bu asarning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos darajada kattadir. Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy o‘z kitobini yaratishda asosiy manba sifatida Imom Abu Mansur al-Moturidiyning «At-Tavhid», Imom Abul Hasan al-Ash’ariyning «Al-Lam’a», «Maqolot al-Islomiyyin», Imom al-Haramayn, Imom Abu al-Maoliy Abdulmaliy al-Juvayniyning «al-Irshod» asarlaridan foydalangan. «Bahr ul-kalom» asari alloma ijodining gultoji hisoblanib, islom dini falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi bo‘yicha eng qimmatli manbalardandir. Bu kitobning bir qancha qo‘lyozma va kitobiy nashrlarining mavjudligi ham uning muhim manbalardan ekanligidan dalolat beradi va uning qimmatli qo‘lyozma nusxalari Dubaydagi Jum’a al-Mojid nomli madaniyat va meros markazida, (1167 hijriy yilda ko‘chirilgan), Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida, Bag‘doddagi «Maktabat al-Avqof»da, Qohiradagi mashhur «Dor ul-kutub»ning qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanadi. Ushbu qo‘lyozmaning 950 hijriy yilda oddiy xat bilan ko‘chirilgan nusxasi Iskandariya (Misr)ning «Maktabat al-baladiyya» nomli kutubxonasida ham bor. Acap muhim manba sifatida ikki marta nashr ham etilgan. Jumladan, 1886 yili Bag‘dodda, 1908 yili Qohirada chop etilgan. Lekin ushbu nashrlar tadqiqotsiz amalga oshirilgan bo‘lib, faqat acap matnidan iborat. «Bahr ul-kalom»ga ayrim sharhlar ham bitilgan. Jumladan, Olim Badruddin Hasan Ibn Abu Bakr Ahmad al-Makdisi (1415 yili vafot etgan) asarga bag‘ishlagan sharhini «G‘oyat al-marom fi sharhi «Bahr al-kalom» deb atagan. Bu sharhning bir qo‘lyozma nusxasi Qohiradagi «Dor ul-kutub»da, boshqasi Misrdagi «al-Maktabat al-Hadyavaya»da saqlanadi. Taniqli arab olimi Hoji Xalifa ham o‘zining mashhur «Kashf uz-zunun» asarida «Bahr ul-kalom»ga yozilgan faqat shu sharh haqida zikr qilgan, xolos.Sirasini aytganda, Buyuk vatandoshimiz Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy hayoti va ilmiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish madaniyatimiz tarixini yoritishda katta ahamiyatga egadir.IX-X asrlarda islom keng tarqalgan Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo o‘lkalarida islom ilohiyoti, falsafasi, kalom ilmi rivoj topdi. Bu sohalarga bag‘ishlangan qator asarlar va kalom masalasi bilan shug‘ullanuvchi yirik mutakalimlar vujudga keldi. Kalom ilmining bir qancha yo‘nalishlari bo‘lib, ulardan al-ash’ariyya va al-moturidiyya yo‘nalishlari g‘oyatda keng tarqalgan. Al-ash’ariyya maktabining asoschisi bag‘dodlik olim Abdul Hasan al-Ash’ariy (873—935), al-moturidiyya maktabining asoschisi samarqandlik taniqli olim Abu Mansur al-Moturidiy (870—944) ta’limotidan saboq olgan an-Nasafiy asosan al-moturidiyya maktabiga mansub G‘azzoliyning maslagiga amal qilgan olimlardan hisoblangan. O‘z navbatida al-Iyjiy (1355- yilda vafot etgan), Sa’duddin at-Taftazoniy (vafoti 1390 yil) va boshqa ko‘plab taniqli olimlar an-Nasafiy ta’limotiga tayangan holda faoliyat ko‘rsatib, kalom ilmida barakali ijod etib, yetuk olimlar darajasiga ko‘tarilganlar.Manbalarda keltirilishicha, an-Nasafiy o‘n beshga yaqin acap yaratgan bo‘lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. Ular quyidagilardir: «Al-U’mda fi usul al-fiqh», «Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom», «Tabsirat al-adilliti fi i’lm al-kalom», «At-Tamhiyd li-qavoi’d at-tavhiyd fi i’lm al-kalom», «Al-O’lim val-muta’llim», «Iyzoh al-mahajatiy li-kovn al-aql hujjatan», «Sharh al-Jomi’ al-Kabir lish-Shayboniy fi furu’», «Manoxij al-aimmati fil furu’», «Mu’taqidot» (Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida Abu al-Mu’iyn an-Nasafiyning bu asaridan bir qo‘lyozma saqlanadi (inv. № 40008/2). Arab tilida yozilgan ushbu acap 52 varaqtsan iborat). Abu Mansur Moturidiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, ulug‘ olim Abul Muin Maymun ibn Muhammad ibn Mo‘‘tamad ibn Muhammad ibn Makhul ibn Fazl Nasafiy milodiy 1027 yili Nasafda tug‘ilgan. Abdulkarim Sam’oniy Abul Muin ismiga “Ibsoniy”ni ham qo‘shib aytadi va Ibson qishlog‘i Qarshi shahridan bir farsah (taxminan 5–6 chaqirim) uzoqlikda joylashganini ta’kidlaydi. Abul Muin Nasafiy shu qishloqda tug‘ilgan. Uning katta bobosi Makhul Nasafiy (vafoti 930 y.) Imom Moturidiyning shogirdlaridan edi. Bobosi Mo‘‘tamid ibn Makhul Nasafiy esa hanafiy olimlar orasida mashhur edi. Abul Muin boshlang‘ich bilimlarni bobosi va otasidan oladi. Keyinchalik Abul Yusr Pazdaviyga shogird bo‘ladi. Abul Muin Nasafiy Buxoro va Samarqandda yashab, samarali ijod qilgan. Uning shogirdlari orasidan Alouddin Samarqandiy, Ibrohim Saffor Buxoriy kabi olimlar yetishib chiqqan.Abul Muin Nasafiy asarlarining ko‘pi kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. “Al-umda fi usulil fiqh”, “Bahrul kalom fi ilmil kalom”, “Tabsiratul adilla fi ilmil kalom”, “At-tamhid li qova’idit tavhid fi ilmil kalom”, “Al-olim val muta’llim”, “Izohul mahajati li kavni ahli hujjatan”, “Sharhul jome’ul kabir lish-Shayboniy fi furu’” va “Mu’taqidot” kabi asarlari shular jumlasidandir.Olimning “Bahrul kalom fi ilmil kalom” asari moturidiya maktabining kalom bo‘yicha asosiy manbalaridan biridir. U o‘rta asrlarda katta shuhrat qozongan, o‘sha davrda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxalari hozir Dubay, Damashq, Bag‘dod, Qohira va Iskandariya kutubxonalarida saqlanmoqda. Olimning ushbu asari uchta katta asari orasida (“Tabsiratul adilla”, “At-tamhid li qova’idit tavhid”, “Bahrul kalom”) birinchi bo‘lib nashr etilgan.Abul Muin Nasafiyning mashhur asarlaridan yana biri “Tabsiratul adilla fi usulid din ala toriqil imom Abu Mansur Moturidiy” (“Din asoslarini imom Abu Mansur Moturidiy tariqatiga binoan dalillar bilan sharhlash”)dir. Nomidan ham ma’lum, asarda moturidiya ta’limoti dalillar bilan sharhlanadi.Allomaning kalom ilmiga oid yana bir mo‘‘jaz kitobi “Kitobut tamhid li qova’idit tavhid” asaridir. Jahon kutubxonalarida kitobning ko‘plab nusxalari saqlanadi. Yaqinda Turkiyada bu asar Istambul kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozmalari asosida qayta nashr etildi.Abul Muin Nasafiy abbosiylar hukmronligi zaiflashib, inqirozga yuz tutayogan davrda yashab ijod qildi. Bu davrda ulkan imperiya bir necha mustaqil mamlakatlarga bo‘linib ketdi, siyosiy ahvol ancha keskinlashdi. Bu holat ilm sohasiga salbiy ta’sir qilmadi. Download 427.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling