Mavzu: Abu Muin an Nasafiy islom ilohiyotchisi Reja: Abu Muin an Nasafiy ilmiy me’rosi Allomaning «Bahr al-kalom» asari


Download 427.59 Kb.
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi427.59 Kb.
#1027452
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abu Muin an Nasafiy islom ilohiyotchisi

Ustozlari.Olim ilmi bo‘yicha o‘zining eng birinchi ustozi sifatida Abul Abbos Mustag‘firiyning nevarasi hofiz Abu Rajo Qutayba ibn Muhammad al-Usmoniy an-Nasafiyni (vaf. 1081 y.) zikr etadi. Abu Rajo Nasafdagi „Bob maqsura“ nomli joydagi juma masjidida imlo darslarini o‘tganida, yosh ilm tolibi Nasafiy umrida birinchi marotaba hadislarni xatga tushira boshladi.
Nasafiy ilk ustozlaridan yana biri — adib, faqih Abul Hasan Ali ibn Muhammad Nasafiy al-Kasbaviy (vaf. 1092 y.) edi. U Nasafiyga ona yurtida adab ilmidan tahsil berdi. Shuningdek, olim al-Qodiy al-Imom al-Xatib Abu Muhammad Ismoil ibn Muhammad an-Nuhiy Nasafiydan (vaf. 1089 y.) Mustag‘firiy rivoyatlarini eshitgan. Nasafiy Nuhiylar sulolasi vakillaridan ayrimlarini o‘z asarida hurmat bilan tilgan olgan.
„Kitob al-qand“ asarida Nasafiyning jami 26 ta nasaflik ustozlariga tegishli tarjimai holni ko‘rishimiz mumkin. Ulardan 18 tasi Samarqandda olimga hadis aytgan. Bundan Nasafiyning Movarounnahrdagi yirik ilm markazi hisoblangan Samarqand shahri ulamolari bilan yaqin ilmiy aloqada bo‘lgani maʼlum bo‘ladi.
Haj safari davomida olimga Bag‘dodda hadis rivoyat qilgan Abul Qosim ibn Bayon va Abul Abbos Muhammad ibn Yunus al-Kudaymiy, Saraxsda hadis rivoyat qilgan Abul Fadl Muhammad ibn Ahmad as-Soig‘iylarni ham kabi ulamolarni ham uning ustozlari qatorida sanab o‘tish mumkin.
Nasafiy Buxoroga borib u yerda ash-Shayx al-Imom ar-Rais Said ibn Muhammad al-Xorazmiy kabi mudarris shayxlardan fiqh ilmidan tahsil olgan.
Olim hadis ilmi borasida Movarounnahrning yetakchi muhaddislari bilan muloqotda bo‘lib, dars oldi. O‘zining eʼtirof etib aytishicha, 550 shayxdan hadis rivoyat qilgan. Yana u barcha ustozlari nomlarini „Ti’dod ash-shuyux li-Umar mustatrif alo-l-huruf mustatir“ („Alifbo tartibida berilgan Umarning ustozlari sanog‘i“) asarida birma-bir sanab o‘tganini taʼkidlaydi. O‘sha davrda mashhur bo‘lgan mazkur asar, afsuski, bizgacha yetib kelmagan.
Nasafiyga ko‘plab hadislarni o‘rgatgan ustozlari orasidan Abu Ali al-Hasan ibn Abdulmalik ibn Ali ibn Muso ibn Isrofil Nasafiy (XI-XII asrlar), Umar ibn Ahmad ibn Muhammad ibn ash-Shabib ash-Shabibiy ad-Dizakiy (v. 1117-18), Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad an-Nofila (v. 1109-10) nomlarini alohida taʼkidlab o‘tish lozim.
Jumladan, birinchi ustozi Hasan ibn Abdulmalik Nasafiyning nomi olimning „Kitob al-qand“ asarida 135 o‘rinda zikr etiladi. Nasafiy bu ustozidan Abul Abbos Mustag‘firiyning maʼlumotlarini rivoyat qilgan. Mustag‘firiy „ulum al-hadis“ sohasidagi yirik olimlardan bo‘lib, bevosita „al-jarh va-t-taʼdil“, yaʼni hadislarni ishonchli yoki zaifga ajratish ilmining bilimdoni bo‘lgan. Uning bu sohada olib borgan tadqiqotlari natijalari avvalambor „Tarixi Nasaf“da jamlangan. Bu asarni Abu Saʼd as-Sam’oniy ikki jildli katta kitob, deb tavsiflaydi. Demak, Nasafiy olim Mustag‘firiy maʼlumotlarini bir kishi vositasida naql etadi.
Ikkinchi ustozi — Umar ibn Ahmad ash-Shabibiy ad-Dizakiy. U o‘z ustozi Umar ibn Ahmad al-Forisiydan (v. 1062-63) olgan bilimlarini Nasafiyga yetkazgan. Movarounnahr ilm-fani tarixiga oid yozilgan „Kitob al-kamol fi maʼrifat ar-rijol bi-Samarqand“ („Samarqand ulamolaridan hadis roviylarini bilish bo‘yicha mukammal kitob“) asaridagi maʼlumotlarni Nasafiy aynan shu ustozidan olgan. Mazkur asar Abu Saʼd Abd ar-Rahmon ibn Muhammad al-Idrisiy (v. 1015) tomonidan yozilib, „Kitob al-kamol“ boshqa mualliflar qatori Nasafiyga asosiy yozma manba bo‘lib xizmat qilgan.
Uchinchi ustozi — Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad an-Nofila as-Samarqandiy (v. 1109-10). Nasafiy „Kitob al-qand“da 45 o‘rinda uning maʼlumotlaridan foydalangan. Ammo Nasafiyning asarida mashhur muhaddis hofiz Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh an-Najjorning nevarasi bo‘lmish ushbu ustozi haqida uning vafot etgan yilidan boshqa to‘liqroq maʼlumot bizga yetib kelmagan.
Nasafiy yuzlab ustozlardan hadis rivoyat qilishidan maʼlum bo‘ladiki, olim yoshligidan boshlab bu ilm bilan shug‘ullanishga jiddiy eʼtibor bergan. Uning ustozlari orasida Nasaf, Samarqand kabi Movarounnahrdan chiqqan va islom olamida mashhur bo‘lgan olimlarni uchratish mumkin.

Download 427.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling