Mavzu: Abu Muin an Nasafiy islom ilohiyotchisi Reja: Abu Muin an Nasafiy ilmiy me’rosi Allomaning «Bahr al-kalom» asari


Download 427.59 Kb.
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi427.59 Kb.
#1027452
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abu Muin an Nasafiy islom ilohiyotchisi


Mavzu: Abu Muin an Nasafiy islom ilohiyotchisi
Reja:
1. Abu Muin an Nasafiy ilmiy me’rosi
2. Allomaning «Bahr al-kalom» asari
3. Abu Muin an Nasafiyning qo‘lyozmalari


Kirish.


Azaldan jonajon yurtimiz dunyoga ko’plab sohalarda buyuk olimlarni yetishtirib bergan. Bu ulamolar o’z yo’nalishlarida ulkan yutuqlarga erishgan. Shu qatorida kalom ilmi ham ravnaq topdi. Bu ilmda juda ko’plab olimlar ijod qilgan. Ushbu yo’lda hizmat qilgan yetuk allomalardan biri ulug‘ olim, ahli sunna val jamoa peshvosi, Abu Mansur Moturidiy maktabining atoqli namoyondasi, mutakallimlar tili va boshqa unvonlar sohibi Abul Muin Nasafiydir. Uning asl ismi Abul Mu’in Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Mo‘tamad ibn Muhammad ibn Makhul ibn Fazl Nasafiy Makhuliydir. Milodiy 1027- yili yoki 1038-yili( hijriy 418- yoki 438- yili) Nasafda tug‘ilgan. Abdulkarim Sam’oniy Abul Muin ismiga “Ibsoniy”ni ham qo‘shib aytadi. Ibson qishlog‘i Qarshi shahrida joylashganini ta’kidlaydi. Abul Muin Nasafiy shu qishloqda tug‘ilgan. U kishiga Makhuliy deb nisbati berilishi katta bobolari sabablidir. Katta bobosi Makhul Nasafiy (vafoti 930 y.) Imom Moturidiyning shogirdlaridan biri edi. Bobosi Mo‘tamid ibn Makhul Nasafiy esa hanafiy olimlari orasida mashhur edi. Imom Nasafiy ilmga qiziqtirgan inson uning otasi Muhammad ibn Mo’tamad bo’lgan. U o’z shahrining peshvo ulomolaridan edi. Hatto Imom Nasafiy ba’zi sanadlarni rivoyat qilganda otasini ismini ham qo’shib aytar edi. Muhammad ibn Mo’tamad bir qancha kitob ta’lif etgan. “Lu’lu’yot fil mavo’iz”, “Lubob”, “Roddu a’la ahli bida’i val ahvai” (bid’atchi va hayolparastlarga raddiya) shular jumlasidan hisoblanadi. Boshlang‘ich bilimlarni bobosi so’ngra otasidan oladi. Keyinchalik Abul Yusr Pazdaviyning shogirdi bo‘ladi. Imom Nasafiy kalom ilmida yetuk olim sifatida salaf va xalaf o’rtasida ko’prik vazifasini bajargan va Moturidiyya yo’nalishini rivoj topishida ulkan xizmatlar qilgan.


Nasafiy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (1069-1142) — tarixchifaqihtilshunosmuhaddismufassir olim.Uning musulmon qonunshunosligiga doir „al-Manzumat an-nasafiya fil-xilofiyot“ („Kelishmovchiliklar borasida Nasafiyning nazmiy asari“), „Aqoid an-nasafiy“ („Nasafiy aqoidi“), shariat qonunlari va Qurʼoni karim sharhiga doir „al-Yavoqit fil-mavoqit“ („Qulay vaqtlar xususida yoqutlar“), 3 kitobdan iborat (100 bosma taboq hajmida) „Taysir fit-tafsir“ („Tafsir etishdagi qulayliklar“), shuningdektasavvufga doir „Risolayi Najmiya“ kitobi bizgacha yetib kelgan boʻlib, ular yetarli tadqiq etilmagan. Musulmon olamida Nasafiy asarlariga qiziqish qadimdan katta boʻlgan. Uning „al-Manzumat un-nasafiya“ asariga zamondoshi Alouddin Abulmujohid Muhammad Samarqandiy (?) (vaf. 1157 y.) „Hasrul-masoil va kasrud-daloyil“ („Masalalarning cheklangani va dalillar kasri“) deb nomlangan sharh bitgan. Sohibqiron Amir Temur davri olimlaridan Saʼduddin Masʼud ibn Umar Taftazoniy (vaf. 1390 y.) Nasafiyning „Aqoid an-Nasafiy“ asariga „Sharh ul-aqoid un-nasafiya“ nomli sharh yozgan. Nasafiyning „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ "Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand(dek shirin) kitob"] nomli asari, asosan, samarqandlik mashhur kishilar hayoti va faoliyati hamda ular rivoyat qilgan hadislarga bagʻishlangan. Unda Movarounnahr tarixi, toponimikasi hamda Islom tarixiga doir muhim maʼlumotlar mavjud. Asarga kiritilgan mashhur shaxslar tarjimai holi arab alifbosi tartibida joylashtirilgan boʻlib, uning bizgacha yetib kelgan qoʻlyozma nusxasining „xo“dan „kof“ harflarigacha boʻlgan qismigina saqlanib qolgan. Shunday boʻlsada, bu asar mustaqil yurtimiz oʻtmishiga doir boʻlak manbalarda uchramaydigan maʼlumotlarga ega ekanligi boisidan nihoyatda muhimdir. „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ davlat ilmiy nashriyoti Nasafiyning ushbu asarining qisqartirilgan holdagi oʻzbekcha tarjimasini „Samarqandiya“ nomi ostida chop etgan (2001).

Download 427.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling