Reja: Tarjimayi holi


Download 32.34 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi32.34 Kb.
#243552
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Nasafiy


Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (Nasafiy)

Reja:

  1. Tarjimayi holi

  2. Ustozlari

  3. Shogirdlari

  4. Asarlaridan namunalar

Nasafiy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (1069-1142) — tarixchifaqihtilshunosmuhaddismufassir olim. Uning musulmon qonunshunosligiga doir „al-Manzumat an-nasafiya fil-xilofiyot“ („Kelishmovchiliklar borasida Nasafiyning nazmiy asari“), „Aqoid an-nasafiy“ („Nasafiy aqoidi“), shariat qonunlari va Qurʼoni karim sharhiga doir „al-Yavoqit fil-mavoqit“ („Qulay vaqtlar xususida yoqutlar“), 3 kitobdan iborat (100 bosma taboq hajmida) „Taysir fit-tafsir“ („Tafsir etishdagi qulayliklar“), shuningdektasavvufga doir „Risolayi Najmiya“ kitobi bizgacha yetib kelgan boʻlib, ular yetarli tadqiq etilmagan. Musulmon olamida Nasafiy asarlariga qiziqish qadimdan katta boʻlgan. Uning „al-Manzumat un-nasafiya“ asariga zamondoshi Alouddin Abulmujohid Muhammad Samarqandiy (?) (vaf. 1157 y.) „Hasrul-masoil va kasrud-daloyil“ („Masalalarning cheklangani va dalillar kasri“) deb nomlangan sharh bitgan. Sohibqiron Amir Temur davri olimlaridan Saʼduddin Masʼud ibn Umar Taftazoniy (vaf. 1390 y.) Nasafiyning „Aqoid an-Nasafiy“ asariga „Sharh ul-aqoid un-nasafiya“ nomli sharh yozgan. Nasafiyning „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ ["Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand(dek shirin) kitob"] nomli asari, asosan, samarqandlik mashhur kishilar hayoti va faoliyati hamda ular rivoyat qilgan hadislarga bagʻishlangan. Unda Movarounnahr tarixi, toponimikasi hamda Islom tarixiga doir muhim maʼlumotlar mavjud. Asarga kiritilgan mashhur shaxslar tarjimai holi arab alifbosi tartibida joylashtirilgan boʻlib, uning bizgacha yetib kelgan qoʻlyozma nusxasining „xo“dan „kof“ harflarigacha boʻlgan qismigina saqlanib qolgan. Shunday boʻlsada, bu asar mustaqil yurtimiz oʻtmishiga doir boʻlak manbalarda uchramaydigan maʼlumotlarga ega ekanligi boisidan nihoyatda muhimdir. „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ davlat ilmiy nashriyoti Nasafiyning ushbu asarining qisqartirilgan holdagi oʻzbekcha tarjimasini „Samarqandiya“ nomi ostida chop etgan (2001)


Download 32.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling