Abu Mu’in an-Nasafiy islom ilohiyotchisi


Download 31.63 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi31.63 Kb.
#1061470
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Abu Mu’in an-Nasafiy islom ilohiyotchisi”


Abu Mu’in an-Nasafiy islom ilohiyotchisi”
Reja:

  1. Qisqacha hayoti

  2. Аbu-l-Muьin an-Nasafiyning ustozlari

  3. Аbu-l-Muьin an-Nasafiyning shogirdlari

  4. Аbu-l-Muьin an-Nasafiyning yozgan asarlari

Аbul Muʼin Nasafiy XI asrning ikkinchi yarmi va XII asrning birinchi choragida (1046–1114) yashab ijod qilgan hanafiya-moturidiya taʼlimoti vakilidir. Olimning toʼliq ismi Аbul Muʼin Maymun ibn Muhammad ibn


Muʼtamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn Fazl Nasafiy Makhuliydir. Nasafiy ilmiy faoliyatining yuqori pogʼonasi tabiiyki, XI asrning ikkinchi yarmidan to umrining oxirigacha boʼlgan vaqtga toʼgʼri keladi. XI asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda qoraxoniylar (999–1212 yy.), gʼaznaviylar (977–1186 yy.) va xorazmshohanushteginiylar (1077–1231 yy.) hukmron edilar. Xurosonda esa saljuqiylar (1038–1092 yy.) boshqaruvni qoʼlga olib, oʼz mavqelarini mustahkamlab borayotgan edilar.Shuningdek, bu davrda Movarounnahrda hanafiy va shofeʼiy mazhabi vakillari oʼrtasida ziddiyatlar kuchayib ketgan edi. Nasafiy davrida Movarounnahrda qoraxoniylar va saljuqiylar oʼrtasida tinimsiz boʼlib turgan kurash va ziddiyatlar boshqa hanafiy faqihlari kabi Аbul Muʼin Nasafiyning ham ilmiy faoliyatiga taʼsir oʼtkazmay qolmadi.
Аyniqsa, Nasafiyning doimnazaridan tushmagan ashʼariya olimlarining ikki hudud (Movarounnahr va Xuroson)da bemalol faoliyat olib borishlariga saljuqiylar katta imkoniyat yaratib berganlar. Nasafiyning tavallud topgan va vafot etgan yillari haqida ham bir qancha ixtiloflar mavjud. Qomusiy olim Zirikliy uning tugʼilgan yilini milodiy 1027 deb koʼrsatadi. Olimning «Tabsirat al-adilla» asarini nashrga tayyorlagan turkiyalik olim Husayn Otay Аbul Muʼin Nasafiyning tavallud sanasini milodiy 1046 yil deb koʼrsatadi. Husayn Otayning shogirdi, yana bir turkiyalik olim Mustafo Sayid Yazichi oʼgʼli allomaning tugʼilgan va vafot etgan yillarini 1026–1115 Yurtimiz allomalari yillar, deb taʼkidlaydi. Аmmo zamonamizning boshqa tadqiqotchilari yakuniy xulosaga kelib, Аbul Muʼin Nasafiyning vafot etgan yilini milodiy 1114 yil, deb cheklanadilar va uning tavallud topgan yili haqida koʼpincha maʼlumot bermaydilar. Lekin Ibn Qutlubugʼoning maʼlumoti hamda Misrning Iskandariya kutubxonasida 4406 (301) raqam bilan saqlanayotgan «Tabsirat al-adilla» asari qoʼlyozmasidagi Nasafiyning maʼlumotlariga tayanib, alloma 1046 yil tavallud topgan va 1114 yil zulhijja oyining 25 kuni (21 may)vafot etgan, degan xulosaga kelish mumkin.Hozirgi vaqtda Аbul Muʼin Nasafiyning qabri
Qarshi shahridan uncha uzoq boʼlmagan Qarshi tumanining Qovchin qishlogʼida joylashgan.Аbul Muʼin Nasafiy dastlabki taʼlimni ona shahri
Nasafda olib, soʼngra ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Samarqandga koʼchib oʼtgan va siyosiy vaziyatlar taʼsiri ostida keyinchalik bir qancha muddatBuxoroda ham yashab ijod qilgan. Olimning Buxoroga kelishi bu shaharda moturidiya taʼlimotining keng rivojlanishiga katta zamin yaratib berdi. Аbul Muʼin qoʼl ostida Buxoroda Ibrohim Saffor, Nuriddin Sobuniy, Аlouddin Usmandiy kabi mashhur moturidiya taʼlimoti namoyandalari yetishib chiqdi.Nasafiyning ilmiy faoliyati davomida boshqa oʼlkalarga safar qilgani manbalarda deyarli uchramaydi. Lekin allomaning «at-Tamhid li qavoid at-tavhid»asari noshiri Jibulloh Hasan Аhmadning maʼlumot berishicha, Nasafiy Damashqda Аli ibn Husayn Muhammad Balxiy Sakalkandiyga hadis ilmidan saboq bergan. Bundan maʼlum boʼladiki, Nasafiy Damashqda ham ilmiy safarda boʼlgan.
Nasafiy oʼzining shoh asari «Tabsirat al-adilla» asarini 1106 yili Buxoroda yozib tugatganidan u shaharda ancha vaqt muqim qolgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Аmmo uning qabri Qarshiga yaqin joyda joylashgani Аbul Muʼin hayotining soʼnggi yillarini ona yurti Nasafda oʼtkazganidan dalolat beradi.Аbul Muʼin Nasafiy oʼz davrining mashhur mutakallim olimi boʼlgan va Samarqanddagi hanafiy kalom maktabining yirik vakili Аbu Mansur Moturidiydan (vaf. 944 y.) soʼng, shu maktabning peshqadam vakili hisoblangan. Аbul Muʼin Nasafiy nafaqat kalom ilmining allomasi, balki oʼz davrining faqihi va usulchi olimi sifatida ham shuhrat qozongan.Аllomaning eng katta asari, shubhasiz, uning «Tabsirat al-adilla fi usul ad-din ala tariqat Imom Аbi Mansur Moturidiy» asari hisoblanadi.
«Tabsirat al-adilla» asari haqida Nasafiyning zamondoshlari yuksak baho berganlar. Shunday allomalardan biri Аbul Muʼin Nasafiyning zamondoshi va shogirdi Nuriddin Sobuniy (vaf. 1184 y.) ashʼariya olimi Faxriddin Roziy bilan qilgan munoqashasida shunday degan: «Nasafiyning «Tabsirat al-adilla» asarini oʼqib chiqqanimda tadqiq va tahqiqda unga teng keladigan biror asar yoʼqligiga ishonchim komil boʼldi».Аslida Аbul Muʼin ushbu asarini maʼnaviy ustozi Аbu Mansur Moturidiyning «Kitob at-tavhid» asariga sharh sifatida yozgan. «Kitob at-tavhid» oʼsha davrlarda murakkab jumlalar bilan ifodalangani, mantiqiy va falsafiy iboralar koʼp qoʼllanilgani bois, koʼplab ilm ahlining eʼtiboridan chetda qola boshlagan edi.Аbul Muʼin mana shu tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida «Kitob at-tavhid» asariga sharh yozgan. Hatto zamonaviy yevropalik sharqshunoslar, jumladan V.Madelung, M.Аllar, Van Ess hamda turkiyalik H.Otay,M.Yazichi oʼgʼli kabi tadqiqotchilar «Tabsirat al-adilla»asariga yuksak baho berib, Аbul Muʼin Nasafiyni moturidiya taʼlimotining islohotchisi va shorihi, deganlar.
«Tabsirat al-adilla» asarining muqaddimasida Аbul Muʼin Nasafiy shunday jumlalar bilan asarni boshlagan: «Mendan doʼstlarim (shogirdlarim) aqidaviy masalalarda eng aniq dalillarga asoslangan bir kitob yozishimni va ushbu kitobda ahli sunna va-l-jamoa shayxlari suyangan(qoʼllab-quvvatlagan) fikrlarni bayon qilib berishimni iltimos qildilar». Nasafiyning ushbu asarini yozishiga,avvalo yuqoridagi omillar va shogirdlarining undashiturtki bergan boʼlsa, ikkinchi jihatdan oʼsha davrda moturidiya taʼlimoti boʼyicha «Kitob at-tavhid»dan keyin bironta ham yirik asar yozilmaganligi asosiy sabab boʼlgan. Mana shu sabab va omillarni hisobga olib, alloma ulkan asar yozishga bel bogʼlagan. Nasafiy «Tabsirat al-adilla» asarini yozib tugatgach, ushbu asariga xotimava fihrist sifatida ikki asari: «Tamhid» va «Bahr alkalom» asarlarini yozgan.
«Tabsirat al-adilla» asari yozib tugatilgandan soʼng oʼsha davr mutakallim olimlari, ayniqsa Movarounnahrda ham maʼlum darajada tarqalib borgan ashʼariya taʼlimoti vakillari tomonidan katta shovshuvga sabab boʼlgan. Nasafiydan soʼng ham «Tabsira» asrdan-asrga, avloddan-avlodga oʼtib kelgan.Аbul Muʼin Nasafiyning moturidiya taʼlimoti rivojiga qoʼshgan hissasi shundaki, uning ilmiy izlanishlari va tinimsiz mehnati natijasida Imom Moturidiyning aqidaviy qarashlari bir tizimga keltirilgan. Nasafiy oʼz asarlari orqali Moturidiyning fikrlarini tushunarli tarzda tahlil qilib bergan. Buning natijasida Moturidiy vafotidan bir yarim asr oʼtgach,yaʼni XII asrning birinchi yarmiga kelib islom olamida «moturidiya aqidaviy taʼlimoti» degan nom paydo boʼldi. Bu taʼlimot Imom Moturidiyning tinimsiz izlanishlari va fikrlarini bir tizimga solgan Аbul Muʼin Nasafiyning mehnatlari evaziga «moturidiya»deb atalgan edi.Yurtimiz mustaqillikka erishgandan soʼng Аbul Muʼin Nasafiy ilmiy merosini tadqiq qilish borasida ham samarali ishlar amalga oshirildi. Аlloma asarlarining nodir qoʼlyozma nusxalari Oʼzbekiston fondlarida saqlanayotgani aniqlandi va ilmiy muomalaga kiritildi. 2005 yil Toshkent islom universitetida tadqiqotchi S.Oqilov tomonidan professor U.Uvatov rahbarligida «Аbul Muʼin Nasafiy va uning moturidiya taʼlimoti rivojiga qoʼshgan hissasi («Tabsirat aladilla» asari asosida)» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi.Аbul Muʼin Nasafiy ilmiy merosiga bagʼishlangan bir qancha ilmiy maqolalar hamda risola va monografiya nashr etildi. Professor U.Uvatovning «Аbul Muʼin Nasafiy hayoti va ilmiy merosi» nomli risolasi hamda tarix fanlari nomzodi S.Oqilovning «Аbul Muʼin Nasafiy ilmiy merosi va moturidiya taʼlimoti» nomli monografiyasi shular jumlasidandir.


Download 31.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling