Mavzu: abu nasr farobiyning pedagogik qarashlari


Download 328.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana26.12.2021
Hajmi328.79 Kb.
#183282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5447293788722563813

Kurs  ishining  hajmi:  Kurs  ish  kirish;  2  bob,  6  band  ,  xulosa  va 

foydalanilgan adabiyotlardan iborat.  

 

 

 



 

 

 



I. ABU NASR FAROBIYNING HAYOTI VA 

QARASHLARI 

1.1. Farobiyning hayot yo’li 

Abu Nasir Muhammad ibn Muhammad ibn O`zlug` ibn Tarxan Farobiy 

260 hijriy (873-874 milodiy) yilda Farob shahrida tug`ilgan. 

 

Farobiynnig shaxsiy hayoti haqida bizgacha juda kam ma`lumotlar 



yetib kelgan. Bu ma`lumotlardan shu narsa aniqlanadiki, uning otasi turk 

qabilalaridan (o`g`iz yoki qorliq) bo`lib, u harbiy kishi edi. Iste`dodli va 

zehni  o`tkir  bo`lgan  Farobiy  yoshligidanoq  ilm-ma`rifatga  astoydil 

qiziqadi. 

 

Ma`lumki,  IX  asrlarda,  ya`ni  Farobiy  yashab,  ijod  qilgan  davrda 



O`rta  osiyo  to`la  Arab  xalifaligining  bir  qismiga  aylantirilgan  edi. 

G`oyaviy  dunyoda  esa  islom  siyosiy  ideologiyasi  hukmronlik  qilib, 

maktab,  madrasa  va  maschitlarda  asosan  arab,  fors  tillarida  yozilgan 

diniy  kitoblar  o`qitilar  edi.Arab  xalifaligining  markaziy  shaharlari-

Bog`dod  va  Damashqda  ilm-fan  boshqa  shaharlarga  nisbatan  taraqqiy 

qiladi.    Shuning  uchun  ham  Farobiy  boshqa  zamondoshlari  kabi  arab 

tilini  o`rganadi  va  Bog`dod  shahrining  yetuk  ensiklopedist  olim 

darajasiga ko`tariladi. 

 

IX asrda Bog`dod iqtisodiy, siyosiy, madaniy  markazlardan biriga 



aylangan  bo`lib,  uning    bozorlarida  Sharq  va  arab  mamlakatlarilan 

keltirilgan  kamyob  mollarni  ko`plab  uchratish  mumkin  edi.  Bu 

shaharning  kitobxonalarida  turli  davlatlar  va  turli  tillarda  chop  etilgan 

kitoblar  ham  bor  edi.  Eng  muhimi  Bog`dod  olimlari,  san`atkorlar, 

tarixchilar to`plangan yirik markaz edi. 



 

 



Farobiy  ko`plab  xorijiy  tillarni  o`rganib,  ular  orqali  Platon 

Aristotel  kabi  buyuk  mutafakkirlarning    ilmiy  merosidan  bahramand 

bo`ladi.  U  matematika,  meditsina  kabi  tabiiy  fanlar  bilan  bir  vaqtda 

filosofiya,  logika,  siyosat,  davlat  haqidagi  ijtimoiy  fanlarning  sohalari 

bilan  ham  shug`ullanadi  va  o`zining  yuzdan  ortiq  asarlarini  yozib 

qoldiradi. 

 

Farobiy  kamtar,  tartinchoq  kishi  bo`lib,  mulki  ham,  boyligi  ham 



bo`lmagan.  U  umrini  ilm  sohalarini  o`rganishga,  kitoblar  yozishga 

sarflagan  progressiv  mutafakkir  edi.U  o`z  vatanidan  uzoqlashib 

ketishiga qaramasdan, o`z ona tili – turkiy tilni unitmagan va o`z milliy 

kiyimida  yurgan,  milliy  odatlarga  rioya  qilgan.  U  o`zining  yuksak  ilmi 

bilan  hammani  hayratda  qoldirgani  uchun  ham  xalq  orasida  «mua`limi 

soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan mashhur bo`lgan. 

 

Farobiy  bizga  juda  katta  ijodiy  meros  qoldirgan.  Bu  asarlarning 



to`liq  ro`yxati  bo`lmasada,  ilmiy  adabiyotlarda  u  130-160  dan  ortiq 

asarlar  yaratgani  haqida  fikrlar  mavjud.  Farobiy  to`g`risida  sharq 

adabiyotida  turli-tuman  hikoya,  afsonalar  mavjud  bo`lib,  ularning 

barchasida mutafakkirning o`z zamonasi fanning turli  sohalari bo`yicha 

chuqur  bilimga  ega  bo`lganligi  haqida  va  u  juda  ko`plab  tillarni 

bilganligi haqida hikoya qilinadi. 




Download 328.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling