Mavzu: abu nasr farobiyning pedagogik qarashlari


Farobiyning diniy qarashlari


Download 328.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana26.12.2021
Hajmi328.79 Kb.
#183282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5447293788722563813

1.5. Farobiyning diniy qarashlari. 

 

Farobiyning  din  haqidagi  g`oyalari  ham  xarakterlidir.  Uning 



fikriga  ko`ra  din  jamiyatni  idora  qilish  uchun  zarur  bo`lib,  asosiy 

vazifasi  jamiyat  uchun  xizmat  qilish  kerak.  Uningcha,  har  qanday  din 

inson  baxt-sodati uchun xizmat qilishi kerak. 

 

Mutafakkir  dinlarni  bir-birlariga  qarshi  qo`ymasdan  har  xil 



davlatlarda,  xalqlarda  turli  xil  dinlar  mavjud  bo`lishi  mumkin  deb 

hisoblaydi.  Ularning  asosiy  vazifasi  ijtimoiy  tartib,  baxtli  hayot  qurish 

uchun  xizmat  qilishdan  iboratdir.  U  dinni  insonlarning  manfaatidan, 

davlatdan  ustun  qo`ymasdan,  aksincha  u  grajdanlar  davlatning 

vazifalarini  amalga  oshirishda  yordamchi,  xizmat  qiluvchi  qurol 

bo`lishini  aytadi.  Farobiy  islomdagi    turli  dogmatik  qarashlarni,  diniy 

qoidalarni  tanqid  qiladi  va  o`rta  asrlarning  buyuk  gumanisti  sifatida 

maydonga  chiqadi.  O`zining  «Ixso  al-ulum»  asarida  mutakallimlarning 

diniy  masalalarini  hal    qilishdagi  noto`g`ri  mutodlarini,  obyektiv 

holatdan chetga chiqib ketayotganliklarini ochib tashlaydi. 

 

Farobiy davlat formasi masalalariga ham to`xtab, shoh donishmand 



bo`lishi va u o`z lovazimiga loyiq kishi bo`lishini e`tirof etadi. Bu bilan 

Farobiy  taxtni  otadan  baloga  o`tib  kelishi  (meros)huquqini  qoralab, 

davlat  boshlig`i  o`z  lavozimiga  mansub  bo`lgan  shaxs  bo`lishligini 

yoqladi.  

 

Ma`lumki,  sharq  davlatlarining  shakli  asosan  mutloq  monarxiya 



bo`lib,  bu  ko`p  asrlar  davomida  saqlanib  qolgan.  Islom  dini  davlatning 

bu  shaklini  yanada  mustahkamlab  –  shoh  xudoning  yerdagi  soyasi, 

vakili degan g`oyani kishilar ongiga singdirib yuborgan. 

 

Farobiy  ham  o`zining  siyosiy  qarashlarida  monarxiya  davlat 



formasidan voz kecha olmaydi. Uning fikriga ko`ra, davlat boshlig`i har 

tomonlama  yetuk  shaxs  bo`lishi  kerak.  Ammo  bu  yerda  shuni  aytish 




 

15 


kerakki, Farobiy monarx to`g`risida gapirar ekan uning oldiga 12 talabni 

qo`yadi.  Ideal  davlat  boshlig`i  haqiqatni  sevuvchi  va  uning  uchun 

kurashuvchi,  boylikka  xirs  qo`ymaydigan,  adolatsizlik  va  jabr-zulm 

qiluvchilarga  qarshi  kurashuvchi,  botir,  jasur  bulishi  kerak  deb 

hisoblaydi.  Bu  yerda  shu  narsa  xarakterliki,  Farobiyning  o`zi  ham  ana 

shu 12 fazilatning hammasi yagona bir kishida  bo`lishiga shubhalanib, 

davlatni  bir  kishi  emas,  balki  bir  necha  kishi  boshqarishi  kerak  degan 

g`oyani  ilgari  suradi.  Bu  yerda  biz  Farobiyni  monarxiya  formasi 

doirasida cheklanib qolmasdan, balki o`z zamonidan ilgarilab ketganini 

ko`ramiz. 

 

Lekin  Farobiy  ham  o`z  davrining  farzandi  bo`lganligi  sababli 



davlat  va  huquqning  mohiyati,  formasi  kabi  masalalarni  yechishda  o`z 

zamoniga  nisbatan  progressiv  bo`lsada,  lekin  ularning  asosiy  sababini 

mohiyatini yechishda tarixiy cheklanishlarga yo`l qo`yadi. 

 

Uning  ushbu  masalalardagi  fikrlari  ko`proq  utopik  xarakterda 



bo`lib,    kelajakda  adolatli  (fazilatli)  davlatlarni  va  ularning  rahbarlari 

xalq  orasidan  chiqqan  donishmand  shaxslar  bo`lishini  orzu  qilish  bilan 

cheklanadi. 

 

Davlat,  huquq,  din  odamlarni  hayotini    yaxshilashi,  ularni  baxt-



saodat,  tinchlik  bilan  ta`minlashi  uchun  xizmat  qilishi  kerak  degan 

fikrlarni  ilgari  surgan  va  mamlakatda  progressiv  siyosiy  fikrning  diniy 

dogmalariga    qarshi  rivojlanishida  gumanistik  g`oyalarning  omma 

orasida  keng  tarqalishi  progressiv  mutavakkirlarning  siyosiy-huquqiy 

qarashlari taraqqiyotda muhim rol o`ynaydi. 


Download 328.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling