Mavzu: Abu Rayhon Beruniyning ta’lim tarbiyaviy qarashlari Reja Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi Abu Rayhon Beruniyning asarlari Abu Rayhon Beruniyning pedagogic as
Download 1.31 Mb.
|
12-m ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy
Mavzu:Abu Rayhon Beruniyning ta’lim- tarbiyaviy qarashlari Reja 1. Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi 2. Abu Rayhon Beruniyning asarlari 3. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik asarlariga tafsifAbu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentabr, 973, Kat (hozirgi Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani), Xorazm, — 13-dekabr, 1048 Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. Al-Beruniy nomi forscha „birun“ (“chet” degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi.Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentabr, 973, Kat (hozirgi Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani), Xorazm, — 13-dekabr, 1048 Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. Al-Beruniy nomi forscha „birun“ (“chet” degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi.Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini oʻrgandi. Iroqiylarning oxirgi vakili Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. U ijtimoiy soxaga bag‘ishlab maxsus asarlar yozmagan, biroq uning barcha asarlarida ta‘limtarbiya, odob va axloq, masalalariga doir butun bir pedagogic qarashlar sistemasiga duch kelamiz. Beruniyning o‘zi tibbiyot tadqiqotchisi sifatida mashxur bo‘lishiga qaramay, uning ijtimoiy hodisalar tadqiqotiga bag‘ishlangan faoliyati o‘zining keng ko‘lamligi, chuqur va mantiqan izchilligi bo‘lgan ko‘p olimlarning xayratiga sazovor bo‘lgan. ―Beruniy ilmiy merosida u yaratgan tabiatni o‘rganish va bilish metodi katta o‘rin egallaydi. Bu uning dunyoviy va ilmiy fanlarga bo‘lgan munosabatini ham belgilab bergan.Beruniy ilmiy metodni xarakterli xususiyati sifatida uning obyektivli kuzatish, tajribalarga tayanish, og‘zaki va yozma yodgorliklarni o‘rganish, faktlarga tanqidiy yondashish, ularni allaqachon ma‘lum bo‘lgan haqiqat bilan chatishtirish, mantiqan umumlashtirishga, aqliy umumlashtirishdan nazariya hosil qilish kabi ilmiy operatsiyalarni, usul va metodlarni ko‘rsatib o‘tadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling