Mavzu: Adabiy-nazariy tafakkur tarixidan


Alisher Navoiyning adabiy-nazariy qarashlari aks etgan asarlar


Download 9.17 Kb.
bet3/4
Sana16.02.2023
Hajmi9.17 Kb.
#1203546
1   2   3   4
Bog'liq
Phd g’aipova Hulkarning “Boburnoma”asari qomusiy asar sifatida” -www.hozir.org

Alisher Navoiyning adabiy-nazariy qarashlari aks etgan asarlar:

“Lison ut-tayr”


“Mezon ul-avzon”
“Mufradot”
“Majolis un-nafois”
Memuar asarlari

Mumtoz poetika asoslari


  • Poetika (yun. poietike — poetik sanʼat) — badiiy asarlarda ifoda vositalari tizimi haqidagi fan, eng qadimgi adabiyotshunoslik fani. Keng maʼnoda poetika adabiyot nazariyasi tushunchasiga toʻgʻri keladi. Adabiyot nazariyasi sifatida poetika adabiy tur va janrlar xususiyatini, oqim va yoʻnalishlar, uslub va metodlarni oʻrga-nadi hamda badiiylik darajasi oʻrtasidagi ichki bogʻlanish va oʻzaro munosabat qonuniyatlarini tadqiq etadi.

Mumtoz Sharq adabiyotida poetika

1.Ilmi aruz


2.Ilmi qofiya

3.Ilmi bade


G‘arb adabiy-nazariy tafakkuri tarixidan


  • Antik yunon madaniyatining arxaik davrlariga mansub Gomer, Gesiod, Pindar singari ijodkorlarning asarlaridayoq adabiyot haqidagi qarashlarga duch kelinadi. Aniqrog'i, bu asarlar mualliflarning adabiyotni qanday tushunganlari haqida tasavvur bera oladi.

  • Adabiyotning vazifalari, uning insonga ta'siri masalalariga ham juda qadim zamonlardayoq diqqat qilingan. Bu haqda Gesiodning (mil.av.VII-VI asrlar) "Teogoniya" asarida fikr bildiriladi. Uning aytishicha, "Muzalar suygan kishi tolelidir", shunday kishining "lablaridan uchgan sas bag'oyat totlidir". Agar kishi dilini "nogahoniy qayg'u qoplasa, ko'nglini g'am-anduh kemirayotgan bo'lsa, Muzalar xizmatchisining qo'shig'ini tinglash kifoya: butun qayg'u hasratlarini unutadi".

Qadimgi Gretsiyadagi estetik qarashlarning muayyan tizimga solinishi ko'p jihatdan buyuk faylasuflar - Platon va Aristotel nomlari bilan bog'liqdir.


  • Qadimgi Gretsiyadagi estetik qarashlarning muayyan tizimga solinishi ko'p jihatdan buyuk faylasuflar - Platon va Aristotel nomlari bilan bog'liqdir.

  • Platon (mil.av. 427-347 yy.) o'zining dialog shaklidagi asarlarida san'at va adabiyot bilan bog'liq qator muhim masalalarni o'rtaga qo'yadi. Jumladan, "Davlat" nomli asarida faylasuf ideal davlat fuqarosini tarbiyalash masalasini muhokama etarkan, bunda so'z san'atidan qay yo'sin foydalanish borasida yo'riqlar beradi. Uning fikricha, tarbiyada ikki jihatni birlikda olib borish lozim: tana uchun "gimnastik tarbiya", qalb uchun "musik tarbiya" (hozirdagi "estetik tarbiya" - mual.) amalga oshirilishi kerak. Faylasuf "musik tarbiya"da so'z san'ati asosiy o'rin tutishini ta'kidlaydi. Platonning fikricha, "musik tarbiya gimnastik tarbiyadan avval boshlanadi", chunki "murg'ak bolalarga avvalo miflar so'zlab beriladi".

Download 9.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling