Mavzu: adabiyot ma’naviyatining yuksak


O’zbek adabiyoti tarixining taraqqiyot bosqichlari


Download 11.22 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi11.22 Kb.
#1763452
1   2   3   4
Bog'liq
Adabiyot ma\'naviyati

2. O’zbek adabiyoti tarixining taraqqiyot bosqichlari.

XIV asrda Sayfi Saroyi shoirlarni “so‘z bulbuli” deydi. U so‘z qudratini shoirlar iste’dodiga bog‘lab: Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘ Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘, - deya shoirlarni ikkiga ajratadi. Alisher Navoiy so‘zga nihoyatda katta baho berib shunday yozgan: So‘zkim insonni ayladi judo hayvondin, Bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin, - deb ta’kidlaydi.

Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o‘ziga xos ifodasi hamdir.U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi.Shunga ko‘ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e’tiqodlari ifodalangan bo‘lsa, keyingi davrlarda islom ta’limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko‘rinishi jamiyat hayotidagi keskin o‘zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi. Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum. Bu «To‘maris» va «Shiroq» afsonalarida juda yorqin aks etgan.

Turkiy xalqlarning tabg‘achlarga qarshi kurashi esa O‘rxun- Enasoy obidalarida juda ta’sirli ifodasini topgan. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida qadimgi ajdodlarning turli-tum an mashg‘ulotlari, urf- odatlari, yashash tarzlari, e’tiqod va qiziqishlarining ham ifodasini ko‘rish qiyin emas. Xalqimiz qadimdan farzandlarining sog‘lom, aqlli, dono, mehnatsevar, xalqparvar bo‘lishini orzu qilgan, shunga intilgan. Qadimgi qo‘shiqlar, maqol, afsona, dostonlarda, qasida hatto marsiyalarda hamda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa adiblarning asarlarida ana shu holatlar o‘z ifodasini topgan.

3. Muqimiy asarlari.

Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li) (1850 — Qo‘qon —1903.25.5) — shoir va mutafakkir. O‘zbek demokratik adabiyoti asoschilaridan. Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xo‘jandlik bo‘lib, Qo‘qonda yashaganlar. Muqimiy boshlang‘ich ma’lumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxo‘jada she’riyatga havas uyg‘otgan. Muqimiy Qo‘qondagi Nodira bino qildirgan «Moxlar oyim» madrasasida, so‘ng Buxoro madrasalaridan birida o‘qigan (1864—65; 1875—76). 1876 yilda Qo‘qonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan. 70-yillar oxirlarida Qo‘qonga qaytgan va ijod bilan shug‘ullangan. Otasi vafotidan so‘ng moddiy ahvoli og‘irlashgach, «Hazrat» madrasasining kichik bir hujrasiga ko‘chib o‘tgan (1885), butun umri qashshoklikda kechgan.


Download 11.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling