Mavzu: adabiyot ma’naviyatni yuksaltiruvchi manbaa
Download 1.39 Mb.
|
7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sozda sehrbor
- So‘z – bu mening oshi halolim, so‘z – men uchun muqaddas
- 0‘zining intilishlari, ishlarining butun xilma-xilligi bilan, ozinig osishi va tanazzulga ketishi jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali boiib xizmat qiladi»
Rassomlik san’ati butun insonni, hatto uning ichki ruhiy dunyosini ham o'z ichiga oladi, ammo rassomlik ham hodisaning faqat bir paytini qamrash bilan chegaralanadi. Muzika esa, eng ko‘p, ruhning ichki dunyosini ifoda etuvchidir, lekin muzika ifoda qilgan g‘oyalar tovushlar (sadolar)dan ayrilmaydi, tovushlar ruhga ko‘p narsa bersa ham, aqlga hech nimani ochiq va aniq qilib aytmaydi. Poeziya erkin inson so‘zida ifodalanadi, so‘z esa ham tovush, ham kartina, ham aniq va ravshan aytilgan tasawurdir...».
«Haykaltarosh Skopas marmardan Vakx qizini yaratdi: qiz jonli ko'rinadi, tosh o‘sha toshligicha qolgani holda, go‘yo jonsiz tabiat qonunlarini buzganday edi... 0‘z tabiatiga ko‘ra qattiq bo‘lgan tosh ayol naflsligiga taqlid qilib, go‘yo o‘zi ham nafis bo‘lib qolganday, ayollik tabiatiga ko‘ra keskin, nozik harakatlar qilayotgan ayol qiyofasiga kirgan edi. Tabiatan harakatdan mahrum bo‘lgan tosh san’atkor qo‘lining sehri, qudrati bilan Vakx qizlari raqsida charx urib aylanayotganday edi. Garchi ehtiros toshga xos bo‘lmasa ham, Vakx qizining yuzida es-hushidan ayrilgan ayol shavqi ravshan sezilardi... Uning sochlarini shabada yulqilar, toshning o‘zi ham nozik va mayin, durkun soch tolalariga aylangan edi. Bu holni tushunishga, tasawur Etishga aql bovar qilmas edi, tosh bo‘la turib, bu marmar obrazda ayolning bor mayinligi, Nafisligi ko'rinar edi» Alloh so'z qudrati bilan borliqni yaratganki, uning qudratidan boshqa buyukroq m ojiza yo‘q. Hadisi sharifda «So'zda sehrbor...» deb ta’kidlansa, xalqimiz «So‘z qilichdan o ‘tkir», «So‘z - kishining o‘zagi, odob - uning bezagi», deydi. Bobomiz Alisher Navoiy «Chin so‘z - mo‘tabar, yaxshi so‘z- qisqa muxtasar» desalar, Mashrab Boboyev «So‘z aytgani kelar dunyoga inson», deydi. Rus shoiri Aleksandr Tvardovskiy «So‘z – bu mening oshi halolim, so‘z – men uchun muqaddas», – deb kuylaydi. Ha, so‘z – aqlimizning toji, yuragimizning, otashi, insoniyligimizning belgisidir. Ana endi bu so‘z badiiylashganda, adib Oybek aytganidek, har bir so'z, uzukka qo‘yilgan qimmatli tosh kabi porlaydi, har bir misrada katta mazmun barq urib turadi. So‘z chertib olinadi, ohangi, ifoda kuchi, bo‘yog‘i va boshqa xislatlari bilan hissiy qudratga ham ega bo'ladi Demak, so‘z san’atining obyekti – tabiat, jamiyat va insonni birlashtiruvchi, bizdan tashqarida yashovchi cheksizchegarasiz olamdir. Inson san’at va adabiyotning bosh predmetidir. Yozuvchi Maksim Gorkiyning ta’biricha, «0‘zining intilishlari, ishlarining butun xilma-xilligi bilan, o'zinig o'sishi va tanazzulga ketishi jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali boiib xizmat qiladi». Aristotel («Poetika»), V.G.Belinskiy («Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi»)larning fikriga ko‘ra, qadimgi yunon (Gomeming «Iliada», «Odisseya» asarlari, Esxil, Sofokl tragediyalari) san’atidan boshlab, inson san’at asarining bosh predmetiga aylangan.
Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling