Mavzu: adabiyotda shakl va mazmun


Download 34.26 Kb.
bet3/3
Sana27.01.2023
Hajmi34.26 Kb.
#1131130
1   2   3
Bog'liq
b1

Syujet va kompozitsiya.
Syujet voqealar va xarakterlarning o’zaro bog‘liqlikda rivojlanishi, tuyg‘ularning mantiqiy izchilligidir.
-Ekspozitsiya. Bu muhit va personajlar bilan tanishtirish, kitobxonni voqealarga olib kirish, qahramonlarni to’qnashuvlarga tayyorlashdir.
-Tugun. Masalaning qo’yilishi kelgusi to’qnashuvlarga sabab bo’ladigan muammolardir.
-Voqea rivoji. Voqealar, xarakterlar hamda munosabatlar ning rivojlanishidir.
-Kulminatsion nuqta. Voqealar rivojining yuksak nuqtasidir.
-Yechim. Voqea va to’qnashuvlarning oqibat natijasidir.
-Tugallanma epilog. Yechimdan keyingi qahramonlar holatidir.
Syujet tiplari:
-Xronikali syujet. Unda voqealar ketma-ketlikda beriladi («O’qituvchi» romani).
-retrospektiv syujet. Unda voqealar orqaga qaytuvchi tartibda beriladi.
-konsentrik syujet. Unda voqealar biror holatni tahlil qilish orqali beriladi. (U.Umarbekovning «Yoz yomg’iri» qissasi);
-assotsiativ syujet. Unda voqealar o’y-xayollar taassurotlar va xotira orqali beriladi. Birinchi qarashda uzuk-yuluk epizodlar birlashib, izchil voqealarga aylanadi. (Ch. Aytmatovning «Alvido, Gulsari» qissasi).
Kompozitsiya asarning ichki tuzilishidir. Undagi qismlar -syujet elementlari, portret, peyzaj, lirik chekinish, monolog, dialog, tasvir, bayon, obrazlar va syujet liniyalarining joylanishi va tartibidir qoliplash va qistirma hikoyalardir, ularning o’zaro muvofiqligi va mutanosibiligidir. Bu mutanosiblik esa asarning asosiy g‘oyasini yaxlit va aniq ochishga xizmat qiladi.
Konflikt asar qahramonlari o’rtasidagi qarama-qarshilik bo’lib, voqea va xarakterlar ana shu qarama-qarshilikning rivojlanishi jarayonida ochiladi. Konflikt ayniqsa dramatik asarlarda juda muhimdir. Xarakterlar qanchalik aniq va yopiq bo’lsa konflikt ham shunchalik jiddiy bo’ladi. Konflikt voqealarni harakatga keltiradi.
Badiiy konfliktning 3 tipi bo’ladi:
- qarama-qarshi kuchlar kurashi tarzidagi konflikt (Oybekning «Qutlug’ qon» romanidagi mulkdor boylar bilan faqir batraklar o’rtasidagi kurash).
- qarama-qarshi xarakterlar kurashi tarzidagi konflikt («Sinchalak» povestidagi Saida va Qalandarov o’rtasidagi kurash).
- qarama-qarshi tuyg‘ular kurashi tarzidagi konflikt (Hamletning «Tirik qolmoq yo o’lmoq» monologidagi qahramonning hayot va o’lim haqidagi fikrlari kurashi). Bunday ichki konfliktni ichki kollizitsiya ham deyishadi.

  • lirikada konflikt kolliziya tarzida bo’lib, tezis va antitezis to’nashuvidan yuzaga chiqadi. Bir vaqtlar konfliktsizlik nazariyasi ta’sirida yozilgan asarlarda hayot qiyinchiliklarsiz yuzaki tasvirlanardi. Konfliktsizlik nazariyasi adabiyot taraqqiyotiga katta zarar yetkazdi.

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Shakl va mazmun birgligi deganda nimani tushunasiz?

  2. Mazmunning ichki tuzilishiga nimalar kiradi?

  3. Shaklning komponentlari qaysilar?

  4. G’oya bilan mazmun o’rtasidagi munosabatni qanday tushunasiz?

  5. Adabiy jarayonda shakl tez o’zgaradimi yoki g’oya?

  6. Yozuvchining maqsadi har doim ham asar g‘oyasiga teng keladimi?

  7. Konfilikt badiiy asarning shakliga kiradimi, yoki mazmuniga?

  8. Badiiy asarda konfliktning qanday turlarini uchratish mumkin?

  9. Lirikada konflikt qanday ko’rinishda ko’proq namoyon bo’ladi?

She’riyatdagi poetik vositalar shaklga kiradimi yoki mazmunga?
Download 34.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling