Mavzu: adabiyotda shakl va mazmun


Badiiy asar mavzui va g‘oyasi


Download 34.26 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi34.26 Kb.
#1131130
1   2   3
Bog'liq
b1

Badiiy asar mavzui va g‘oyasi.
Mavzu asarda tasvirlangan hayotiy vokelik, asarda nima tasvirlanganligidir. Asarda tasvirlangan davr masala yoki hodisa asarning mavzusini ko’rsatadi. Asarning mavzusini aniqlashda undagi qahramonlar tilga olinmaydi. qahramonlar asar mavzusi ko’rsatkichi emas uning ochiq vositasidir, «Qutlug’ qon» romanining mavzusi 1916-yilgi milliy ozodlik harakati. Asar mavzusini aniqlash qiyin bo’ladi. «Opa-singillar» romanining mavzusi opa-singillik emas rus va o’zbek mexnatkashlarning birodarligi ham emas, xotin-qizlar ozodligi ham emas. Lekin romanda ana shu mavzularning barchasi bor. Demak, asarda mavzu bitta bo’lmasligi mumkin. Ana shu mavzularning barchasi asarning mavzular doirasi deyiladi. Ana shu mavzulardan bittasi asosiy bo’lib, u asarning mavzusini keltirib chiqaradi. «Opa-singillar» ning mavzusi o’zbek xotin-qizlarini ijtimoiy mexnatga tortish yo’li bilan ozodlikka chiqarish.
G‘oya asarda tasvirlangan voqealardan kelib chikadigan mantiqiy xulosadir, yozuvchining asar orqali aytmoqchi bo’lgan fikridir. g‘oyani yozuvchi o’zi aytib o’tirmaydi. g‘oya voqealar tasviridan tabiiy ravishda kelib chikishi kerak. SHundagina asar hayotiy bo’ladi. Mavzu qanchalik chuqur va haqqoniy ochilsa, g‘oya, ham shunchalik hayotiy bo’ladi., yozuvchining dunyoqarashi qanchalik to’g‘ri va sof bo’lsa, asaridan kelib chikadigan g‘oya shunchalik to’g‘ri, kitobxonlar uchun foydali bo’ladi. «Qutlug qon» romanining g‘oyasi : qo’zg’alon yengilgan bo’lsa ham, to’qilgan qonlar bakor ketmaydi, degan fikrdir. «Sinchalak»ning g‘oyasi: istedodli raxbarlar juda noyob boylik, lekin jamiyatning taqdiri ulargagina bog‘liq emas, xuroz kichkirmasa ham tong otaveradi, kabilidagi fikrdir.
Asar mavzusi va g‘oyasini aniqlaganda fikrni ixcham shakllantirish kerak. G‘oya zo’rma-zo’raki keltirib chiqarilsa, bu sohta g‘oya bo’ladi. R.Raximovning «Sevgi qarimas» qissasida voqealar mantiqiy Davrbek bilan Gulxayoning birlashishiga olib kelishi kerak edi. Lekin yozuvchi bola-chaqalik qahramonlarining ajralishidan qo’rqib ketadi. SHuning uchun sevishganlar turmush qurishi shart emas, do’st bo’lib qolsa ham bo’laveradi, deb o’gitbozlik qiladi. Bu xulosa asardagi voqealar mantig’idan kelib chikmaydi. Natijada qissa xulosasidan kitobxon qanoatlana olmaydi.
Yozuvchining dunyoqarashidagi cheklanganlik natijasida g‘oya noto’g‘ri chiqarilgan bo’lsa, bu subektiv g‘oya bo’ladi. Lekin bunday asarda baribir tabiiy ravishda kelib chiqadigan obektiv g‘oya bo’ladiki, u asar qiymatini belgilaydi. L.Tolstoy rus krepostnoylik tizimining daxshatli hayotini tasvirlab beradi. Lekin yozuvchi zulm bedodlikka chidab sabr qilishga, zulmga qarshi zo’rlik qilmaslikka chaqiradi. Bu subektiv g‘oya. CHarxi kajraftorning nomuvofiqligidan larzaga kelgan Nexlyudov injil o’qib, tilovat qiladi. Lekin Tolstoy asarlaridan larzaga kelgan kitobxon bunday yashab bo’lmaydi, degan xulosaga keladi. Bu obektiv g‘oyadir. Asarlarda g‘oyalar ham bitta bo’lmasligi mumkin. Ularning hammasi g‘oyaviy mazmunni tashkil qiladi. Biroq ulardan bittasi asosiy qolganlari uni ochishga bo’ysundirilgan bo’ladi.
Ko’tarilgan masalalar asarning problematikasini tashkil etadi. «Erk» qissasida ko’tarilgan problemalardan biri tabiatni muxofaza qilish.

Download 34.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling