Mavzu; Adabiyotning adabiy –estetik tabiati Mundarija Kirish I bob. Badiiy adabiyotning adabiy-estetik tabiati haqida
Download 62.36 Kb.
|
Adabiyotning adabiy –estetik tabiati
«Men seni yuragimda sevaman
Sen meni qayering-la sevasan ?» desa, ikkinchisi: «Yondiradi voy-voy, dilingkuyar Voy-voy yuzlaringni ko'ydiradi Seni sehrlab oladi», — deb ku‘ylaydi. Uchinchisi (televizorda): «Buloqdek qaynab yotsam Sochingni o'у nab yotsam», - deya orzusini ashula qilsa, to‘rtinchisi undan oshib tushadi: «Achom-achom qilasiz, Yuzlarimdan o‘pasiz. Sevib turib goh-gohida Xiyonat ham qilasiz!..» Yopiray! Bu Istiqlol ma’naviyatining mohiyatiga o ‘t qo‘yish emasmi? Yoshlarni beodoblikka, fahshga chaqiriqdek tuyulmayaptimi? Zamonamiz oshigM shunchalik bema’nimi? Uning qalbida nahot shunaqa shavqlar-pafos, bosh ohang bo‘lsa?.. Nahot shu so‘zlar ko‘ngildan chiqqan boMsa? Teskarisi boMgani uchun ham so'zlar bemaza, mazmuni sayoz va oddiy, ta’siri shaytoniy. Holbuki, «Haqiqiy oshiq deb sen shuni bilki, u dard bilan yashaydi, uning tili ham, dili ham, ko‘zi ham pok boMadi, ishq uni o'z «men»idan pok qilib, hatto fano o ‘tiga xashak qilgan boMadi»: Oshiq ani bilki, erur dardnok, Ham tilu ham ko‘ziyu ham ko'ngli pok. Ozlugidin ishq ani pok etib, Balki fano o‘tiga xoshok etib. Ha, mazmun sayoz boMsa, uni shakl umrboqiy qila olmaydi. Shakl «rostlikdan xaloslik» topsagina, u mazmunni ezgulikka, go‘zallikka, uyg‘oqlikka o ‘raydi. Demak, voqelik ichidagi haqiqat kashf etilgandagina mazmun o ‘z shakl-shamoyili bilan, xuddi farzanddek birdaniga dunyoga keladi. Xullas, badiiy asarda mazmun shaklga, shakl mazmunga judayam tabiiy (yasama emas) monand boMadi, shundagina vobastalik va bir butunlik yuzaga keladi. Garchi, shartli ravishda mazmun g‘oyaga, shakl badiiylikka bo‘ysunsa-da, ikkalasi yaxlitlashgandagina (badiiylik g ‘oyalashganda, g‘oya badiiylashganda, ya’ni biri-birining ichiga kirganda, biri-birining ichidan chiqqanida) — badiiy asar kashf etiladi. Shuning uchun ham nazariyotchi alloma Izzat Sulton haq: «Badiiy asar go‘yo bir jonla organizmdir: organizm jonsiz yashay olmaganidek, «jon» ham tanasiz o'zini namoyon qilolmaydi. Jonli organizmning eng kichik hujayrasi ham unda aylanib turgan iliq qon tufayli yashagani kabi, kichik qismi ham unga hayot baxsh etib turgan mazmun tufayli yashaydi va shu mazmunning tashqi ifodasi, nishonasi boMib xizmat qiladi». Mazmun va shakl davr va zamonlar taraqqiyoti bilan, inson, tabiat, jamiyat haqidagi bilimlar o ‘sgani sayin ularning talabiga monand o ‘zgarib boradi. Jumladan, talabalik hayoti kechagi o ‘quvchini o'zgartiradi: yangi va chuqurlashtirilgan bilimlar uning ongi, tushunchasini boyitadi. Shahar hayoti uning ma’naviyatiga, madaniyatiga ta’sir qiladi, uning tashqi ko‘rinishi (kiyinishi, soch turmaklashi va h.) ham o ‘zgaradi. Mazmun tashqi ko‘rinishga ta’sir ko‘rsatganidek, shakl mazmunni chuqurlashtirishga olib keladi. M a’lumki, Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romani 1972 yilda yozib tamomlangan va 1979 yilda bosilib chiqqan edi. Oradan 20 yil o ‘tdi. Shu davr ichida Bobur istiqlol tufayli qaytadan kashf qilindi, Zokiijon Mashrabov boshliq «Bobur ekspeditsiyasi» a’zolari jahonni kezib, yangiyangi tarixiy faktlarni topdi. Ana shu haqiqatlar yozuvchi tom onidan dilda pishitilgandan so‘ng, «Yulduzli tunlar»ning syujet chiziqlariga uzviy bog‘landi, «Amir Temur va Bobur Mirzo orasidagi vorisiylikka, irsiy va ijodiy yaqinlikka bag'ishlangan boblar va lavhalar» ( P.Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur, Т.: «O'zbekiston», 1999, 4-bet) romanga kiritildi va u mukammal asarga aylandi. 1999 yilda «Yulduzli tunlar» «Bobur» nomi bilan nashr etildi. « 0 ‘rni kelganda yosh shoir ukalarimga bir gapni aytib o'tay, zinhor bitta she’rni bir o ‘tirishda yozdim deb maqtanib yurmang, she’r, ya’ni so‘z ayrim unli va undoshlariga qadar tinimsiz sayqal topgandagina va ayni chog‘da, birinchi yozilishdagi ruhiy quwat va sehrini yo'qotmagan taqdirdagina mukammal asarga aylanishi mumkin» («Ko'rgan-bilganlarim», 0 ‘zAS, 2001-yil, 23-fevral), ~ deydi Abdulla Oripov. Demak, yozuvchi-san’atkor bir necha bor asar qo‘lyozmalari ustida ishlar ekan, uning tuzatishlari faqatgina til va uslubga doir bo‘lmaydi, balki har gal «birinchi yozilishdagi ruhiy quwat va sehrni» — mazmunni bekamiko‘st bo‘lishi ustida ishlaydi. Har qanday yetuk asar yozuvchi qalbining haroratidan, zo ‘r hayajoni va kuchli ehtirosidan, butun salohiyatining qudratidan yaratiladi. Yozuvchisan’atkor qalbi m o‘jizakor xazina sanaladi. Shu sabab har qanday xazinaga kirish uchun, dastawal, uning eshigini ochadigan kalitni topish lozim. Adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilarning fikriga ko‘ra, har qanday badiiy xazinani ochuvchi — yozuvchi shaxsini va asarlarini tushunish, kashf etish, baholash kaliti pafosdir. «Pafossiz shoirni qoiga qalam olishga nima majbur etganini va unga ba’zan ancha katta asami boshlash va oxiriga yetkazish uchun kuch va imkoniyat bergan narsa nima ekanini tushunish mumkin emas», - deydi V.G.Belinskiy. U davom etib, shunday tushuntiradi: «Pafosda shoir xuddi jonli, go‘zal mavjudod ko‘ngiI bergandek, g‘oyaga maftun boMgan zot sifatida namoyon boMadi, bu mavjudot ana shu g‘oya bilan ehtirosli ravishda toMib toshadi va san’atkor bu g‘oyani ongi, idroki bilan, faqat bir his bilan emas va o ‘z ruhining birorta qobiliyati bilan emas, balki o ‘z ma’naviy hayotining butun toMaligi va yaxlitligi bilan mushohada etadi. «Pafos» deganda ham ehtiros ko‘zda tutiladi, shu bilan birga boshqa har qanday ehtiros kabi insonning toMqinlanishi, butun asab sistemasining larzaga kelishi bilan bogMiq boMgan ehtiros ko‘zda tutiladi, ammo pafos doimo inson qalbida g‘oya kuchi bilan alanga oldirilayotgan va doimo g‘oyaga intiluvchi «ehtirosdir»'. Mashhur nazariyotchi olim I.Sulton Abdulla Qodiriy ijodining pafosini — «umum ma’nosini» — «zamonaviylik va badiiylik» deb ta’riflaydi (/. Sulton, 169-bet). Bizningcha, bunday belgilash unchalik asosli emasga o ‘xshaydi. Chunki «yozuvchi ijodining pafosi uning asarlari qaysi konkret tarixiy sharoitda, ne niyat bilan yozilganiga va ijtimoiy hayotda qanday tarbiyaviy estetik rol o'ynayotganiga qarab tayin etilar» ekan, shu nuqtai nazardan qaraganda, Qodiriy o‘zbek xalqining XIX asrdagi hayotini mehnatkash xalq boshiga tushgan «qora kunlar» tariqasida tasvirlaydi va Chor Rusiyasining bu bosqini «qora kunlar»ni ikki bora kuchaytirishi mumkinligiga shama qiladi. Uning ijodiy pafosi o‘tmishning va bugunning sarqitlarini fojiaviy oqibatlarini realistik tasvirlash va xalqni shu fojialardan tezroq qutulishga chorlashdir. Mana shu pafos — Qodiriy asarlaridagi fikr va hissiyot birligini, asarlarining asosiy g‘oyasini, ijodining umumiy yo‘naiishini tayin etadi. A.Qodiriy ijodining pafosini to‘g‘ri tushunmaslik yoki uni sotsialistik realizm nuqtai nazaridan kelib chiqib belgilash natijasida XX asr birinchi yarmida ba’zi tanqidchilar A.Qodiriy inqilobni tushunmagan, tarixiy o ‘tmishga murojaauni mavjud tuzum voqeligini tasvirlashdan qochish, unga salbiy munosabat natijasi deb da’vo qilgan boMsalar, ba’zilari esa A.Qodiriy inqilobning kuychisi, mavjud tuzum voqeligini madh etgan yozuvchi, deb xulosa chiqardilar. Bu ikkala nuqtai nazaming bir yoqlamaligi san’atkorga turli bo‘hton va kamchiliklami yopishtirishga sabab boMdi. Ushbu ikki xil noo‘rin qarashlaradabiyotning qalbiga siyosatni joylashtirishga urinish oqibatidir. Bugungi Mustaqillik va istiqlol mafkuramiz, estetik saviyamiz ularni rad qilmoqda. Hayot haqiqatini va ezguliklami kuylash, insoniylik qadri uchun kurash osongina yuz bermasligini yana bir bor isbotlamoqda. Darvoqe, Abdulla Qodiriy umri davomida buyuk haqiqatni izladi. Bu haqiqatni Oktyabr revolyutsiyasi ham kashf eta olmadi, lekin, uni e ’tirof etish, baxt-saodat yo‘li sifatida qabul qilishga yozuvchi majbur bo‘ldi. Mavjud tuzum pozitsiyasini yoqlashida ham samimiylikni sezgir kitobxon his qilmaydi, balki « 0 ‘tkan kunlar»ni mutolaa qilarkan, kofirlami, o ‘rislami — yov sifatidagi (jumladan, «Musulmonqul istibdodiga xotima» bobidagi) tasvirlarda samimiylik balqib turganini ochiq sezadi. Jumladan, romanning uchinchi boiim idagi «cho‘talchi beklarga» qarshi Hojining asabiy va qizg‘in monologi buning yaqqol isbotidir: «... Birodarlar! 0 ‘ris o ‘z ichimizdan chiqadurg‘an fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo‘r to‘kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovg‘a beradigan kuchimizni o ‘z qo'limiz bilan o‘ldirsak, sen falon deb qirilishsak holimiz nima bo‘ladir. Bu to‘g‘rida ham fikr qilg‘uvchimiz bormi? Kunimizning kofir qo‘liga qolishi to‘g‘risida ham o ‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik qo‘yib qo‘yganmizmi?!»'. «Men yovni (o‘ruslarni — H.U.) har zamon o ‘z yaqinimga yetgan ko‘raman», deb ochiq fikr yuritgan Yusufbek hoji asarning «Qipchoqqa qirg‘in» bobida jo‘shqin!ik bilan mushohadalariga yakun yasaydi, asosli bashoratlar qiladi: « ... Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o ‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirgan bo‘lsak yaqindirki, o ‘rus istibdodi o ‘zining iflos o y o g i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsak o ‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘yniga o ‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan boiam iz. 0 ‘z naslini o ‘z qo‘li bilan kofir qo‘liga tutqin qilib topshirg‘uvchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarga Xudoning la’nati albatta tushar, o ‘g‘Iim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun (dafn qilingan) Turkistonimizni to‘ng‘uzxona qilishga hozirlangan biz itlar yaratuvchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temur Ko‘ragon kabi dohiylaming, Mirzo Bobur kabi fotihlaming, Forobiy, Ulug‘bek va Ibn Sino kabi olimlarning o ‘sib-ungan va nash’u namo qilg‘onlari bir o ‘lkani halokat chuquriga qarab sudraguvchi, albatta tangrining qahriga sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralami bo‘g‘izlab, bolalami yetim, xonalarni vayron qilg‘uvchi zolimlar-qurtlar va qushlar, yerdan o ‘sib chiqqan giyohlar qarg‘ishiga nishonadir, o ‘g‘lim!..» Ko‘rinyaptiki, A.Qodiriy ulkan san’atkor sifatida turli siyosatlarni emas, balki el baxti uchun kurash yoMini, bu baxtga qarshi boMgan «cho‘pxaslarni supura borish» yo‘lini — buyuk haqiqat deb bildi va uni yoqladi, ezgulikni, insoniylikni, mustaqillikni, ozodlikni ulugMadi, realistik roman tasvirini berdi. Buning isbotini romanning turli unsurlari misolida ham ko‘rsa boMadi. Download 62.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling