Mavzuning o`rganganlik darajasi. Istiqlol adabiyotining estetik va bugungi adabiyotshunosligi, adabiy tanqidchiligining eng dolzarb, eng ommabop mavzusi bo`lganligi sababli o`zbek adabiyotshunosligida mustaqillk she`riyatining bir qator o`ziga xos tomonlarini ilmiy-nazariy jihatdan o`rganuvchi fundamental tadqiqotlar yaratilgan. Adabiy tanqidning nazariy masalalariga bag`ishlangan monografiya va tadqiqotlar, o`quv-qo`llanmalari, realistik adabiyot va adabiy jarayon, tanqidchilikning hayotga ta`siri masalalarini o`rganuvchi to`plam va maqolalarda ushbu mavzuda atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Jumladan, P.Qodirov, O.Sharafiddinov, I.Haqqul, M.Qo`shjonov, U.Normatov, B.Nazarov, B.Imomov, D.Quronov, U.Hamdamov, H. Karimov kabi adabiyotshunoslarning yangi o`zbek she`riyati masalalariga bag`ishlangan qator maqolalari, darslik va qo`llanmalari e`lon qilindi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy
ishida XX asrning so`nggi choragida yuzaga kelgan adabiy-estetik hodisa –
mustaqillik she`riyatining mavzu rang-barangligi janr talablariga mos ravishda
taraqqiy topganligi adabiyotimizning oldingi bosqichlariga taqqoslangan holda
yoritish maqsad qilib olindi. Shuningdek, she`riyatda ramziylik, shoirlarning
ramzlar vositasida o`z qalb kechinmalarini kitobxonga “yuqtirish” mahorati, obraz
yaratish mahorati o`rganildi. Mavzu mohiyatini yaqqoloq ochish uchun
adabiyotimizning sobiq sho`ro davridagi shakl va mazmun mushtarakligi, badiiy
obraz talablari va ular tashiydigan “yuk” masalalariga to`xtab o`tildi. Ayniqsa,
bugungi kun dostonchiligi jadal taraqqiyot bosqichiga o`tgani sababli ishning
so`nggi bobida doston shaklida yaratilayotgan asarlar, ularda syujet va
kompozitsiya masalalarini yoritish muammolariga e`tibor qaratildi.
Kurs ishining tarkibi . Kurs ishimiz kirish , 2 ta bob , xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob. Badiiy adabiyotning adabiy-estetik tabiati haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |