Ingliz adabiyotshunosligi
Download 122.58 Kb.
|
Magistrlik dissertatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
Dissertatsiya Buxoro davlat universiteti “Ingliz adabiyotshunosligi” kafedrasida bajarilgan. Ilmiy rahbar f.f.f.d.(PhD)dots Qurbonova N.R. Kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD) dots Xodjayeva D.I. Magistratura bo`limi boshlig`i f.-m.f.f.d(PhD)To`rayev A.A MUNDARIJA KIRISH…………………………..………………………………………………3-7 I BOB XIX asr Amerika adabiyotida Romantizm XIX asr Amerika adabiyotida romantizmning tutgan o`rni………………8-20 Romantizmning o`ziga xos xususiyatlari………………………………..21-32 1 bob bo`yicha xulosa……………………………………………………………..33 II BOB Kuper hayoti va uning ijodiy faoliyatida hindular portreti Fenimor Kuper hayoti va ijodiy faoliyati……………………………......34-43 Yozuvchining hindular hayoti aks etgan asarlari xususida……………..44-52 2 bob bo`yicha xulosa……………………………………………………………..53 III BOB Fenimor Kuper asarlarida mahalliy hindular hayoti 3.1. “Mohikanlarning oxirgisi” asarida mahalliy hindularga nisbatan munosabat……………………………………………………………………..54-63 3.2. “Pioner” asarida hind an`analari va yangi dunyo nomutanosibligi…..……64-74 3 bob bo`yicha xulosa……………………………………………………………..75 XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………76-79 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…………………………80-83 ILOVALAR……………………………………………………………………….84 Kirish Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, nafaqat o`zbek tilini chuqur va puxta o`rganish, balki xorijiy tillarning qonun-qoidalarini ham o`zlashtirish imkoniyati vujudga keldi. Ayniqsa turli yozuvchilar asarlarini chuqur tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etdi. Oxirgi o`n besh yil ichida Respublikada ijtimoiy hayot, davlat siyosati, madaniyat keskin o`zgardi, hamma sohaga yangicha yondashish, shu bilan birga fan, texnikani jadal rivojlantirish talab qilinmoqda. Chunki O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlatlar qatoriga o`tdi, endi uning davlat bazasini yuksaltirish va yanada boyitish juda muhimdir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev “O`zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o`rganish va targ`ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ta`kidlaganidek: “Adabiyot, san`at va madaniyat yashasa, millat va xalq butun insoniyat bezavol yashaydi. Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo`lgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik bo`yicha o`ziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida ta`kidlash lozim”. «Mamlakatimizning jahon hamjamiyati integratsiyalashuvi davrida yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi»1 bu borada, jumladan, respublikamizning oliy o`quv yurtlarida ona tili va chet tillarining tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik sohasidagi bilimlarini yanada yuqori darajada o`rganishi muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 7-fevralidagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi haqida”gi PF–4947 son farmoni, 2017-yilning 20-aprelidagi “Oliy ta`lim tizimini yanada takomillashtirish haqida”gi PQ-2909–son qarori, 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271-son “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 610-son “Ta`lim muassasalarida chet tillarini o`qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorlari va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti ma`lum darajada xizmat qiladi. I.A.Karimov shunday degan edi: “…hozirgi paytda xorijiy tillarni o`rganish va o`rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan o`ziga munosib o`rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo`q. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o`rganishning milliy asosdagi jadallashtirilgan metodikasini tayyorlashni tezlashtirishimiz kerak”2. Tilni chuqur va mukammal bilish mazkur maqsadlarni amalga oshirishdagi qadamlardan biridir. Shuning uchun biz yoshlar xorijiy tillarni yaxshi egallash, uning sirli, ichki qiyinchiliklarini bilib olish maqsadida ilmiy ishlar olib borib, zamonga mos, o`zimizga ma`qul tomonlarini qabul qilib olib, xalq xo`jaligimizga tatbiq qilishimiz zarurdir. Bizdan hozir vatan shuni kutmoqdaki, uni bajarish uchun har bir yosh bel bog`lab, o`z hissasini qo`shishi uchun harakat qilmog`i kerak. Shundan kelib chiqib ilmiy ish olib borish muhim ekanligini anglab yetamiz. Ana shu maqsadda yoshlarimiz ilmiy ish, malakaviy bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasi, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari yoqlaydilar, qo`llanmalar va hatto darsliklar yozadilar. Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusi Amerikalik mashhur yozuvchi Fenimor Kuperning asarlari mahalliy hindular tasvirining berilishiga bag`ishlangan. Kuperning asarlari asosan Amerika mahalliy aholisi hayotiga va ularning kelgindi oq tanlilar bilan bo`lgan munosabatlarini yoritishga qaratilgandir. Uning qahramonlari ham Amerika mahalliy aholi vakillari, ham kelgindi oq tanlilar bo`lib, u ular o`rtasidagi kelishmovchiliklar va o`sha davr jamiyatining yashash tarzi, urf-odatlari, anʼanalari, qadriyatlarini juda yaxshi tasvirlay olgan. Download 122.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling