Ingliz adabiyotshunosligi


Download 122.58 Kb.
bet8/16
Sana23.04.2023
Hajmi122.58 Kb.
#1383196
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi

II bob bo`yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda, mazkur bobda Amerikalik romantizm vakili Jeyms Fenimor Kuperning hayoti va ijodini bosqichlarda ko`rib chiqildi, va yozuvchining hindular hayoti va portreti aks ettirilgan asarlari bilan tanishib ularning atroflicha tahlili keltirildi. Fenimore Kuper romanlarida ham erkin, ozod hind qabilalarining hayotini bosqinchi oq tanlilar hayotiga qarama-qarshi qo`yib, yozuvchi hind qabilasidan chiqqan qahramonlarning har jihatdan ustun turuvchi fazilatlarini madh qiladi. Kuper ijodi, ayniqsa hind qabilalari hayotiga oid asarlari, Rossiyada ham, Yevropada ham keng shuhrat qozondi. Mashxur yozuvchilar Balzak, Jorj Sayd Amerika yozuvchisining talantiga yuqori baho berdilar. Kuper asarlaridagi insonparvarlik, oddiy kishilarning oliyjanob ishlari, vatanni sevish, ona tabiat jamoli bilan faxrlanish hislari bizlarga juda yaqin.

  • Jumladan, “Amerikaning Volter Skott” deb nom olgan Kuper, Qo`shma Shtatlar adabiyotida tarixiy roman janriga asoschisi ekanligi tahlil qilindi;

  • Yozuvchi ijodi uch bosqichda tahlil qilindi, Kuper ijodining birinchi bosqichida demokratik tamoyillar va hindularning mustaqillik sari orzu-intilishlari tasvirlangan bo`lsa, ikkinchi bosqich adibning Yevropa mamlakatlariga qilgan sayohatlari to`g`risidagi sayohatnomalari va publitsistik maqolalarini qamrab oladi va yozuvchi hayotining so`nggi yillarida yozilgan AQSH burjua tuzumini tanqid ostiga oluvchi asarlar uning ijodining yakuniy, uchinchi bosqichiga kiradi.

  • Yozuvchi va uning ijodi haqidagi boshqa yozuvchi va adabiy tanqidchilar fikrlari o`rganildi;

  • Jeyms Fenimor Kuperning Amerika revolyutsiyasi davri haqidagi asarlari va asarlar yaratilish tarixi bilan tanishildi;

  • Fenimor Kuper ijodidagi Rossiyada ham, Yevropada ham keng shuhrat qozongan hindular hayoti va portreti aks etgan asarlar atroflicha o`rganilib, tahlil qilindi.

III BOB Fenimor Kuper asarlarida mahalliy hindular hayoti

Download 122.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling