Ingliz adabiyotshunosligi


Download 122.58 Kb.
bet14/16
Sana23.04.2023
Hajmi122.58 Kb.
#1383196
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi

III bob bo`yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda, mazkur bobda biz Jeyms Fenimor Kuperning “Mohikanlarning oxirgisi” va “Pioner” asarlarida oq tanli inglizlarning mahalliy hindularga munosabati va hind an’analari va yangi dunyo nomutanosibligini tahlil qilib, misollar orqali yoritib berishga harakat qildik va quyidagi xulosalarga keldik.
“Mohikanlarning oxirgisi” yozuvchining boshqa asar syujetlariga qaraganda murakkabroqdir, tasvirlar o`z ichida rivojlanadi va shu orqali yanayam o`zgacha strukturani hosil qiladi. Kuper asari syujetining yana bir xususiyati, shubhali konfliktning rivojlanishi va o`z yechimini topishi. Asarda hindular hayoti va ularga nisbatan munosabat yozuvchining fantaziyasi, uzundan-uzoq satrlarda ijodalangan tasviriy satrlar orqali namoyish etilgan. Shuni ham ta’kidlash joizki, yozuvchi mahalliy hindularga nisbatan diskriminatsiya bilan birgalikda, qisqa bo`lsada gumanizm g`oyalarini ham ijodalay olganligi tahsinga loyiq va asarning keng ko`lamda yozilganligining yana bir belgisidir. Shuni ham ta’kidlash joizki mahalliy hindular o`z an’analariga, o`zlariga nisbatan ham yuqori baho beradigan kishilar sifatida asarda tasvirlangan.
“Pioner” asarida Kuper tomonidan o`rganilgan mavzulardan biri bu yerdan foydalanish va saqlash mavzusidir. Templ xarakterida iste’mol va isrofgarchilik o`rtasidagi bu keskinlikning yorqin misoli. Roman davomida sudya Templ doimiy ravishda ko`chmanchilarga yerdan haddan tashqari foydalanishni kamaytirishga harakat qiladi. Chunonchi, u yerni muhofaza qilish haqida gapirsa-da, Kuper Templdagi ikkiyuzlamachilikni ta’kidlaydi, Templ hech qachon uni amalda qo`llamaydi.
Kuper inson and uning aql-idrokiga urg`u berish qanchalik muammoli bo`lishi mumkinligini ko`rsatadi.


XULOSA VA TAKLIFLAR
Mazkur magistrlik dissertatsiyasida Amerika adabiyotida romantizmning tutgan o`rni, adabiyotda romantizmning o`ziga xos xususiyatlari, Amerika romantizmining yorqin namoyandalaridan bo`lgan Jeyms Fenimor Kuperning hayoti va ijodiy faoliyati, uning “Mohikanlarning oxirgisi” asarida oq tanli inglizlarning mahalliy hindularga nisbatan positive va negative munosabatlari, “Pioner” asarida qadimgi hind an’analari va yangi dunyo o`rtasidagi nomutanosiblik kabilarni o`rganib tahlil qildik va natijada quyidagi xulosalarga keldik.
Amerika Romantizmi XIX asr boshida boshlanib XIX asrning 40- yillarigacha davom etdi. Bu harakat millatning va xalq hayotining barcha jabhalarini qamrab oldi. Romantizm mamlakatda dinga va siyosatga ham o`z ta`sirini ko`rsatmay qolmadi. Amerika adabiyotda liberalism tushunchasiga urg`u berildi, chunonchi yozuvchilarni individualizmga urg`u beruvchi yozish usulidan revalyutsion siyosiy g`oyalar ham rivojlantirildi. Amerika adabiyotida yangi idealogiyaning vujudga kelishi uchun asos bo`ldi.
Amerika romantizmi milliy voqelikning badiiy rivojlanishidan inson va dunyoning umuminsoniy muammolarini milliy material asosida o`rganishga o`tadi va falsafiy teranlikka ega bo`ladi. Romantik adabiyot muhabbat haqida she`rlar bilan bog`liq bo`lsada, Amerika Romantizmi qo`rquv va g`azabni mujassamlashtiruvchi tuyg`ular bilan bog`liq b`lgan.
Romantizmning asosiy xususiyatlari mavzusiga to`xtalar ekanmiz, bu davr namoyandalari jamiyatdagi rangsiz hollarga qarshi oʼlaroq fantastika, xalq rivoyatlari, tabiat manzaralari, oʼtgan tarixiy kunlar, olis xalqlar va mamlakatlar turmushi, urf-odatlari hamda xulq-atvorlarini tasvir doirasiga tortdilar; katta ishqiy extiroslar va ruhiy hayot tasviriga alohida eʼtibor berdilar. Shu sababdan din, sanʼat va falsafaning Romantizmdagi oʼrni va ahamiyati mislsiz darajada oshdi.
Romantik davr adabiyotining ko`plab asarlari chuqur shaxsiydir va ular ko`pincha yozuvchining o`zini o`zi o`rganishadi. Ushbu harakatning o`ziga xos xususiyatlaridan biri hissiyot va ijodga berilgan ahamiyat edi va bu hissiy va badiiy asarning ko`p qismi manbai yozuvchining fonida va hayotiy muhitida edi. Romantizm voqelikni aks ettirishning o`ziga xos ijodiy metodidir. Romantizmda hayot voqealarini o`z formasida tasvirlash prinsipi emas, balki yozuvchi idealiga mos keladigan xayoliy obrazlar, xayoliy voqealar yaratish prinsipi hukmron bo`ladi. Romantizm yozuvchining hayot haqidagi ideallarini ko`proq umumlashtiradi. Bu metod asosida yaratilgan asarlaridagi qahramonlarning aksariyati g`ayri tabiiy, mo`jizaviy kuch-qudrat egasi qilib tasvirlanadi.
Gumanizm g`oyalarini ilgari surish, ezgulikni kuylash, muhabbat va sadoqatni yuksak darajada badiiy asarda talqin etish, unga ishontirish romantizmning eng muhim belgilaridan biridir. Unda hayotni judayam ko`tarinki ruhda, serjilo bo`yoqlarga boy tarzda, yorqin va nozik ifoda etish xislatga aylanadi va bu xislat kitobxon qalbini larzaga soladi. Romantik adabiyotning asosiy xususiyatlaridan yana biri har qanday jamiyatning insoparvarlikka qarshi g`oyasini doimo fosh etish va qoralashdir. Ijodda va hayotda erkinlik, shaxs ozodligi va komilligi uchun kurashish barcha romantik ijodkorlar faoliyatida pafos darajasiga ko`tarilgan.
Romantik adabiyotning asosiy xususiyatlari sifatida haqiqatdan voz kechish, ijobiy idealni tasdiqlash, zamonaviylikdan qochish, haqiqatda ularni amalga oshirishning mutlaqo mumkin emasligi ongi bilan ideallarning mutlaq tabiati, o`tmishning hozirgi kunga qarama-qarshiligini ham ta’kidlash mumkin. Romanizmning asosiy g`oyasi – bu harakat g`oyasi. Romantizmning yana bir belgisi tabiatga qiziqishdir. Romantiklar uchun tabiat sivilizatsiya muammolaridan xalos bo`lish orolidir. Tabiat romantik qahramonning notinch ruhini davolaydi. Adabiyotda badiiy nuqsonga yangilanishlar kiritiladi, yangi janrlar yaratiladi, masalan tarixiy romanlar, fantastik hikoyalar, lirik - epik she`rlar. Bu nafaqat san`atning sintezi, balki bir janrning boshqa janrga kirib borishi mumkin bo`ladi, fojiali va kulgili, baland va past aralash, shakllar konventsiyalarining yorqin namoyishi boshlanadi.
Amerika romantizmi namoyandalaridan Jeyms Fenimor Kuper o`z davrining romantik yozuvchisi sifatida tanilgan. Uning asarlari tabiat go`zalligi, individuallik, his tuyg`ularga tayanish va insoniyatdan yaxshilikni meros qilib olish kabilarga urg`u beradi. Kitobxon e`tiborini tortish maqsadida yozuvchi o`z asarlarida u shubha, hayrat, o`z qahramonlarining ijobiy va salbiy taqdiri kabi xususiyatlarni asarida mujassamlashtiradi. Kitobxonlar qiziqishini e`tiborga olgan holda uning asarlari turli mavzular, tarix va san`at, madaniyat, hayot va muhabbat kabilarda yozilgan. Gumanizm va patriotizmni e`zozlagan dunyodagi har bir kitobxon uchun Amerika adabiyotining na,oyanndalaridan biri Fenimor Kuper nomi Amerika xalqiga yaqindan tanishdir. Kuperni vatanga bo`lgan pok muhabbati uchun, o`z mustaqilligi yo`lida qahramonona kurash olib borayotgan mazlum xalqlar va qabilalarga beqiyos hurmati va hamdardligi uchun ham amerikaliklar uning asarlarini sevib mutolaa qiladilar.
Fenimor Kuperning “Mohikanlarning oxirgisi” asarini tahlil qilar ekanmiz, asarda hindular hayoti va ularga nisbatan munosabat yozuvchining keng fantaziyasi va uzundan-uzoq satrlarda ijodalangan tasviriy satrlar orqali namoyish etilganligining guvohi bo`lamiz. Yozuvchi mahalliy hindularga nisbatan diskriminatsiya bilan birgalikda, qisqa bo`lsada gumanizm g`oyalarini ham ijodalay olganligi tahsinga loyiq va asarning keng ko`lamda yozilganligining yana bir belgisidir. Shuni ham ta`kidlash joizki mahalliy hindular o`z an`analariga, qabilalariga sodiq va o`zlariga nisbatan ham yuqori baho beradigan kishilar sifatida asarda tasvirlangan. Asarda yozuvchi mahalliy hindular oq tanlilar tomonidan o`zlarining irqlari, turmush tarzi, tili orqali kamsitilganlar va oq tanli immigrantlarning ularning yerlariga ko`chib kelganidan keyin kundalik hayotdagi eng mushkul vazifalar ularning zimmalariga yuklatilganligi yozuvchi mahorati orqali uzundan-uzoq satrlarda tasvirlanganligini ilmiy ishimizda yoritib berishga harakat qildik. Garchi, yozuvchi mahalliy hindularga nisbatan salbiy munosabat mavzusiga urg`u bergan bo`lsada asarda ularga nisbatan oq tanlilarning ijobiy munosabatlari va shu bilan bir qatorda ularning o`z-o`ziga nisbatan hurmat va an’analariga sodiqlik va vatanparvarlik kabilar ham e’tibordan chetda qoldirilmaganligi Kuperni buyuk adib ekanligining yana bir misoli degan xulosaga kelamiz. Mana shu g`oyalarni adibning yana bir ma’lum va mashhur asari “Pioner”da ham ko`rishimiz mumkin.
“Pioner” asari tarixiy roman janrida yozilgan badiiy va avtobiografik asar desak mubolag`a qilmagan bo`lamiz. Asar Amerikada ilm-fan taraqqiyoti, din, siyosat, ijtimoiy qarashlar va madaniyat haqida bizga ma`lumot beradi. Ijtimoiy va siyosiy hayot har tomonlama rivojlanayotgan bir paytda Amerikaliklar o`z milliyligini kashf etishga, yangi g`oyalar yoki tashkilotlar bilan yangi yerlarni zabt etishga emas , balki o`zlarining yangi qirralarini ochishga harakat qilayotgan edilar. Asar Amerika madaniyatining ko`zgusidir degan xulosaga kelamiz. Asarda qadimgi hind an’analaring yangi dunyo qonunlari va yangiliklari bilan nomutanosibligi yozuvchining beqiyos mahorati orqali yoritib berilgan. Kuper asarda hindularning asrlar davomida qadrlangan an’analarining yangi dunyo immigrantlari tomonidan paymol etilishi tasvirlangan va hindularning o`z an’analariga qanchalik sodiq ekanliklari Natti Bampo obrazi misolida ochib berilgan.
Ilmiy ishimizni turli misollar orqali yoritib berar ekanmiz, yozuvchining ikki asarining ham markazida Natti Bampo obrazi bilan to`qnashamiz. Ham “Mohikanlarning oxirgisi” asarida ham “Pioner” asarida bu obraz mahalliy hindular an’analarining himoyachisi sifatida gavdalanadi. Bundan tashqari, garchi immigrantlar ikki asarda ham hind an’analari va obrazlariga nisbatan salbiy munosabat ko`rsatgan bo’lsalar-da, ikki asarda ham gumanizm tarafdori bo`lmish oq tanlilarga duch kelamiz.



Download 122.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling