Ingliz adabiyotshunosligi


Tаdqiqot mаvzusi bo`yichа аdаbiyotlаr shаrhi


Download 122.58 Kb.
bet3/16
Sana23.04.2023
Hajmi122.58 Kb.
#1383196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi

Tаdqiqot mаvzusi bo`yichа аdаbiyotlаr shаrhi.
Ishning ilmiy metodologiyasi va nazariy asosi qilib, Prezident SH.M.Mirziyoyev farmon va qarorlari, I.A.Karimov asarlari, O`zbekiston Respublikasi “Taʼlim To`grisidagi qonuni” va “Kadrlar tayyorlash to`g`isida“ gi milliy dasturi asosiy metod Darslik va qo`llanmalardan “Zarubejnaya Literatura (19 veka)”, “Zarubejnaya literature, 18 vek”, Azizov K., Qayumov O. “Chet el adabiyoti tarixi”, “ Reading from American literature”, “World book encyclopedy” , Mark Tvenning “ Literary offences of James Fenimore Cooper”. Bulardan tashqari adabiyot tarixi, tarjima nazariyasiga oid ko`pgina rus va o`zbek olimlari nazariy asarlari material sifatida foydalanildi.
Tаdqiqotdа qo`llаnilgаn metodikаning tаvsifi. Tаdqiqot ishini yozishdа tаhlil, tаvsif, qiyoslаsh metodlаridаn foydаlаnildi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati
Ishning nazariy ahamiyati shundan iboratki, Amerika adabiyotida Fenimor Kuper ijodining o`rnini o`rganib, uning asarlari g`oyasini umumlashtirishdir. Uning asarlaridagi mahalliy hindular tasvirining berilishini tahlil qilib xulosa chiqarish esa ishning markaziy qismi hisoblanadi.
Ilmiy tаdqiqot nаtijаlаrining аmаliy аhаmiyаti oliy tа`lim tizimidа ingliz filologiyаsi vа ingliz аdаbiyotshunosligi yo`nаlishidа tаhsil olаyotgаn bаkаlаvr bosqichidаgi hаmdа mаgistrаturа bosqichidаgi tаlаbаlаr uchun аdаbiyotshunoslik, аdаbiyot nаzаriyаsi, jаhon аdаbiyoti, qiyosiy аdаbiyotshunoslik fаnlаridаn mаxsus kurs o`tishdа, shuningdek, ushbu fаnlаr bo`yichа dаrslik, qo`llаnmа vа uslubiy tаvsiyаlаr yаrаtishdа foydаlаnish mumkinligi bilаn izohlаnаdi.
Tadqiqotning hajmi va tuzilishi
Magistrlik dissertatsiyamiz kirish yaʼni umumiy tavsifi, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan. Har bir bob esa bir necha qismlarga bo`lingan va ular alohida sarlavhalar bilan berilgan.
Birinchi bobda Romantizm oqimining vujudga kelishi, Amerika adabiyotida Romantizm oqimining o`rni va uning yirik namoyandalari haqida ma`lumotlar beriladi va bu oqimning o`ziga xos xususiyalari ochib beriladi.
Ikkinchi bobda XIX asr Amerika Romantizm oqimining yirik namoyandalaridan biri Fenimor Kuper hayoti va ijodiy faoliyati yoritib beriladi. Bundan tashqari, mazkur bob yozuvchi asos solgan yo`nalish, ya`ni hindular portretini adabiyotda aks ettirish, mavzusiga e`tibor qaratadi va yozuvchining ushbu mavzu haqidagi asarlarini mazmun jihatdan tahlil qiladi.
Uchinchi bobda Kuperning “Pioner” va “Mohikanlarning oxirgisi” asarlarida mahalliy hindularga nisbatan oq tanlilarning munosabati tahlil qilingan va hind an`analari va yangi dunyo nomutanosibligi borasida asarlardan ingliz tilida misollar keltirish orqali yoritib berilgan.
Xulosa qismida mazkur tadqiqot tahlilidan kelib chiqqan yakuniy xulosalar bayon etiladi va ish yakunida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltiriladi.
Biz quyida ularni navbat bilan bayon qilamiz. Har bir bob mavzusini, g`oyalarni misollar bilan isbotlaymiz va bu ishning yaxlit yakunlanishini taʼminlashga harakat qilamiz.

Download 122.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling