Mavzu: Adabiyotning kishi ruhiy dunyosiga tasiri’’ mavzusida insho
Download 1.61 Mb.
|
Akademik yozuv 11
Reportaj (ing . report — yetkazmoq, xabar qilmoq) — jurnalistikaning informatsion janr turi. Bu janrda jurnalist (reportyor) bevosita oʻzi ishtirok etgan, shohidi boʻlgan, koʻrgan voqeahodisalar haqida zudlik bilan yorqin, atroflicha xabar beradi. Bunda, odatda, muallif voqealarni oʻz tilidan bayon etadi. Repotajda barcha informatsion janrlar (lavha, hisobot, suhbat va sh.k.) unsurlari qoʻshilib ketadi. Unda badiiy obrazlar, tarixiy dalillardan keng foydalaniladi.Ommaviy axborotaloqa vositalari turiga (matbuot, radioeshittirish, telekoʻrsatuv) qarab materiallarni reportaj orqali yoritishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari bor. Matbuotda (asosan, gaz.da) repotaj voqeaband va mavzuli (turli vaqtda boʻlgan voqealar bir mavzuga birlashtirilib bayon etiladi) boʻlishi mumkin. Bunday reportajlar, odatda, voqealar boʻlib oʻtgan joylardan olingan fotosuratlar bilan bezatiladi. Matbuotda fotoreportajlar ham keng tarqalgan. Radio orqali beriladigan reportajda voqealar obrazli, jonli soʻzlar bilan tavsiflanib, hamma vaqt xronologik izchillik saqlanadi. Telekoʻrsatuvlardagi repotajda ekranda namoyish etilayotgan voqealar sharhlab beriladi.
A.Abdusaidov o’zbek matbuotida reportaj janrining til xususiyatlarini o’rganib, mavjud tadqiqotlardagi quyidagi fikrlarga tayangan: "Reportaj - bu ma‘lum bir vaqtda sodir bo’lgan voqea haqidagi hikoyadir. Reportaj avvalo boshqa janrlardan turli harakatlarning, voqea detallarining va dinamikasining ko’pligi bilan farq qiladi. Reportajni faktlar orqali suhbatlashish desa bo’ladi. Jurnalist sodir bo’lgan voqea haqida hikoya qilganda go’yo gazetxon yoki jurnalxon xuddi o’zi ko’rgandek tasavvurga ega bo’lishi kerak. Reportaj avvalo, gazetxonga ma‘lum bo’lmagan bironta yangilik haqida mukammal hikoya qilishdan iborat". Reportajda boshqa axborot janrlari singari haqqoniylik, faktlarga asoslanish, operativlik, ta‘sirchanlik kabi omillar juda muhimdir. Yаngilik reportajning asosi hisoblanadi. Ma‘lum voqea-hodisa, faktlar hamda tezkorlik bilan voqea sodir bo’lgan joydan tayyorlangan material reportajning magzini tashkil etadi. Unda voqea joyi tasvirlanadi, jonli muloqotlar beriladi, ko’pincha, materiallarda tantanavorlik aks etadi. Reportajning asosini axborot (informatsiya) tashkil etadi va xabar berish asosiy o’rinni egallaydi, voqea-hodisa, faktlar tahlil qilinmaydi. Ayrim reportajlar voqea sodir bo’lgan joy tasviridan yoki kishilar bilan muloqotdan, yo voqea tarixi haqidagi qisqacha hikoyadan boshlanadi. Reportaj ta‘sirchan, operativ janr sifatida gazetaning mavzu jihatdan rangbarangligini ta‘minlaydi va qimishliligini oshiradi. Reportajda oddiy bayonchilikdan ko’ra obrazli ifoda ustun turadi. Bu esa jurnalistdan mahorat va chuqur bilim talab etadi. Chunki reportajda axborot jonli, ta‘sirchan ifoda qilinadi. M.Xudoyqulov ―Jurnalistika va publitsistika‖ nomli kitobining ―Borliqning jonli aksi‖ [19:163-164 ] sarlavhali qismida reportajning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatgan: ―Reportaj aks ettirayotgan ob‘ekti nuqtai nazaridan voqea reportaji, muayyan mavzuga bag„ishlangan reportaj, muammoli reportaj, reportaj-sharh kabilarga bo’linadi. Reportaj qaysi ommaviy axborot vositasida berilishiga qarab gazeta reportaji, jurnal reportaji, radioreportaj va telereportaj kabi xillarga bo’linadi. Yаngiliklar xususida nisbatan tezkor xabar beradigan janrlardan biri reportaj bo’lib, unda jamiyat turmushidagi muhim voqealar haqida jonli, ta‘sirchan hikoya qilinadi. Reportaj materialini asosan ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklar (korxonalarning ishga tushirilishi, yutuqlari va hokazo), bayramlar tafsilotlari tashkil etadi. Bu janrda asosan umumiste‘mol so’zlardan foydalanilsa ham, voqealarni jonli tasvirlashda bo’yoqdor so’zlar, ifoda-tasvir vositalari, tasviriy ifodalardan ham o’rni bilan foydalaniladi, chunki mazkur vositalar so’zlarning «jilolarini ming bir qirrasi bilan ko’rsata oladigan va shu orqali ona tilimizning naqadar boy hamda go’zal ekanligini namoyish etishga tayyor turgan bitmastuganmas imkoniyatdir» [11:68 ]. Jurnalist voqealarni jonli tasvirlash uchun dialoglardan ham keng foydalanadi. Zero, mazkur janrda personajlar nutqi katta ahamiyatga ega. Reportajda qahramonlar xarakterini ochish emas, balki voqeani jonli, tantanavor tasvirlash muhimdir. Reportaj janrining xususiyatlaridan biri shuki, unda ta‘sirchan, ko’p ma‘noli so’zlar, so’z birikmalari ko’p ishlatiladi. Ayrim reportajlarda sarlavha ostida «reportaj» so’zi qayd etilib, sarlavhaga kengroq izoh berilgan. Bu holat diqqatni tortishga xizmat qiladi: Idi chustu choloki va mahorat megardad [Ot., 14.05.03], «Halqai vaslkunandai Sharqu G’arb», Afkori jomea dar borai anjumani Siyoh, Boz bahori Boysun faro rasid, «Dastgohhoi baxosiyat», «Dehae dar sinai ko’h» va shu kabilar. «Ovozi tojik» gazetasi materiallarining tahlili shuni ko’rsatdiki, reportaj sarlavhasida ko’pincha bayram, tantanali kunlar, odamlar tantanali hayotining lahzalari kabilar aks ettirilgan: Sho„hrati «Do„stlik» az mehnat [Ot.,4.01.03], Kishvari orzuhoi pokiza [Ot., 25.01.03], Jashni farxundai olimi mumtoz [Ot., 8.01.03], «UzDEUavto»: dar soli nav 110 hazor avtomobil [1.01.05], Dar pesh hududu ufuqhoi nav ba navand [Ot., 31.01.07], Sahifai zarrini solnomai boksi jahon [Ot., 18.04.07], Kalidi muvaffaqiyatho [Ot., 24.01.07], «Lukoyl oversiz» soxtmoni havzakro anjom dod [Ot., 16.04.08]. Reportajda voqeaning jonli tarzda tasvir etilganligi unda ta‘sirchan, bo’yoqdor so’zlarni ko’proq ishlatish hisobiga bo’lgan: obhoi jonbaxsh [Ot., 3.07.02], tashnagoni ma’rifat, sahifahoi duraxshon dar ta‟rixi farhang, in shaxson hangomi donishjo„i niz obu otash budand [Ot., 19.04.03], kalidi muvaffaqiyati dehqon [Ot., 24.01.07], olami boks, sahifai navi tilloi [18.04.07]. Reportaj janri tilining tarkibini quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Yangi so’zlar (neologizmlar). «Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar, yangiliklar eng avvalo leksikada o’z aksini topadi. Shuning uchun ham leksikaning boyib borishi tildagi boshqa elementlarga qaraganda birmuncha aktivdir» [13:40]. Shuningdek, jamiyatimizning turli sohalarida yuz beradigan har qanday yangiliklar yangi so’zlar vositasida tilda aks ettiriladi: naqsha, sodirot [Ot., 1.01.05], shirkat, firma [Ot., 15.11.06], varzish, varzishgar, mushtzan, tolor, omo„zishgoh [Ot., 18.04.07], havopaymo, jamoa, furudgoh [Ot., 31.01.07], fermer, bemorxona, furo„shgoh [Ot., 24.01.07], ittihodiya, xolding, dollar, istgoh [Ot., 16.04.08] shu kabilar. 2. Ruscha-baynalmilal so’zlar ham voqea va hodisalarning aniq bayon etilishiga xizmat qilgan. «XIX asrning II yarmidan boshlab rus hukmronligi vujudga keltirilgan ijtimoiy muhit badiiy adabiyot rivojiga, xususan unda tildan foydalanishiga ham o’z ta‘sirini ko’rsatdi, albatta…»[10:4]. Ana shu ta‘sir tufayli bugungi tojik matbuotida ham bir qator ruscha-baynalmilal so’zlar ishlatilayapti: kadr, texnologiya, moshin, avtomobil [Ot., 1.01.05], chempion, boks, ekran, televizor, final, nakaut, jurnalist [Ot., 18.04.07], aviatsiya, park, inspeksiya [Ot., 31.01.07], kompressor, kondensat [Ot., 16.04.08], model, salon, bamper, radiator, linza [Ot., 22.03.08] va boshqalar. 3. Arabcha so’zlar ham voqea va hodisalarning asl mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan. Bu so’zlar ona tilimiz tarkibida ommaviylashgan: munosib, jashn [Ot., 15.11.06], taxassus, mustaqil, mustahkam [Ot., 1.01.05], muovin, tajdid, muttahid [Ot., 22.03.08], bayraq, iqtidor [Ot., 18.01.07], majlis, tarmim, tajassum [Ot., 31.01.07], mintaqa, mahsulot, muvofiq [Ot., 16.04.08] shu kabilar. 4. Reportajda juft sinonimlarning ko’plab qo’llanilishi ham nutqning ta‘sirchan bo‗lishi uchun muhim uslubiy vazifani bajaradi. Tadqiqotchilarning fikricha, juft sinonimlar his-hayajon va tantanali ruh munosabatini bayon etishga xizmat qiladi[21:18-24]. Masalan, «Idi justu choloki va mahorat megardad[Ot., 14.05.03] nomli maqolada quyidagi juft sinonimlar ishlatilgan: mazmunu mundarija, jadvalu naqshaho, soxtanu tajdid gardonidan, asbobu anchom, diqqatu e‟tibor, xushu xursand, soxtanu tarmim, hamjavoru hammazhab, hukumatu vazoratxonaho [Ot., 22.02.03], jasorat va mardonagi [Ot., 18.04.07], tajdidu tarmim [Ot., 31.01.07] kabilar. Ularning jumlada muhim uslubiy vazifani bajarganligini quyidagi misollar orqali ko’rish mumkin: Dar barobari ba dast ovardani kamarbandi tilloii chempioni jasorat va mardonagiro namoish medod [Ot., 18.04.07]. Tai solho parki kishtihoi havoi kullan nav shud, … furudgohho ro’i tajdidu tarmimro didand [Ot., 31.01.07]. 5. «Frazeologizm tilning estetik funksiyasi namoyon bo’ladigan eng yorq elementlardan biridir» [4:96]. Tojik matbuotida reportajlarda xalq maqollari va frazeologik birikmalar ko’p qo’llanilgan, chunki ular aniq uslubiy maqsad bilan fikrni ta‘sirchan ifodalash uchun ishlatilgan [7:---]. Masalan: bazabon giriftan, rohi hayot, maydoni ilm, mavji tabrikot, zabona zadan [Ot., 8.01.03], dar og„o„shi maydon, virdi zabon gashtan, musiqi az qalb baromadan, sarhadi san‟at [Ot., 2.07.03], barnomai puxta, davlati shukufon [Ot., 18.01.03]. Reportaj janrining tili boshqa axborot janrlaridan jonliligi, ta‘sirchanligi bilan ajralib turadi. Lekin ocherk janriga qaraganda, reportajda umumiste‘mol so’zlar, neytral so’zlar ko’proq ishlatilgan. 2. Asosiy qism. Reja: “Adabiyotning kishi ruhiy dunyosiga tasiri’’mavzusida insho Mustaqil intervyu va reportaj tayyorlash “Adabiyotning kishi ruhiy dunyosiga tasiri’’mavzusida insho Rejasi: “Adabiyotning kishi ruhiyatiga ta’siri’’ Meni o’zgartirgan asar Adabiyot, insonlar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Halqimiz adabiyotni muqaddas va ulug’ dargoh deb biladi. Ana shunday bahoning o’zi el-yurtimiz hayotida bu soha namoyondalariga, ularning haqqoniy so’zi, chuqur ma’noli asarlariga ishonch, hurmat-e’tibor va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko’tarilgani yaqqol ko’rsatib turibdi. Adabiyot rivojlansa – ona tilimiz, badiiy tafakkurimiz rivojlanadi. Adabiyot tarbiya vositasi. Toʻgʻri, adabiyot muallim yoki ota-ona kabi bevosita tarbiya bilan shugʻullanmaydi, ammo u tuygʻuni, didni, ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi tasavvur chegarasini, koʻngil va qalbni tarbiyalaydi. Shuning uchun u tarbiya vositasidir. Adabiyot bilan toʻlgan qalbga yovuzlik kirib olishi qiyin kechadi, koʻngil mayli yovuzlik tomonga oʻtishdan oldin u yerda adabiyot bunyod etgan qoʻrgʻonlarni, qalʼalarni buzib tashlashiga toʻgʻri keladi. Adabiyot bilan toʻyingan qalb, ong – poydevori mustahkam binoga oʻxshaydi. U zalolatga boshlovchi koʻplab zilzilalarga dosh bera oladi. Kitob bu tafakkur, kitob – xazina, Kitobxon insonda bo‘lmaydi gina. Qalbimiz yanada go‘zal bo‘lajak, Yaxshi kitoblarni o‘qisakkina… Kitob so‘zini eshitganimda bir voqea yodimga keladi. Adashmasam, o‘sha paytlari sakkiz yo to‘qqiz yoshda edim. Dadam bilan daladan qaytishda bozorga borishn(va albatta, muzqaymoq olishni) kelishib olganimizdan so‘ng sholipoyalar sari jo‘nadik. Ayam dadamga bir qog‘oz tutqazdi. Sevgi xati deb xomxayol bo‘lishning hojati yo‘q. Bu qog‘ozda bozorlik ro‘yxati yozilgandi. Dalaga bordik, sholiga suv me’yorida oqayotganini ko‘rib, ko‘nglimiz tinchidi. Axir, suv bo‘lmasa, sholi ham bo‘lmaydi-da. Dalada biroz aylanganimizdan keyin dadam menga bozordan ajoyib bir narsa olib bermochimi bilmadim nima olib bermoqchiligini hayolimda yo’q. Bozorda kitob do‘koni yonidan o‘tdig-u, dadam darrov ortiga qaytdi. Muzqaymoqqa atiga o‘n qadam qolganida men ham izimga qaytishga majbur bo‘ldim. Ketmon ushlayverib temirday qattiq bo‘lib ketgan dadamning qadoq qo‘li qo‘limni mahkam tutib olganidan keyin qaytmaslikning iloji ham yo‘q edi-da. Kitob do‘koniga kirgach dadam do‘konchi opaga: “Shu bolaga mos kitoblarni ko‘rsating”, deb qoldi. Xursand bo‘lib ketdim. Nahotki, o‘z-o‘zimning shaxsiy kitoblar javonimga qo’ydim.Endi! Xullas, o‘shanda Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” romanini sotib oldik. Keyin xuddi pultga o‘xshaydigan, ekrani, tugmalari bor o‘yinchoq ham oldik. Uyga esa… quruq qo‘l bilan qaytdik. Ayam tilla ona. Dadamni darrov tushundi. “Bolamizni o‘qimishli bo‘lsin debsiz-da. Yaxshi o‘ylabsiz. Hozircha hamma narsa yetarli. Yanagi safar olib kelarsiz…” dedi. Holbuki, ayam aldagandi. Chunki o‘sha kuni ovqatga kartoshkani qo‘shnimizdan olib chiqdik. Shu zaylda, mening birinchi shaxsiy kitobim ham paydo bo‘ldi. Ungacha kutubxonadan ertak kitoblar olgandim-u, lekin bunday katta badiiy kitobni hech o‘qimagandim. Ikkinchi sinfligimda oltinchi sinf o‘quvchisi Hoshimjonning sarguzashtlari yozilgan kitobni o‘qib chiqdim. Kuniga uch-to‘rt betdan o‘qirdim. Agar dadam uyda bo‘lsalar, o‘zlari yonlariga olib o‘qishimni tomosha qilardilar. O‘shanday kunlarda, hatto o‘n betgacha o‘qirdim. O‘qib bo‘lganimdan keyin dadam nimani o‘qiganimni qaytadan so‘rardi. Axir hozirgina ovozimni chiqarib o‘qiganimni aytsam ham bari bir xayolimda qolganlarini so‘zlab berishim va bu asardan tushunganlarimni va qiziqarli joylarini ayttim. Bo‘lar bola boshidan, deyishadi-yu, lekin o‘sha bolaning ham bo‘ladigan bo‘lishi uchun kattalarning xizmati katta ekan. Sababi, bolaligimdan oilam kitobga mehr uyg‘otmaganida edi, bugungi natijalarimga erisha olmagan bo‘lardim. Birinchi sinflik paytimdan she’r yozishga bo’lgan ishtiyoq kuchaydi . Maktabga borishdan avval ayajonim menga yozishni allaqachon o‘rgatgandilar. Ammo ayam o‘rgatgan yozuv boshqacha-yu, maktabdagi boshqacharoq edi. Keyin bilsam, ayam kirill alifbosida yozishni o‘rgatgan ekanlar. Yangi yozuvni ham tezda o‘rganib oldim. Birinchi sinfdagi she’r yozishga bo‘lgan ishtiyoq, ikkinchi sinfdagi dadamning sovg‘asidan keyin yanada kuchaydi. Hoshimjonning sarguzashtlari haqida o‘qib, o‘zimni xuddi uning o‘rnida tasavvur qilardim. Tasavvurimdagilarni esa she’rlarda aks ettirardim. O‘sha paytdagi e’tibor va eng asosiysi, oilaviy muhit tufayli kitobxon o‘quvchiga aylandim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida “Bugun bitta kitob o‘qigan bola ertaga o‘nta televizor ko‘rgan bolaga yetakchilik qiladi”, deb ta’kidlagan edilar. Inchunun, kitob insoniyatning eng yaqin do‘sti, maslahatdoshidir. Kitoblarni quyoshga o‘xshataman. Bechora quyosh insoniyat qancha xunrezliklar qilsa ham, doim dunyoni charog‘on qilish uchun nur sochadi. Kitoblar quyoshday buyuk. Quyosh olamni yoritsa, kitoblar insonning qalbini nurga to‘ldiradi. Bundan uch-to‘rt yil avval yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari sust ekanligi asosiy muammo edi. Lekin Prezidentimiz muammoga yechim sifatida shunday g‘oyani o‘rtaga tashladilarki, bu g‘oya butun dunyoga o‘rnak bo‘ldi. Bugun yurtimizda “Kitob o‘qigan mashina minadi”, degan shior millionlab yoshlarning qalbiga kirib bordi. “Yosh kitobxon” tanlovining o‘tkazilishi, g‘oliblarga “Prezident sovg‘asi” sifatida mashina sovg‘a qilinishi butun dunyoga o‘rnak qilsa arziydigan ajoyib tashabbuslardan biri bo’ldi deb o’ylayman chunki boshqa davlatlarda bunday emas. Xudoyberdi To‘xtaboyevning romanini o‘qishdan boshlangan kitoblar olamiga sayohatim meni ham oliy o’quv yurti talabasi bo’lishga undadi. O‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini ko‘rganimda ko‘pi bilan allaqachon tanish ekanligimdam quvondim. Chindan ham ijod qilishni yaxshi ko‘raman. Ham aql, ham qalb bilan fikrlashga harakat qilaman. Axir, O‘tkir Hoshimov bekorga “Ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo‘lishi kerak”, deb yozmagan-ku. Hoshimjon haqidagi kitobni, uning sarguzashtlari-yu hangomalarini o‘qib, juda ta’sirlangandim. Kitoblarni har ko‘rganimda, men ham oliy o’quv yurtida o’yiman katta odam bo’laman deb orzu qilar edim.. Niyat qilgan inson, albatta, o‘ylaganiga erishar ekan. O‘ylab qarasam, “Sariq devni minib” asari mening hayotimni anchagina o‘zgartirgan, talaba bo‘lishimga kattagina hissa qo‘shgan kitob ekan. Albatta, kitobga qanchalik mehrim bo‘lsa, uning muallifiga ham muhabbatim cheksiz. Ham o‘smirlarga, ham bolalarga birdek manzur bo‘ladigan asarlar yozgan yozuvchiga bo‘lgan hurmatim yuqori. Bilasizmi, O‘zbekiston orzular mamlakati. Bu yurtda hamma orzular amalga oshadi. Mening ham 2019-yilda ushalmagan orzuyim 2020-yilda amalga oshdi. Ba’zi paytlarda o‘ylanib qolaman. Ancha yillar avval dadajonim aynan “Sariq devni minib”ni emas, boshqa kitobni olib berganlarida men bugungi natijalarga erisha olarmidim… Yo‘q, buni tasavvur ham qila olmayman. Bu kitob menga, mening ruhiyatimga shu qadar ta’sir qilganki, uning natijasida bugun talabalik baxtiga muyassar bo’lib o’tiribman. Karantin davri – kitob o‘qish uchun eng qulay imkoniyat vaqti. Ko‘p o‘qib, yaxshi niyat qilsak, albatta, g‘alabaga erishamiz. Tojdor virusning tojini yechish qo‘limizda. Buning uchun birdam bo‘lsak kifoya. Yozganlarimni yanada yaxshiroq anglamoqchi bo‘lsangiz, “Sariq devni minib” romanini o‘qib ko‘ring. Bolalar kitobi-ku, deyishga shoshmang. Chunki, bolalar ruhiyati, bolalar dunyosi kattalarni ham poklashga qodir. Axir, eh bolaligim qaytsaydi, deganlarning qanchasini eshitgansiz. Keling, ham xayolotda, ham hayotda bola kabi pok va samimiy, to‘g‘riso‘z bo‘lishga harakat qilib, bir-birimizga mehribon bo‘lib qolaylik. 2. Mustaqil intervyu va reportaj tayyorlash Reja: Mustaqil intervyu tayyorlash Mustaqil reportaj tayyorlash Mustaqil intervyu tayyorlash O‘zbekistonda anomal sovuq yana qancha davom etadi? O‘zgidromet matbuot xizmati mutaxassisi Malohat Ro’ziyeva shu haqida intervyu berdi: O‘zbekistonda so‘nggi kunlarning asosiy muammosi – sovuq, gaz, svet... Gaz va svet bo‘yicha vaziyat tushunarli va ortiqcha umidlarga o‘rin yo‘q. Yagona ilinj – sovuqning chekinishi, havoning ilishi.– Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling