Mavzu: adabiyotshunoslikdagi ilmiy maktablar taʼlimoti kirish
BOB ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI ILMIY MAKTABLAR TAʼLIMOTI
Download 68.25 Kb.
|
ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI ILMIY MAKTABLAR TAʼLIMOTI
BOB ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI ILMIY MAKTABLAR TAʼLIMOTI
Tahlil tarixi, uning ko’rinishlari. Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Bugungi kun kishisining tafakkur darajasi, insoniyat tomonidan to`plangan bilimlar ko`lami benihoya kengaygan. qadimda fanlar o`zaro ajralmagan, xususan, adabiyotshunoslik ham falsafa ichidagi bir hodisa edi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti, inson tafakkurining rivoji davomida turli fanlar alohida mustaqil fanlar sifatida ajralib chiqdi. Biroq bu ajralishni tamomila maxdudlashish deb tushunmaslik lozim. CHunki adabiyotshunoslik, fanning barcha mustaqil tarmoqlari singari, boshqa fanlar bilan aloqada yashaydi, rivojlanadi. Bu xil aloqa davomida adabiyotshunoslik boshqa fanlardan nimalarnidir oladi, ularga nimalarnidir beradi. Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida gapirganda, avvalo, uning tilshunoslik bilan aloqasi xususida to`xtalish lozim. Badiiy adabiyotning materiali so`z, adabiy asar esa so`zlardan tarkib topuvchi matndir. Badiiy matn esa, ravshanki, til qonuniyatlari asosida tarkib topadi. Til qonuniyatlarini bilishlik matnning qurilishi, tagma`nolari, ishlatilgan stilistik figuralarning estetik qimmati haqida fikr yuritishda juda muhim. Odatda badiiy matn tilini o`rganishga qaratilgan ishlarni adabiyotshunoslik va tilshunoslik chegarasidagi ishlar deb qaraladi. Biroq bunda biz chegarani aniq olishimiz kerak. Gap shundaki, adabiyotshunoslik tilshunoslik yutuqlariga tayanib tasvir vositalarining estetik tomonlarini o`rgansa, tilshunoslik til qonuniyatlarini o`rganishni o`ziga maqsad qiladi. YA`ni, tilshunos uchun badiiy matn material bo`lsa, adabiyotshunos uchun maqsad sanaladi. Tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik aloqalari yana bir jihatdan muhim. Tilshunoslik kishilar orasidagi muloqot vositasi bo`lgan tilni o`rgansa, adabiyotshunoslik ijodkor va o`quvchi orasidagi badiiy muloqot vositasi bo`lgan badiiy asarni o`rganadi. Muloqot qonuniyatlarining mushtarakligi esa adabiyotshunoslikning qator muammolarini til qonuniyatlari bilan qiyosan o`rganish va o`rgatish imkoniyatini ochadi. Adabiyotshunos o`z faoliyatida badiiy nutq shakllari, ritmi, intonatsiya, she`r sintaksisi, ekspressivlikni oshiruvchi vositalar kabi qator tushunchalarga duch keladiki, bularning tilshunoslik ilmidagi talqinini bilgan adabiyotshunos izlanishlari albatta samaraliroq bo`ladi. Keyini davr adabiyotshunosligida paydo bo`lgan "struktural adabiyotshunoslik", "badiiy asarga semiotik yondashuv" kabi tushunchalar bevosita tilshunoslik yutuqlari asosida yuzaga kelgandir. Adabiyotshunoslikning tarix fani bilan juda uzviy aloqasi bor. Ma`lum bir davr adabiyoti yoki o`tmishda yaratilgan konkret asarni tadqiq etayotgan adabiyot tarixchisi o`sha davr ijtimoiy —tarixiy hodisalarini o`rganmog’i shart, aks holda u o`rganilayotgan davr adabiyotida kuzatilgan hodisalar mohiyatini ham, tahlil qilinayotgan asarning mohiyatini ham to`la anglay olmaydi. Adabiyotshunoslik san`atning umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi estetika fani bilan ham mustahkam aloqadadir. So`z san`ati sifatida badiiy adabiyot san`atning umumiy qonuniyatlari asosida yashashi, uning boshqa san`at turlari bilan aloqada ekanligi adabiyotshunosdan estetika fani yutuqlaridan xabardor bo`lishni taqozo qiladi. Adabiyotshunoslikning falsafa fani bilan aloqasi haqida gapirganda, avvalo, yirik san`atkorlarning hammasi ham o`ziga xos faylasuf ekanligi, yirik badiiy asarlarda muallifning olamu odam haqidagi qarashlari tizimi (badiiy kontseptsiya) - badiiy falsafasi ifodalanishini e`tiborda tutish lozim. Dunyoqarashi muayyan falsafiy ta`limot ta`sirida shakllangan ijodkor asarlarining mazmun-mohiyatini anglash uchun adabiyotshunos o`sha falsafa asoslaridan xabardor bo`lmog’i lozimdir. Aytaylik, islom falsafasi asoslarini, tasavvuf falsafasini bilmasdan turib mumtoz adabiyot tarixini o`rganish, undagi ko`plab asarlarni talqin qilish maholdir. YOki, masalan, XX asr evropa adabiyoti namunalarini o`rganganda freydizm, ekzistentsializm kabi ta`limotlardan xabardor bo`lish talab qilinadi. Adabiyotshunoslik psixologiya fani bilan o`zaro aloqada bo`ladi. Badiiy asarda tasvirlangan inson ruhiyatini anglash, badiiy ijod psixologiyasi, badiiy asarni qabul qilish jarayonining ruhiy mexanizmlarini yaxshi tasavvur qilish uchun adabiyotshunosga psixologiya fanining yutuqlari juda katta yordam beradi. Ayni paytda, badiiy adabiyot psixologiya faniga ilmiy tadqiqotlar uchun boy material beradi. Yuqoridagilardan ko`rinadiki, adabiyotshunoslik boshqa fanlar bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Chinakam adabiyotshunos bo`lib etishish, uning yutuqlaridan boxabar bo`lish va ortda qolmaslik uchun sizdan atroflicha keng bilim egasi bo`lishlik talab etiladi. Aristotel miloddan avvalgi 384-322 –yillarda “Poetika” asarini yozadi. Bu jahonda ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISHga bag’ishlab yozilgan birinchi kitob edi. Aristotel hali adabiyot yoki badiiy adabiyot atamasi kelib chiqmagan bir davrda adabiyotni “poeziya”, deb ataydi va u hayotning o’xshashini yaratadi, deb bilgan. Forobiy va Abu Ali ibn Sino Aristotelning “Poetika” asariga sharh yozdilar. Sharhda uch narsaga e’tibor qaratilgan, biri shuki, mazkur asar o’z sohasida kashfiyot, yangilik bo’la oladimi? Ikkinchisi shuki, bu asarning yutuqlari, yaxshi tomonlari nimalardan iborat? Uchinchisi, uning qanday kamchiliklari bor? Forobiy “Poetika” to’g’risida ikkita sharh yozgan, biri “ Ahe’r san’ati”, deb ataladi. Sharhda Forobiyning aytishicha, Aritotel poeziyaning so’z va timsol orqali ish ko’rishini to’g’ri tushungan. Chunki u qadimgi yunon adabiyotining Gomer,Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan kabi yirik shoir va dramaturglar asarlariga suyanadi. O’xshashini yaratish, timsolini hosil etish tashbeh orqali amalgam oshiriladi. She’rda vazn va ritim bo’ladi, bu esa bo’laklarning bir-biriga teng bo’lishidan kelib chiqadi. Aristotel bu bilan shoirning hayotga munosabatini ko’rsatadi. Forobiyning “Poetika”ga doir bo’lgan ikkinchi sharhi “Shoirlarning she’r yozish san’ati qonunlari haqida” deb ataladi. Ulug’ olim bunda shoirlar, she’rlar, janrlar va ularning turlari haqida so’zlaydi. Shoirlarning haqiqiysi tug’ma bo’ladi, qobiliyatli shoirlar ham bo’lib, ular mehnat va harakat orqali ko’p narsalarga erishadi. Uchinchi xil shoirlar esa taqlidchidir. She’rlarning birinchisi yomon illatlardan saqlaydi, aqlni to’ldiradi. She’rlarning ikkinchi xili ruhiy sezgilarni o’stiradi, g’azablanishidan asraydi. Uchinchi xil she’r kishini zaiflikdan saqlaydi, nafsi va hirsini jilovlaydi.Aristotel difirambi, yombi, eyniy, diagramma, madhiya va satira kabi “ she’r navlari”ni izohlagan. Forobiy shu munosabat bilan madhiya va lug’z ( topishmoq) ni eslagan, aruzni tilga olgan, sabab, vatad juzvlarini ta’kidlab o’tgan. U “ Hikmatlarning ma’nolari” risolasida “obraz” atamasini ham keltirgan.Ibn Sino “Poetika”ga oid sharhini “ She’r san’ati” deb nomlagan. Uningcha, obrazli qilib aytilgan so’z kishi ruhini o’ziga boysundiruvchan bo’ladi. Ibn Sinoning aytishicha, insonning tarbiyasi ikki xil bo’ladi: biri jismoniy, biri ruhiy tarbiya musiqa orqali amalgam oshiriladi.Obraz mukammal va kamko’stli bo’lishi mumkin. She’r kishiga ta’sir etadi, odamlarni taajjubga solish xususiyatiga ega bo’ladi, bu hol she’r musiqiyligi bilan bog’liq. Ibn Sino ta’kidiga ko’ra, “she’r ijtimoiy burch” maqsadlarini nazarda tutib yoziladi. She’r ta’sir qilishining sabablari uchta, ular obrazli so’z, tashbehli ifoda va sarmoniya ( uyg’unlik). Ibn Sino” musiqiylik” atamasinigina emas, “badiiylik” atamasini ham ishlatgan. Tahsinga ijodiylik va badiiylik loyiq, deydi. Ibn Sino , asosan, “Poetika”ni sharhlasa ham, arab, fors-tojik va turkey xalqlar poeziyasi masalalariga ham tegib ketadi. Ibn Sino “Poetika”ga ko’ra sahna va ijro to’g’risida ham to’xtaydi. Tragediyada “axloq emas, balki xarakterlarni o’z ichiga qamrab olgan harakatlar ham eslatilgan”. Ibn Sino tinglovchi-somi’, ayni holda teatr tomoshabini to’g’rsida ham gapirgan, dekoratsiyani esa manfaatli, deydi. U badiiy to’qima haqida “ she’rda aytilganlarning yolg’ondan iboratligi ochiq-oydin sezilib turadi”, degan. Ibn Sino ta’kidicha, “narsa yo hodisa aytilganiga muvofiq kelguday bo’lsa, uni rost, deb qabul qilinadi”. Forobiy va Ibn Sino sharhlarida “she’r” atamasi bor, “lirika” atamasi yo’q, ammo “Poetika”da lirika haqida tushuncha bor, biroq, “lirika” atamasi milodgacha III-II asrlarda yuzaga kelgan. Nazariyotchi olimlardan yana biri Abu Abdulloh Xorazmiy edi. ( Xasr) . U arab tilida yozilgan qomusiy xususiyatli “Mafotih ul-ulum” ( “Fanlarninng kalitlari”) degan asarida adabiyot ilmiga ham alohida o’rin ajratgan. Bunda aruz, qofiya ilmi, ilmi badi’ ( badiiy vositalar-she’r san’atlari) to’g’risida to’xtab o’tgan. Abu Abdulloh Xorazmiy yakka va birlashgan zihoflarni keltirgan. Uningcha, aruzning tavil, rajaz, mutaqorib bahrlari arab aruzida ko’p qo’llanilgan. Uning shohidligiga ko’ra, arab bahrlari ( o’sha davrgacha) vazn jihatidan yaxshi rivojlana olmagan. Bu jihatdan eng ko’p o’sgani to’qqiz vaznlikdir. Abu Abdullohning bu asari o’zbek qofiyasi turlari va ularning unsurlari o’tmishda birinchi marta ko’rsatib berilgan yagona manbadir. Unda 44ta she’r san’atlari ham dalilllangan. Beruniy ( 975-1048) shunday deydi: “ Madaniy kishilarning ta’bi noziklashganlari va hatto nozikmaslari ham ko’ngil ochish joylariga borib, kuy eshitishdan o’zlarini tya olmaganlar. Ularning dindorlariga ham kuy eshitishga ruxsat etilgan. Kuy esa, agar u tartiblanib tuzilgan bo’lsa, ko’ngilga shiddatli ta’sir ko’rsatadi, axir ko’ngil tartibni qabul qiluvchandir. Hatto u she’riyatda ham undagi tartibning kuchliligi sababli topgan. Ko’ngil o’zi uchun kuyga solingan yanada moyilroqdir, chunki bunda she’rning tartibi bilan kuyning ohangi mujassamlashgan. Shunday bo’lgach, matematiklar shunday fan yaratdilarki, unda uning asoslari haqiqatini bayon qildirlar va u “ ilmi musiqiy”, deb ma’lum bo’ldi”. “ O’rta asr Sharq olimlari ham qadimgi yunon olimlari kabi, musiqani matematik ilmlar qatoriga . XX asr boshlarida ulug’ yurtdoshimiz Cho`lpon "Adabiyot nadir?" degan savolni o`rtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga baholi qudrat javob izlagan edi. Asrimizning o`rtalarida ulug’ frantsuz yozuvchisi va adabiyotshunosi J.P.Sartr ham huddi shu nomli maqola bilan chiqqan hamda shu savolga o`zicha javob bergan edi. Agar biz diqqat bilan kuzatsak, insoniyat ongini tanigandan beri bu savol u bu yoki bu tarzda muntazam qo`yilib kelishiga guvoh bo`lamiz. Qizig’i shundaki, bu savolga har bir davr o`zicha javob beradi, boz ustiga, bir davrda yashayotgan odamlarning javoblari bir-biridan jiddiy farqlanadi. Tugal va uzil-kesil javob berilishi mumkin bo`lmagan "adabiyot nadir?" savolining hozirgi kunda ham kun tartibida turgani tabiiy. Bugungi kunda mazkur savol tegrasidagi bahslar "adabiyot san`atmi yoki ong sohasimi", "adabiyot ijtimoiy bo`lishi kerakmi yoki yo`qmi", "adabiyot ommaviy bo`lishi kerakmi yoki elitarmi" kabi masalalarni o`z ichiga oladi. Biz o`zimiz bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga moyilmiz, oxirigacha tugal anglab bo`lmaydigan, oxirigacha muayyan ta`rifu qoidalar asosida tushuntirib bo`lmaydigan murakkab hodisalar mavjudligini tan olgimiz kelmaydi. Holbuki, mavjud narsa-hodisalarning aksariyati, jumladan adabiyot ham, ana shunday murakkab, ziddiyatli tomonlarni o`zida jam etgan hodisa sanalishi kerak. Yuqorida qo`yilgan savollardan birinchisiga - "adabiyot san`atmi yoki ong sohasimi" degan masalaga to`xtalsak, bu narsa ancha ravshan ko`rinadi. Keyingi yillarda, sho`ro davrida o`ta yalang’och ijtimoiylashgan adabiyotga, uni ommani kommunistik ruhda tarbiyalash va sh.k. maqsadlarga bo`ysundirish amaliyotiga aks ta`sir tarzida adabiyotni "sof san`at" sifatida tushunish, unda faqat san`at hodisasinigina ko`rish tamoyili kuzatiladi. Holbuki, adabiyotda faqat vositani ko`rishlik qanchalik xato bo`lsa, unda "sof san`at"nigina ko`rish ham shunchalik xatodir. "Sof san`at" tarafdorlari adabiyotning ijtimoiy ong sohasi ekanligini inkor qiladilar, juda insof qilganlari adabiyotning bu jihatiga e`tiborsizroq, ko`z yumib qaraydilar. Biz aql va hisni bir-biriga ko`pincha zid qo`yamiz, holbuki, bu narsa vujudimizda aql va hisning bir paytda mavjud bo`lishiga, ikkalasi birlikda inson ruhiyatini tashkil etishiga halaqit bermaydi. Bas, nega endi inson ruhiy faoliyatining mahsuli bo`lgan adabiyot ularning ikkisini o`zida jam qilolmas ekan? Bu masalani badiiy ijod tabiatidan kelib chiqib tushunish va tushuntirish o`ng’ayroq ko`rinadi. Adabiyotning ilk namunalari sanaladigan asotir(mif)larni, afsonalarni esga olaylik. Axir, "Avesto"dagi rivoyatlar yoxud qadim grek yoki misr afsonalari tabiatni, insonning paydo bo`lishi, uning o`limi sirlari va sh.k. muammolarni bilishga intilishi natijasi emasmi? Albatta, hozirgi insonning tafakkur darajasi ham, adabiyot va san`atning rivojlanish darajasi ham ko`z ilg’amas darajada uzoqlashdi. Lekin badiiy ijodga turtki beradigan birlamchi omil hamon bilish ehtiyoji bo`lib qoldi. To`g’ri, keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda doim ham ijodkor bilishga intilayotgani asotirlardagi kabi ravshan sezilmasligi mumkin, lekin uning yaratilishiga bevosita mana shu ehtiyoj turtki bergan. Deylik, bir ijodkorni jamiyatning mavjud holati yoki rivojlanish tamoyillarini bilish(ko`proq romanlarda), boshqa birovini o`zni anglash orqali Haqni tanish(tasavvuf she`riyati), tag’in birini qalbidagi kechinmalarini(ya`ni, o`zini) anglash va shunga o`xshash umumiy nomi BILISH ataluvchi ehtiyoj ijodga undaydi. Faqat shunisi borki, keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda bilish ehtiyojining ravshan sezilmasligi ijodkor tarafidan anglangan narsaning asarda boshqacha yo`sinlarda ifodalanishi bilan izohlanishi mumkin. Deylik, ijodkor o`zi anchadan beri echolmay kelayotgan, o`zi anglashga intilayotgan masalaning echimini tabiat manzarasida, hayotdagi biron bir holatda, hodisa va sh.k.larda ko`rishi, ya`ni, o`sha narsada hikmat ko`rishi-da mumkin. Ijodkor o`z asarida o`sha narsani(manzara, holat, hodisa va sh.k.) aks ettirishning o`zi bilanoq ehtiyojni qondiradi. Qatag’on davrida insonning qadrsizlangani, butun boshli jamiyatning totalitar tuzum oldidagi ojizligiyu kishilarning o`zgalar fojiasiga tomoshabin bo`lib turgani haqida o`ylagan va azob chekkan A.Qahhor "O`g’ri"da tasvirlangan voqeada, mustabid tuzum va ijodkor qismatini Oybek "Na`matak"da ko`rgan bo`lsa ne ajab?! Aytmoqchimanki, shu asarlarni yaratish bilan har ikki ijodkor ruhiyatida paydo bo`lgan bilish ehtiyoji qondirildi - bu asarlarni har birimizning o`zimizcha tushunishimiz esa butkul boshqa masaladir. Boshqa bir muhim tomoni shuki, har ikki adib o`zlari yaratgan badiiy obrazlar vositasida bilibgina qolmadi, ikkisi-da o`zining orzu-armonlarini, his-tuyg’ularini - bir so`z bilan aytganda - o`z idealidan kelib chiqqan hissiy munosabatini ifodaladi. Biroq hissiy munosabatning ochiqdan-ochiq ifodalanishi shart emas, boz ustiga, ochiqdan-ochiq ifodalangan hissiy munosabat "nasihatgo`ylik" tomon tortib ketishi mumkin. Shuning uchun, masalan, "O`g’ri"da A.Qahhor "xolis kuzatuvchi" mavqeida turadi: qalbini jumbushga solgan voqeaning, holatning suratini chizish bilan kifoyalanadi. Mahorat bilan tasvirlangan holat tasavvurida jonlangan onlarda (hikoyani o`qish jarayonida) o`quvchi adibning (ijod onlaridagi) his-tuyg’ularini qalbdan kechiradi. Misolga olingan har ikki asarda ham bir narsaning mohiyati boshqa narsa orqali anglanayotganiga shohid bo`layotirmiz. Har ikki ijodkor ham o`zlarini o`ylatgan muammolarni anglash uchun hayotga aynan taqlid qilgani, hayotdan nusxa ko`chirgani yo`q. Zero, bir narsaning mohiyatini ikkinchi narsada ko`rish uchun aqlning o`zi kamlik qiladi, buning uchun ijodkorda avvalo san`atkorona nigoh, san`atkorga xos "qalb ko`zi" bo`lishi lozim. YA`niki, adabiyotdagi bilish fandagidek ratsional bilishgina emas, unda aql bilan barobar his, sezgi(intuitsiya) kabi unsurlar ishtiroki-da kattadir(shuning uchun ham aqlli odamlarning hammasi ham san`atkor bo`lavermaydi, bo`lolmaydi). San`atkor narsaning mohiyatini ochuvchi boshqa narsani ko`radi, uni o`zining tuyg’u-fikrlarini ifodalashga muvofiq tarzda qayta yaratadi(odatga ko`ra buni "tasvirlaydi" degan mohiyatga nomuvofiq so`z bilan ataladi) va mana shu qayta yaratish jarayoni IJODdir. San`atkorning ijod onlaridagi holati, uning zo`riqib ishlayotgan ongiyu jumbush urgan qalbi esa asar matnida muhrlanadi. Bungacha aytilganlarga tayanib, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u san`atga ham, ijtimoiy ongga ham birdek aloqadordir degan xulosaga kelish mumkin. Adabiy bahslarda tez-tez ko`tarilib turgan "adabiyot ijtimoiy bo`lishi kerakmi yoki yo`qmi" masalasi ham sho`ro davri adabiy siyosati ta`sirida yuzaga keldi. Adabiyotning ijtimoiy ekanligini inkor qilish ma`qul bo`lmagan hodisadir va, ayni paytda, adabiyotning individual-shaxsiy hodisa ekanligini ham inkor etib bo`lmaydi. Bu da`vo faqat murosa ilinjida, bahsda oraliqni - eng havfsiz mafqeni egallash ilinjida emas. Mazkur savolga javob berish uchun biz adabiyotning predmeti masalasiga to`xtalishimiz zarur. Agar dastlabki badiiy asar hazrati Odam tomonidan yaratilgan bo’lsa, o’sha zamonlardan buyon badiiy matnni o’rganish, o’zlashtirishga urinib kelinmoqda. Chunonchi, odamiyatga nozil etilgan barcha muqaddas kitoblar ham insoniyatning eng buyuk aql egalari tomonidan tafsir qilibkelingan. Ma'lumki, bu kitoblar bir darajada badiiy asarlar sanalardi. Botish, yurtlarida muqaddaskitoblarning tafsiriga "eksegez" - anglatish, tushuntirish deb qaralgan. Badiiy asarni tekshirishning yuqorida sanalgan turlari yo matn interpretatsiyasi va yoki hermenevtikasi yo’nalishida amalga oshirilgan. Badiiy matnga tahlilchi o’z maqsadi, falsafiy qarashlar tizimi, estetik tayyorgarlik darajasi, ilmiy va badiiy saviyasi va boshqa omillardan kelib chiqqan holda yondashadi. Badiiy tahlilni amalgaoshirishda turli millatlar va mintakalarda turlicha munosabatlar tizimi qaror topgan. Sharq va Garb mintaqalarida badiiy matnga tamomila turlicha munosabatda bo’lib kelingan. Sharq,xususan, Turkisonda badiiy asardan, birinchi navbatda, san'at talab etilgan. Badiiy matnning ta'sirli, o’ziga xos, betakror nafis va kutilmagan bo’lishiga e'tibor qaratilgan. Garbda esa badiiy matndan ko’proq ijtimoiy ma'no qidirilgan, bu hol sotsiologik, funksional tahlil yoki boshqachaaytganda interpretatsiyani kelib chiqargan. Shuning ta'sirida adabiyotshunoslik ilmida har qanday badiiy asar o’z-o’zidan estetik, tarbiyaviy va ijtimoiy-ma'rifiy funksiyalarni birvarakayiga bajaradi deb hisoblab kelingan. Tahlil mobaynida muayyan badiiy asarda ayni shu funksiyalar qaytarzda va qanchalik darajada ado etilishini aniqlashga urinilgan. Badiiy asar interpretatsiya qilinganda, uning nafis san'at asari ekanligiga unchalik e'tibor qilinmay, diqqat matnni talqin etishga, ya'ni tushuntirishga, unda nima haqda gapirilayotganligini ochishga qaratiladi. Interpretatsiya tekshirilayotgan matnga o’sha davr talabidan kelib chiqib yondashishni taqozo etadi. Hermenevtika esa badiiy asarga tadqiqiy yondashuvni talab qiladi. Tahlilchi badiiy matning qatlaridagi yashirin ma'nolarni tekshirishga intiladi. Uning badiiyliginita'minlangan tasviriy unsurlarning o’rnini belgilash, asarning ijtimoiy salmogini kashf etishdan kam kurilmaydi. Tahlil xulosalari faqat bir davrga emas, balki zamonlarga yararli bo’ladi.Badiiy matnni tarixiy-tipologik o’rganish badiiy asarni alohida filologik-estetik butunlik sifatidaemas, balki ijtimoiy-tarixiy jarayonning tabiiy oqibati tarzida izohlaydi. Bunga ko’ra insoniyat tarixi bir xil qonuniyat asosida rivojlanadi, binobarin, xalq yaratadigan badiiy obidalar ham ayni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichiga muvofiq tarzda vujudga keladi. Sovet folkloristikasitarixiy-tipologik nazariya asosida yuzaga kelib, rivojlanadi. Afsuski, hanuzgacha ham uzbekadabiyotshunosligda ana shu nazariyaga tayanib fikrlashga mayl kuchlilk qilmoqda. Shu bois"Alpomish" deyarli barcha turk xalqlarida hatto dunyodagi turkiy bo’lmagan ayrim xalqlar ogzaki ijodida ham o’z muvoziylariga, variantlariga, o’xshashliklariga ega degan qarash mavjud. Bu qarashga ko’ra ijodiy daho maxsuli bo’lmish badiiy matn shunchaki tarixiy jarayon rivojiningtabiiy va gayriixtiyoriy natijasi, maxsulidir.Sovet olimlari tarixiy-stadial faktorga tayanib, tarixiy-tipologik nazariya asosida turli xalqlar folkloridagi umumiy jihatlarni, xalq ogzaki ijodi janrlari taraqqiyotining sabablarini ijtimoiy hayotdagi o’xshashlik bilan izohlashga harakat qilishadi. Estetik hodisaning o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari bo’lishi mumkinligini hisobga olmaydigan ushbu qarash, ta'limot folklor taraqqiyoti qonuniyatlarini to’gri izohlashga qodir emasdir. Hozirga kelib, milliy adabiyotshunosligimizda tahlilning bu yo’nalishi barham topib bormoqda. Badiiy tahlil tarixida badiiy asarga qiyosiy-tarixiy yondashuv ham muhim o’rin tutgan. 2 Badiiy adabiyotni komparativistik o’rganish 19 asr boshlarida paydo bo’lgan. Gyote "Umumiy dunyo adabiyoti" shiorini o’rtaga tashladi. U badiiy adabiyotni dunyo xalqlari uchun bir-birini ruhanboyituvchi, davlat chegaralarini tan olmay, ulardan o’ta oladigan estetik hodisa deb bildi. Qiyosiy- tarixiyadabiyotshunoslik yoki komparativizm tahlilning bir yo’nalishi sifatida birinchi jahon urushidan keyin to’liq shakllandi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, 1949 yil AQShda "Komparativ adabiyot" jurnali chiqdi. Bu xildagi nashrlar Fransiya, GFR, Rossiya va boshqa qator mamlakatlarda ham paydo bo’ldi. O’zbekitsonda 1997 yilda "Jahon adabiyoti" jurnali paydo bo’ldi. U o’zbek adabiyotini dunyo badiiyati kontekstida o’rganish imkonini berdi. Komparativistika xalqaro adabiy aloqalarni o’rganishga va adabiy ta'sirlar zamiridagi qonuniyatni ochishga qaratilgan ilmdir. Komparativistika jahon adabiy hodisalari orasidagi o’xshashliklarni ikki sabab bilan izohlaydi: A) Xalqlar taraqqiyotidagi tarixiy o’xshashlik; B) Bevosita adabiy-ijodiy aloqa va ta'sirlar. Shundan kelib chiqqan holda adabiy aloqalarni quyidagi aspektlarda o’rganadi: 1. Tipologik yo’nalish; 2. Adabiy ta'sir yo’nalishi. Tarixiy tarakkiyot uxshashligi xam bir kadar tarixiy-tipologik muvoziylikni keltirib chikarishimumkin. Epos, folklor, yozma adabiyotdagi uxshashliklarning ildizi turli omillarga boglikdir.Adabiy ta'sir masalasi xam juda murakkab xodisadir. Chunki buyuk adabiy obidalar fakatzamondoshlariga emas, keyingi avlodlarga xam, makonlarda, uzga zamonlarda yashayotganboshka xalklarga xam ta'si3r kursataveradi. "Ming bir kecha", "Kalila va dimna", "Farxod vaShirin", "Alpomish", Navoiy, Shekspir, Tolstoy, Dostoyevskiy, Kodiriy, Chulpon, Kafka vaxakozolarning ta'siri ayni shu xildagi xodisadir.Badiiy adabiyotni tarixiy-funksional urganish taxlildagi uziga xos yunalish bulib, badiiymatnning kitobxon ongida ta'sirini, adabiy asarning omma tasavvuridagi martabasi tarixini tadkiketish bilan shugullanadi. Ma'lumki, xar bir tarixiy davr uz ukuvchilariga ega buladi. Garchi, xarkanday davrda xam turli fikrlaydigan kitobxonlar mavjud bulsa-da, ukiydigan ommaningkupchiligi uchun xos bulgan sifatlarning mavjudligi xam xakikatdir. 40-60-yillarda uzbek xalkdostonlari mamlakatimizdagi shaxaru kishlokda ommaviy ravishda ukilgan. 60-yillarda"Shixidamas bargida" kissasi mashxur edi, usha davrda "Tirik satrlar" antologiyasi yashirinchaukilar edi. 80-yillar "Ulmas koyalar" romani kulma-kul buldi. Vaktida Mirmuxsin, R.Bobojon, N.Safarov asarlari mashxur buldi. Ammo bu asarlar vakt sinovidan utmadi. 20 asrning 70-80yillarida R.Parfi tushunarsiz, injik shoir xisoblanar edi. Endilikda ilmiy tafakkurimiz rivojida uuziga xos boskich ekanligi ma'lum buldi. Bir vaktlar Soxib Jamol asarlari, "Kismat" romani,"Kasos" kissasi ommaviy edi. Endilikda ularni deyarli xech kim ukimaydi. Chulpon, Kodiriy,Fitrat xatto "Alpomish" bir zamonlar rad etildi. Keyin yana kabul kilindi.Bu xolatning ijtimoiy,ruxiy, estetik va funksional sabablari bor. Tarixiy-funksional taxlil ayni shu savollarga javobberishga xarakat kiladi.Davrning uzgarishi ijtimoiy ongni yangilaydi. Ijtiomiy tafakkurdagi yangilanishlar davrniuzgartirishga olib keladi. Taxlilchi asar muallifi dunyokarashi, didi, uning bitganlari uzzamondoshlariga kursatgan ta'siri, millat axlining keyingi bugini matnni kanday kabul kilgani vabuning sababi nimada ekanligini tekshirishga xarakat kiladi. "Sinchalak", "Shoxi suzana","Umid", "Girdob", "Davr mening takdirimda" va boshka unlab asarlar bugun yozilganvaktidagidan boshkacha kabul kilinayotgani, "Ugri", "Bemor" xikoyalari utgan asrning 90-yillarigacha utmish manzarasi debgina tushunilgan bulsa, bugunga kelib ularning xozirni xamifodalaganligi anglashildi. Badiiy asarning funksiyasi tarixiy davrga mutanosib tarzda uzgaribborayotganligi taxlilda xisobga olinadi.N.Eshonkul, O.Muxtor, X.Dustmuxammad, S.Vafo singari adiblar nasri 20 4asrning 80-90-yillarida yaxshi kabul kilinmadi. Xozirda ularning eksperimentlariga kitobxonlar urganibborishyapti. "Baxor kaytmaydi", "Mukaddas", "Umid", "Mash'al" singari bir zamonlar kuldankuymay ukilgan asarlar bugun kupchilik nazaridan kolgan. Tarixiy-funksional taxlil rusadabiyotshunosligida 19 asr sunggida paydo buldi. Aleksandr Veselovskiy Dante ijodiga shuyondashuvni tatbik etdi. Sung F.F.Zelinskiy Sitseron, I.N.Rozanov Pushkin va Tyutchev,V.M.Jirmunskiy Gyote, M.Alekseev Shekspir ijodini tarixiy-funksional jixatdan tekshirdi.M.Baxtin xam bu yondashuvdan foydalandi. 20 asrning 60-70 yillarida M.B.Xrapchenko tarixiyfunksionaladabiyotshunoslik atamasinit ilmga kat'iy tarzda kiritdi. Badiiy matn struktur butunliksifatida uzgarmagani xolda uning kabul etilishida davr kilayotgan ta'sirni anglash ilmiy va estetikjixatdan muxim axamiyat kasb etadi.Jaxon adabiyotshunosligi tarakkiyotida, badiiy matnni ilmiy tadkik etishda madaniy-tarixiymaktab deb atalgan okimning xam urni katta bulgan. Ovrupodaadabiyot ilmi baland rutabaga kutarilmagan, badiiy matnga baxo berish tamoyillari tulik shakllangmagan bir shariotda madaniytarixiymaktab dunyoga keldi. Madaniy-tarixiy maktab 19-asrning urtalarida shakllandi. Ungafransuz teologi, faylasuf va esteti Ippolit Ten asos soldi. Ten uzining "San'at falsafasi" asaridabadiiy fenomenga tushunarsiz va sirli xodisa emas, balki xuddi tabiiy fanlarda bulgani kabisabab-okibat alokadorligi (determenizm)ga ega, tarixiy sharoit yetilgach paydo bulishi tabiiy birxodisa sifatida yondashdi.Tenga kadar xuddi Chikishda bulgani singari Botishda xam biror asarning yuzaga kelishi mualliftalantining namoyon bulish darajasigagina boglik bed karalardi. I.Ten ilk bor badiiy asar mualliftalanti maxsuli deb xisoblamadi. U birinchi bulib, badiiy asarni xalk ruxi, millat tarixi, uningmadaniyati tarakkiyotining darajasi bilan boglab izoxlash yulini tutdi. "San'at asarlari uzlariboglik bulgan fikr va axlok bilan birga paydo buladi va birga yuk buladi",- deb yozadi olim. Tenadabiyotshunoslik ijodning konuniyatlarini belgilab berishga yunaltirilishi lozim degan fikrniyokladi. Uning karashlarida uch xususiyat seziladi: birinchidan, tabiat xodisalarini izoxlash mumkin bulgani singari badiiy matnlarning dunyoga kelishi va tabiatini deterministik anglatishmumkin. Ikkinchidan, adabiy faktlarni izoxlash, tushuntirish va konuniyatlarni belgilashniadabiyot xodisalardagi izoxga buy bermaydigan jixatlarga karshi kuyish kerak. Uchinchidan, irkyoki milliy temperament: ijtimoiy-iktisodiy va jugrofiy muxit; tadbik etilayotgan yoki erishilganmadaniy daraja xamda badiiy an'analar badiiy xodisaning yuzaga kelishini tushuntirib, uningkonuniyatlarini tayin etadigan omillardir.Madaniy-tarixiy maktab vakillari biologiya, tabiatshunoslik ilmi metodlarini adabiyotga tatbiketdilar. Ular adabiyot tarixi bilan jamiyat tarixini teng kilib kuydilar. Badiiy asar mustakilkadriyat, aloxida estetik butunlik emas, balki davrning, tarixning kiyofasi, xaykali deb karaldi.Adabiyotning jamiyatga, tarix rivojiga ta'siridan kuz yumildi. G.Lanson, F. Buyuneter (Fransiya),Ch.Brandes (Daniya), V.Sherer, G.Gener (Olmoniya), A.Pupin, A.Tixonravov (Rossiya) singariolimlar madaniy-tarixiy maktab rivojiga xissa kushganlar.Sotsiologik talkin xam badiiy taxlil tarixida muxim urin tutadi. Bu usulga kura badiiy adabiyotijtimoiy asoslangan xodisadir. Badiiy adabiyot ijtimoiy xayot bilan juda kup jixatlardanboglangandir, alokadordir va shu bois badiiy asar urganilganda ijtimoiy konuniyatlar xisobgaolingan xolda ish kurilishi lozim. Bunday yondashuv adabiy sotsiologiya xam deyiladi. XIX asrning ikkinchi yarmida K.Marks, F.Engels badiiy adabiyotga tuligicha sotsiologik yondashishasoslarini ishlab chikishdi. Ular adabiyotni mafkuraning tarkibiy kismi, sinflar kurashini, jamiyattarakkiyoti tamoyillarini uzida aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli tarzida karashni karortopdirishdi. F.Mering, P.Lafarg, G.Plexanov singari markschilar adabiyotning uziga xos xodisa ekanligini xisobga olmay, unga sof ijtimoiy fenomen tarzidagina yondashdilar. Bu xol badiiysuzni ijtimoiy xayotning ilovasiga, mafkuraning yugurdagiga aylantirib kuydi. Adabiysotsiologiya, ayniksa, V. Leninning karashlarida kuchaydi. U xar bir milliy madaniyatda ikkimadaniyat mavjudligi xakida ta'limotni yaratdi. Bunga kura adabiyot sinfiy manfaatlarga xizmatkiladigan xodisa degan karash nazariy ishlab chikildi. L.Tolstoy, Pushkin singari ulkan suzsan'atkorlarining bitiklarini badiiyat ulchovlari bilan emas, balki ijtimoiyot mezonlari bilanbaxoladi, izoxladi va tushuntirishga urindi. Uning "Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti"makolasi (1905) badiiyatga sinfiy pozitsiyadan yondashishni bolsheviklarning mafkuraviydoktrinasi darajasiga 5kutardi. Bunday karash badiiy adabiyotni junlashtirdi, uning estetikjixatlariga e'tibor kamaytirilib, mavzu jixati muxim sanalishiga olib keldi. Shurolar davrida badiiyadabiyot, fakat ijtimoiy nazar bilan urganildi va baxolandi. Bu xol ijodiy metod deb atalmishomilni badiiyatning muxim ulchagichiga aylantirdi.Sotsiologistik realizm metodi ana shu ulchagich ularok dunyoga keldi. Vulgar sotsiologizmxamisha badiiy adabiyotga ijtimoiy yondashuv natijasi sifatida paydo buladi va badiiy suzningestetik jozibasini xisobga olmasligi bilan ajralib turadi. Tugri, bidiiy asar xam ijtimoiy turmushmuammolarini aks ettirishidan kuz yumib bulmaydi, lekin bu funksiya badiiy suz uchun maksademas. Balki kungilni anglash, ruxiyatni tuyush yulidagi vosita ekanligi sotsiologik metoddanazardan kochiriladi.Adabiyotshunoslikda shaklga ustuvor rutba beradigan okim formalizm (shaklchilik) deyiladi.Shuro adabiyotshunosligida formal yondashuvga salbiy munosabatda bulib kelingan. Rasmiyuzbek adabiyotshunosligi falsafiy va estetik ma'nodagi shakl xamda mazmun munosabati orasidagi farkka e'tibor kilmaganligi uchun xam, formalizm mazmunni tan olmaydi, uni inkorkilish xisobiga shaklga e'tiborni kuchaytiradi deb xisoblagan. Xolbuki, formalistik yondashuvdaxam mazmunli shakl (soderjatelnaya forma) muxim xisoblangan. Xamma gap nimani mazmundeb xisoblashda ekani tan olingan. Formalistlar uchun badiiy asarda inson kayfiyatining kayyusinda ifodalanganligini aniklash muxim sanalgan. Ular kayfiyatning uzini, uning berilish yusinini mazmun xisoblashgan.Formalizm turli shakliy jimjimalarga uchib, suzlar yaltirokligiga maxliyo bulib, uningmazmunini nazardan kochirish xollari xam bulgan, albatta. Ammo formalistik yondashuvningsyurrealizm, avangardizm, futurizm, konsturktivizm, dadaizm, neoavangardizm, imajanizm,shoizm va boshka kurinishlari tuzukkina badiiy namunalar bergan. Badiiy adabiyot moxiyatanxar xillikka, rang-baranglikka intilishdir. Formalizm ana shu yuldagi ekstremistik, jangariizlanishlardir.Formalizm adabiy okim sifatida Botishda 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida paydo buldi. Uningnamoyandalari mazmunli shaklning jozibali, dilni kuvontiradigan, kuzga tashlanadigan bulishigae'tibor karatganlar. Botishdagi formalistlardan Andre Breton (1896-1966) "Syurrealizmmanifesti" asarida: "Men kelajakda tush va ung singari" bir-biridan tubdan fark kiladigan ikkixolat kushilib va mutlok reallikka, ya'ni syurreallikka aylanib ketishiga ishonaman,- deb yozadi. Chikish, ayniksa, uzbek adabiyoti bu xildagi izlanishlar bilan xamisha shugullanib kelgantarafayn, musalsal, muammo, muvashshax, chiston, kitobat, topishmok singari janrlar shakily izlanishga asoslangan. Bu boradagi tajribalarning ayrimlari muvaffakiyatli, ba'zilari nochorbulgan.Formalizm bir tarkibli xodisa emas. Unda jangari betokatlik xam, kutilmagan shakliymundarijaviykashfiyot xam, dadil badiiy tajriba xam mavjud. Italiyalik futuristlar, ayniksa,ularning doxiysi Filippo Marinetti (1876-1944) "Futurizmning birinchi manifesti" asarida:"Yashasin urush - fakat ugina dunyoni tozalashga kodir!" -deb yozadi. Buning baxosi uzi bilan,albatta. Futuristik izlanishlar 20 asrning 20-30-yillari uzbek she'riyatida xam uchraydi (EminjonAbbos ijodi). 20 asr adogidagi uzbek adabiyotida xam bu xildagi izlanishlar bulgan.B.Ruzimuxammad, Faxriyor, I. Otamurod, Guzal Begim she'rlari, O.Muxtor, Xayrullo, NabiJaloliddin, Asad Dilmurod, Arslon Ne'mat, Abdugani Abdiyev kabi adiblarning xikoya, kissa varomanlari shu xildagi izlanish samaralaridir. Xullas, formalizmga bir katlamli xodisa debkaramaslik maksadga muvofikdir.Adabiyotshunoslik ilmida formal metod deb nomlanadigan nazariy konsepsiya xam borki, unijiddiy tadkik etish, moxiyatini ayonlashtirish poetik taxlil uchun goyat muximdir. Formalmetodga kura, shakl adabiyotning moxiyatini aks ettirib, takomillashish xamda rivojlanishxususiyatiga ega. Formalizm singari formal metod xam 19-20 asrlar ushlashgan davrda dunyogakeldi. 1910 yillardan boshlab, avval tasviriy san'at va san'atshunoslikda, sung adabiyot vaadabiyotshunoslikda rivojlandi.V.Dibeliusning "roman morfologiyasi" karashlari ana shu nazariyaning adabiyotshunoslikdagidastlabki namoyon bulish tarzi edi. Shakliy metodda badiiy asarning butun morfologiyasi,tarkibiy kismlari goyat sinchiklab urganiladi, matn puxta ukib chikiladi, lekin shaklga bevositadaxldor bulmagan mavzu, mundarija, goya kabi jixatlarga e'tibor karatilmaydi. Lingvist Boduende Kurtenening tilning funksional tizim - muayyan vazifa bajaradigan sistema ekanligi borasidagita'limotiga tayanib, formal metod tarafdorlari mazmun va shakl yaxlitligiga e'tibor karatdilar.Formal metod Rossiyada uzining kup tarafdorlari va yirik tadkikotchilariga ega edi.V.Vinogradov nutkning uslubiy shakllari, V.Jirmunskiy she'rda kofiya, vazn, kompozitsiya, Y.Tinyanov she'r kurilishi va semantika, V.Vasilovskiy she'r kurilishi, V.Propp ertaklarbayonidagi tizimlilik, R.Yakobson she'rni fonologik urganish tamoyili va stilistik semantikasingari badiiy matnning ilgarilari urganilmagan badiiy kirralarini tadkik etdilar.20 asrning 20-yillarida, avval, rossiyalik olimlar tomonidan struktur poetika, badiiy semiotika,mashina tilmochligi kabi ilmiy goyalar urtaga tashlandi. Formal metod tarafdorlari "funksionalpoetika" tushunchasini kabul kildilar va badiiy matn poetikasi uchun sinxron urganish kamlikkiladi, adabiy xodisaga diaxron yondashilgandagina uni tulikrok izoxlash mumkin buladi degantuxtamga keldilar. Formal metod tarafdorlari badiiy matn tarkibini sinchiklab urganishgaurinadilar, bu xol matndagi barcha jixatlarni kashf etish imkoniyatini beradi.20 asrning urtalariga kelib badiiy matn taxlilida struktural yondashuv tarzi karor topdi. Strukturafransuzcha "kurilish", "joylashish" suzlaridan olingan. U badiiy matnning uziga xos tarkibgaegaligini, aloxida kurilishini, uning unsurlari birining uzgarishi boshkalarning xam uzgarishigaolib keladigan tarzda joylashuvini kuzda tutadi. Badiiy asarni struktura tarzida tushunish antic davrdayok shakllangandi. Unda adabiy matn kismlarining uzaro muvofikligi, uygunligi, ritmigaaloxida e'tibor kilinadi. 20 asrda struktura deyilganda, asarning kompozitsiyasi obrazlar, goyaviytematikkatlamlar, syujet, til jixatlari fabula, she'r tuzilishi singari kirralar tushuniladigan buldi.Ikkinchi jaxon urushidan sung strukturalizm aloxida okim sifatida shakllandi va Botish estetiktafakkurida muayyan mavke kasb etdi. Strukturalizmga muvofik adabiy asar aloxida estetikbelgilarning uzaro birligi, aloxida - badiiy tilda amalga oshirilgan bayon tarzida tushunildi.Aloka vositasi bulgan tilning strukturasi bilan badiiy asarning strukturasi tamomila uziga xosxodisalardir. She'riy tildagi burgut, yomgir, olov, suv, tulki, buri va xk. Shunchaki uz ma'nosidaginarsalar emas, balki ularning ramziy, kushimcha badiiy ma'nosi muximdir. Bu suzlarning aslkiymatini biriktirib kuyilgan kushimcha ma'nolar belgilaydi. Struktura tushunchasi xamishavazifa (funksiya) tushunchasi bilan birga, undan ajralmagan xolda keladi. Chunki xar kandaystruktura muayyan vazifani bajaradi va muayyan strukturadagi xar kanday unsur xam ma'lumfunksiyani urinlaydi.Kibernetika va informatika nazariyasi strukturani uch turga buladi: a) oddiy; b) murakkab; v) utamurakkab.Oddiy strukturadagi barcha unsurlar uzaro sabab-okibat alokasida buladi, biri-biridan kelibchikadi.Murakkab strukturada sabab-okibat munosabati extimollik bilan kushilib keladi.Uta murakkab strukturada strukturadan tashkari unsurlarning bulishi mumkinligi xam kuzdatutiladi.Adabiy asar struktura (tuzilishi) mikyoslari xakida xar xil fikr yuradi. 6 Download 68.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling