Kulliyev Mansurning “Cholg`u” mt 3-semestr uchun


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1702750
  1   2
Bog'liq
Kulliyev Mansurning cholg`u



Kulliyev Mansurning
 
“Cholg`u” MT 
3-semestr uchun
 
 


«DILXIROJ», Dilxarosh (fors. — dilni tirnovchi) — oʻzbek va tojik xalqlarining mumtoz raqs 
kuyi. Bosh ohangi rivojlanishi jarayonida peshrav uslubi yetakchi oʻrin tutadi. Dilxirojning 
ommabop yallalarga yaqin ashula yoʻli ham mavjud boʻlib, Tojikistonda «Siynaxurush» deb 
yuritiladi. Lad va kuy-ohang asoslari Buzruk maqomi yoʻllariga yaqin. Dilxiroj rivojining yuqori 
qismida «Zebo pari» avji ishlatilgan. 
Lotin alifbosida maqola: DILXIROJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa 
izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni 
davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin) 
- Menga qara, uka, sen o‘zi haqiqiy qo‘shiqchi bo‘lmoqchimisan yoki qishloqdagi to‘ylarda 
chiqib ikki- uchta ashula aytish bilan kifoyalanib yurmoqchimisan? - so‘rab qoldi pochcham bir 
kuni. 
- Qo‘shiqchi bo‘lmoqchiman, - dedim va qarorim qat’iyligini bildirish uchun shosha- pisha 
orzularimni ham sanab tashladim. - Katta- katta to‘ylarni o‘tkazsam, deyman, bayramlarda 
chiqib qo‘shiqlarim bilan ming- minglab odamlarni qoyil qilsam, deyman. Men ham katta 
san’atkorlarday Toshkentga borib televizorlarga chiqsam, deyman. “Xalqlar do‘stligi” saroyida 
kontsert bersam, deyman. 
- “Xalqlar do‘stligi”ni qo‘yib tur, - dedi pochcham. - Televizor, radioga chiqish ham qiyin ish 
emas. O‘zim yordam beraman. Qaroring qat’iy bo‘lsa hammasiga erishasan. Ammo eng qiyini 
to‘y. “Xalqlar do‘stligi”da kontsert berganing bilan, radio- televideniega har kuni chiqqaning 
bilan odamlar to‘yiga aytmasa bir pulda, uka. Ana, haligi semiz yigit, oti nimaydi? Ha, o‘sha. 
Qachon televizorni qo‘ysang shu chiqadi. Har bayramda shu chiqadi. Ammo birovning to‘yida 
ko‘rdingmi? Barakalla! Xalq tan olmasa qiyin-da, uka. 
- Nima qil deysiz, pochcha? 
- Xalqqa yoqadigan qo‘shiqlarni o‘rgan. Xalq degani bu faqat jalasoylik degani emas. Jalasoyni 
to‘yi “Enajon qa-rang- qarang» bilan, nari borsa “Yoram biyo” bilan o‘tadi. Ammo 
tumanimizning markaziga yoki G‘o‘s, Kamangaron, Vag‘ashti singari eng katta qishloqlariga 
borib bu qo‘shiqlarni aytsang urib o‘ldirishadi. Ular “Maqom”ni eshitishadi. Qa-dimgi 
ashulalarni eshitishadi. Yengil- yelpi ashulalarni eshitishmaydi. “Munojot”ni, “Ushshoq“ni 
so‘rashadi. “Kuygay”ni, “Girya”ni so‘rashadi. G‘o‘sga borsang “Beboqcha”yu “Nasrulloyi”ni 
so‘rashadi. Saksonga kirgan chollari ham sen aytgan, televizordan tushmaydigan hofizlaringdan 
ko‘p biladi “Maqom”ni. Yaxshiroq aytadiyam. 
- To‘ylarida sho‘x qo‘shiqlar aytib raqsgayam tushishadimi yoki faqat maqom eshitishadimi? 
- Endi, uka, ular san’at deb “Maqom”ni tan olishadi. O‘yin- kulgu qilishlariga kelsak, o‘yin- 
kulgu, bazm qilishadi. Ayollarining to‘yi alohida, erkaklarniki alohida. To‘yda ayollar 
o‘ynamaydi. Raqqosayam bo‘lmaydi. Erkaklar ashula aytadi. Erkaklar o‘ynaydi. Ashulayam 
erkakcha, raqs ham erkakcha. Ular qarsak chalib, ashula aytib hammani o‘ynatib yuboradigan 
“Beshqarsak” degan ansamblni tuzganda hozir chet elma- chet el yurgan ansambllaringdagi 
folklorchilaringning otalari ham tug‘ilmagan edi. 
- Ha, ishqilib sho‘x ashula ham eshitar ekan- ku, - dedim yengil nafas olib. 
- Sho‘x ashulaning ham ashulasi bor, uka, - dedi pochcham. - Sho‘x ashulada ham ma’no- matra 
bo‘lishi kerak. “Lazgi”ning so‘zlarini bir qara, qanday ulug‘ so‘zlar. “Jonon bo‘laman deb”, 
“Mustahzod”larning so‘zini qara, qanday purma’no so‘zlar. Ammo haqiqiy erkaklar o‘ynaydigan 
qo‘shiq qaysi, aytaymi? “Dilxiroj”! Ashulaning erkagiyam “Dilxiroj”, erkakning ashulasiyam 
“Dilxiroj”! so‘zni qara: 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling