Toshkent miliya instituti
“Byudjet hisobi va gaznachilik” fakulteti
MMT-93/2 guruh talabasi Qoraxonov Mansurning Makroiqtisodiyot fanidan orali nazorat ishi
15 VARIANT
1. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik tushunchalariga tavsif bering.
2. Daromad, iste’mol va jamgʻarmalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikka izoh bering?
3. Baholar indekslarini va real YaIM ni hisoblash zaruratini asoslab bering.
Toshkent-2023
Reja:
I.Kirish qismi

II.Xulosa
1.Foydalanilgan adabiyotlar.
I.Kirish qismi
1. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik tushunchalariga tavsif bering.
Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish resurslari to’liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo’lgan mehnat resurslaridan to’liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo’ladi.
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko’proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo’lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo’lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo’lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |