Byudjet hisobi va gaznachilik


Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni


Download 21.34 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi21.34 Kb.
#1378296
1   2   3   4
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni.

Barcha mavjud resurslardan to’liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potentsiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potentsiali potentsial YaIM ko’rsatkichi bilan o’lchanadi.


Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o’z iqtisodiy potentsialini to’liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potentsial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YUZ) ro’y beradi.
Yh – Yp
YUZ= ----------------- 100
Yp
Potentsial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to’liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo’lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.
Potentsial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo’q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM uzilishi shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta bo’ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, OUKEN qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaMMning pastroq darajasi o’z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo’lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo’qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig’ida deb hisoblanadi.
Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

Download 21.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling