Byudjet hisobi va gaznachilik
Download 21.34 Kb.
|
Makroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarkibiy ishsizlik.
- Davriy ishsizlik
- To’la ish bilan bandlik
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100 Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: Friktsion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o’zgartirish, o’quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo’lib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi. Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining o’zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o’zgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o’zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo’lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friktsion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo’ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi. Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishidan paydo bo’ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o’sishini bildiradi. To’la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friktsion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo’lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to’la ish bilan bandlilikka erishib bo’lmasligini tushunamiz. Agarda davriy ishsizlik bo’lmasa, u holda to’la ish bilan bandlilikka erishiladi. To’la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni bo’sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friktsion va tarkibiy ishsizlik yig’indisiga teng bo’ladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bog’liq holda o’zgarib turadi. Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o’n yilda mavjud bo’lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o’n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o’rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo’linadi. Download 21.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling